92
Ularda asosiysi tilni oʻrgansa boʻldi, ertaga boshqa fanlarni bir amallab
oʻrganib oladi degan fikr ham yoʻq emas. [2].
Oʻquvchi imkoni boricha birinchi sinfdan boshlab hamma oʻquv
rejadagi fanlarni oʻzlashtirishi lozim. Bilamiz, insonning oʻz Ona tiliga
eʼtibori uni mukammal oʻrganishdan boshlanadi. Shunday ekan, bugun
ota-onalar farzandlariga oʻz ona tilini oʻrganishdagi eʼtiborlarini
kuchaytirilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Ota-onalar farzandini oliy taʼlim
muassasalariga tayyorlash uchun qoʻshimcha repetitorga berishadi.
Ayniqsa, soʻngi 2-3 yilda oʻquv markazlari soni oshganidan ham ularga
talab katta ekanligini koʻrishimiz mumkin. Ularning noroziligi oʻrinli
sababi oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun maktabning oʻzida
olingan
bilim yetarli boʻlishi lozim. Bir necha farzandi repetitorga qatnaydigan
ota-onalarni toʻgʻri tushunish kerak. Har bir fan boʻyicha salmoqli summa
toʻlanadigan ushbu xizmatlardan foydalanishgan.
Pedagoglar bilim salohiyatini adolatli baholash, shu orqali taʼlim-
tarbiya sifatini oshirish maqsadida umumtaʼlim muassasalarining pedagog
kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi qayta koʻrib chiqildi va
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi
392-son qarori bilan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-
hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini
attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.
Pedagoglar soni esa kamaymoqda. Bu ham boʻlsa mamlakatimizda
pedagoglar obroʻini (mavqeyini) oshirish, ularning oʻz
ustilarida
ishlashlari uchun yaratilayotgan shart sharoitlar hamda ularni ortiqcha
mehnatlarga jalb qilmaslik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning
dastlabki natijalari sifatida qabul qilish mumkin[3].
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos
keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirilmoqda.Hududlarda yangi oliy ta’lim
muassasalarining
tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy
ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi
muhim islohotlar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi kunda ta'lim sifatini
oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar va islohotlar amalga
oshirilyapti.Bugungi kunda Respublikamiz yoshlarining 30 % dan ortiqi
oliy ma'lumotli kadr hisoblanadi.Bugungi kunda ta'lim
sifatini yanada
oshirish asosiy mezon qilib qo'yilgan.