663
“Xalq ta'limi sohasidagi ta'lim standartlari va o’qitish uslublarini
ilg’or xorijiy tajribalar asosida, o’quvchining individual qobilliyatini
ro’yobga chiqarish nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish lozim.
Farzandlarimizning qobiliyatini ro’yobga chiqarishga bolalikdan e'tibor
bеrib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni
safarbar etsak,
yurtimizdan yana ko’plab Bеruniylar, ibn Sinolar, Ulug’bеklar еtishib
chiqadi” deb ta’kidlagan edi muhtaram yurtboshimiz.
Darhaqiqat, har bir millat uchun yosh avlod ta'lim-tarbiyasi masalasi
hamma davrlarda ana shu millatning ertangi kunini bеlgilovchi bosh omil
bo`lib hisoblanadi. Bugungi tеxnika taraqqiyoti davrida voyaga yеtayotgan
yoshlarni bir xil qolipdagi an'anaviy usuldagi darslar bilan ta'lim
jarayoniga jalb qilish, ularni fanga bo`lgan qiziqishini oshirib bo’lmaydi.
Ta'lim
sifatini oshirish, har tomonlama rivojlangan shaxsni
shakllantirishga e'tibor berish pedagogikaning eng muhim vazifalaridir.
Shu munosabat bilan mashg'ulotlarning ta'lim, rivojlantirish va tarbiyalash
funksiyalarining o'zaro bog'liqligini ta'minlaydigan yangi usullarni tanlash
va izlash alohida ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari yetakchi
o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar maktablar
tizimini, ta’lim mazmunini o’rganish, ularni mamlakatimiz maktablariga
tadbiq qilish zaruratga aylandi.
Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim
tarbiyada qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan ish shakllari,
uslublaridan xalos bo’lish
bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda
qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lishimiz uchun barcha shart-sharoitlar
mavjud.
Bugungi dunyo hamjamiyatida iqtisodiy jihatdan rivojlangan
davlatlar tarixiga nazar solsak, ularning taraqqiy etishida birinchi navbatda
ta’lim tizimlarida olib borilgan samarali va uzluksiz isloxatlarning juda
muhim rol o’ynaganini ko’rishimiz mumkin. Bunga misol sifatida
Yaponiya,
Singapur, Janubiy Koreya, Finlandiya kabi ko’pgina
mamlakatlarni keltirish mumkin. Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti tomonidan uch yilda bir o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga
ko‘ra, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar
darajasini namoyish etishadi.
Finlyandiya oxirgi yillarda PISA (Programme for International
Student Assessment) ta’lim reytingida top 10 da, lekin u yerda kuniga 4
soatdan (tushlik vaqti bilan) o’qishar ekan va uy vazifa ham ko’p emas.
Chunki 70-yillarni o’zida ular tushunishdi - o’quvchilarni emas, ustozlarni
o’qitish kerak. Ular shuningdek dunyodagi eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalar
664
hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar
bo‘yicha
- dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni
egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu
natijalar
emas.
Shunisi
ajablanarliki,
dunyo
miqyosida
yuqori
ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab
o‘quvchilari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi. Bir fanning
boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda,
masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi.
Aksincha,
qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab
ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi
navbatda, zarurart tug‘ilgandagina biladi.
O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish
taqiqlangan. Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi
tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan
darsliklar
mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga
ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga ham tegishli.
Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni
bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar
"odatiy" mashq a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq
beriladi,
mobodo uddasidan chiqa olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy
mashq beriladi.
Finlandiyaning ta’lim tajribasini o’rganish va uni O’zbekistonda
keng joriy etish bo’yicha yurtimizda ko’plab islohatalr olib borilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimini o’rganish va uni
Respublikamiz miqiyosida qo’llash borasidagi mavjud sharoitlar va
muammolarni aniqlab, shu soxada ilmiy ishlarni olib borish orqali
mamlakatimiz ta’lim tizimida ham yuqori natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: