112
1.Тошназарова
У.
Мулоқот
маданиятининг
ривожланиши
психологик омиллари // Журнал
Педагогики и психологии в
современном образовании. – 2021. №. 2
2.Файзуллаева Н., Шодмонова Ш. Тарбиявий ишлар услубиёти.
Ўқув қўлланма. –Т.: ТДИУ, 2008. -18 бет.
3.Нарзиев Н. Анъанавий мулоқот маданияти семантикасига доир
баъзи мулоҳазалар (этнологик таҳлил) //Общество и инновации.–
2021. Т. 2. №. 2/S. – С. 138-145.
PISA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTINING "LEARNING IN
THE DIGITAL WORLD" (RAQAMLI DUNYODA O'RGANISH)
KONSEPSIYASINI O’RGANISH
Mirzayev A.O’. - AndDU, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kefedrasi
dotsenti v.b
.
PISA 2025 “Raqamli dunyoda o‘rganish” baholash konsepsiyasi
o‘quvchilarning hisoblash vositalaridan foydalangan holda bilimlarni
o’zlashtirishi va muammolarni yechishning iterativ jarayonida ishtirok
etish qobiliyatini o‘lchaydi. Bu qobiliyat
hisoblash va ilmiy tadqiqot
amaliyotlarini qo'llashda o'z-o'zini tartibga soluvchi o'rganish orqali
namoyon bo'ladi.
Ta'lim
texnologiyalari
o'quvchilarning
o'rganish
usullarini
o'zgartirishi mumkin, chunki ularga murakkab hodisalarni o'rganish va o'z
g'oyalarining raqamli tasvirini yaratish uchun yangi imkoniyatlarni taklif
qiladi. Shunga qaramay, o’quvchilar ochiq, real dunyo muammolarning
yechimini topish uchun texnologiyadan faol holatda foydalana olishi va
ularda bunday asosiy ko'nikmalarini rivojlanishi
va munosabatlarni
o'rgatish uchun etarlicha e'tibor berilmagan.
O’quvchilarning raqamli dunyoda ta’lim olishi va olgan bilimlarini
foaliyatida qo’llay olishi hamda ularga berilgan muammoli masalalarga
yechim topa olishi bugungi kunda ta’lim sohasida oldida turgan asosiy
tadqiqotdir. Shu maqsadda o’quvchilarning raqamli dunyoda o’rganish
tushunchasi haqida fikr va mulohazalarini bilish maqsadadida Andijon
viloyati Andijon tumanidagi maktablarda o’quvchilardan so’rovnoma
o’tkazildi.
113
“PISA xalqaro baxolash dasturining “raqamli dunyoda o‘rganish”
konsepsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirish
metodikasi” mavzusida o’quvchilarga quyidagi savollar berildi:
1-savol.
Sizningcha, PISA nima? Savolga o’quvchilar quyidagicha
javob bildirgan: “PISA xalqaro baholash dasturi bo’lib, 15 yoshli
o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish) va tabiiy fanlar
bo’yicha savodxonlik darajalarini baholash” javobiga 90 %, “ PISA haqida
ma’lumotlarga ega emasman ” javobiga 10% o’quvchilar.
2-savol. “raqamli dunyoda o‘rganish” tushunchasini eshitganmisiz va
agar eshitgan bo’lsangiz qayerda ma’lumot olgansiz? Savolga o’quvchilar
quyidagicha javob bildirgan: ”Eshitmaganman” javobiga 80%,
“Eshitganman. Maktabdagi o’qituvchim gapirib bergan” javobiga 20%
o’quvchilar.
3-savol. Maktabingizda dars mashg’ulotlarida zamonaviy texnik
vositalardan (preyektorlar,
elektron doskalar, notebooklar va aqlli
doskalar) foydalaniladimi? Savolga o’quvchilar
quyidagicha javob
bildirgan: “Ba’zan foydalaniladi” javobiga 40%, “Maktabimizda bunday
vositalar yo’q” javobiga 60% o’quvchilar.
4-savol. Raqamli savodxonlik deganda nimani tushunasiz? Savolga
o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: “Raqamli savodxonlik raqamli
texnologiyalar va internet tarmoqlaridan samarali foydalanish”
javobiga
50%, “Raqamli savodxonlik internet tarmog’idagi ma’lumotlarni tahlil
qilish samaradorligi” javobiga 10%, “Raqamli savodxonlik degan
tushuncha haqida ta’savvurga ega emasman” javobiga 30%, “Raqamli
savodxonlik raqamli texnologiyalar asosida bilim olish” javobiga 10%
o’quvchilar.
5-savol.
www.uzedu.uz
qanday
sayt? Savolga o’quvchilar
quyidagicha javob bildirgan: “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari
murojaatlarini qabul qilish sayti” javobiga 20%, “O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’lim vazirliging rasmiy sayti” javobiga 50%,
“O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliging rasmiy
sayti”
javobiga
20%,
“O’zbekiston
Respublikasi
Markaziy
kutubxonasining rasmiy sayti” javobiga 10% o’quvchilar.
6-savol. Yaqinda 11 yanvardan 7 fevralgacha mamalakatimizning
barcha umumta’lim maktablarida darslar masofaviy (online) tarzda amalga
oshirildi. Siz bu davrda uy vazifalar va topshiriqlarni fan o’qituvchingizga
qanday yubordingiz? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan:
“Ota-onamning telefoni yordamida” javobiga 60%, “O’zimning telefonim
114
yordamida” javobiga 10%, “Yashash joyimizda internet tezligi pastligi
uchun yubora olmadim” javobiga 30% o’quvchilar.
7-savol. Uyingizda internet (WIFI)dan, kompyuter (noutbuk)dan
foydalanish imkoniyati bormi? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob
bildirgan: “Uyimizda internet (WIFI) ham kompyuter (noutbuk) ham bor”
javobiga 10%, “Uyimizda kompyuter (noutbuk) bor, lekin internet (WIFI)
tarmog’iga ulanmagan” javobiga 10%, “Uyimizda internet (WIFI) ham
kompyuter (noutbuk) ham yo’q” javobiga 50%, “Uyimizda internet (WIFI)
bor, lekin kompyuter (noutbuk) yo’q” javobiga 30% o’quvchilar.
8-savol. Siz bir kunda internetdan necha soat foydalanasiz? Savolga
o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: “2 soatgacha” javobiga 30%,
“2soatdan 4 soatgacha” javobiga 20%, “4 soatdan ko’p” javobiga 30%,
“Foydalanmayman” javobiga 20% o’quvchilar.
9-savol. Siz ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridagi
yangiliklarni qanday qabul qilasiz? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob
bildirgan: “Yangiliklarni eshitib, ko’rib yoki o’qib to’g’ri qabul qilaman”
javobiga 60%, “Yangiliklarni eshitib, ko’rib yoki o’qib boshqa manbalar
bilan solishtirib keyin xulosa chiqaraman” javobiga 10%, “Yangiliklarga
qiziqmayman” javobiga 30% o’quvchilar.
10-savol. Media savodxonlik va u nima uchun kerak? Savolga
o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: “Media savodxonlik axborotning
nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish, inson o‘ziga bu axborotni
kim va nima maqsadda yaratgan, ushbu xabar
men uchun zarurmi degan
savolni bera olishi, to‘g‘ri xulosa chiqarishi va unga nisbatan tanqidiy
yondashishi” javobiga 10%, “Media savodxonlik media mahsulotlar
bo’lib, bu ma’lim bir ko’ngil ochar ta’limiy mazmun hisoblanadi” javobiga
20%, “Media savodxonlik haqida tasavvurga ega emasman” javobiga 10%,
“Media savodxonlik internet tarmog’idagi xabarlar va ma’lumotlardan
to’g’ri foydalanish madaniyati” javobiga 40% o’quvchilar.
Xulosa qilib shuni aytamanki, PISA tadqiqotining keying bosqichi
“raqamli dunyoda o’rganish” konsepsiyasi
mamlakatimizda amalga
oshirib, o’quvchilarni bu tadqiqotda yuqori ballarni olishida maktablarni
so’nggi raqamli texnologiyal bilan jihozlash, aholimizni
internet
tarmog’iga ulanishlar sonini ko’paytirish, o’quvchilarning rqamli
savodxonligini oshirishda o’qituvchilarni raqamli texnologiyalar
yordamida darslarni olib borishini ta’minlash, o’quvchilarni internet
tarmog’idan foydalanish madaniyatini rivojlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: