656
AYOLLARGA ETIBOR BUYUKLIK RAMZI
Sotvoldiyeva M.O.- ADU talabasi
Annotatsiya:
maqolada ona. ayol, uning oila va jamiyatdagi tutgan
o’rni, har bir qalb muhabbat tuyg’usini o’zicha yangilagani kabi ayolga
nisbatan tavsiflar har safar yangilanaverishi, ona degan yuksak maqom bilan
siylangani haqida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar:
ayol, оna Vatan, оna tabiat, оna tili, оna tuproq, ona
zamin, nafosat
Ayol, bu- borliq ko’zgusidir. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi.
Chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois bo’lsa kerak, ayolni avaylab-
asragan
yurtning kelajagi porloq, deb naql qilishadi. Ushbu qiyosni
vatanimizga va uning bir-birodan latofatli, oqila o’zbek ayollariga nisbatan
qilsak, xato bo’lmaydi. Ayol zoti oldindan xam o’z timsolida go’zallik va
nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam
etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayol deganda ko’z
o’ngimizga eng avvalo bizning muqaddas va mo’tabar onajonlarimiz, qadrli
buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi.
Biz ularga qancha
g’amxorlik, mehr bersakda oz hisoblanadi. Shu ayollar dunyoda har yili
chaqaloq eshitilishiga sabab bo’layotgan zotlaridir. Muqaddas islom
dinimizda onaga-ayollarga yaxshilik qilish borasida juda ko’p buyruqlar va
onani ko’nglini og’ritmaslik bo’yicha ko’pgina qaytariqlar mavjuddir. Misol
qilib, "Allox taolo "Isro" surasining 23- oyatida marxamat qilib aytadi". "
Robbingiz faqat uning o’zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik
qilishni amr etdi. Agar huzuringizda ularning birlari yoki ikkovlari ham
keksalikka yetsalar, bas, ularga " uf" dema,
ularga ozor berma va ularga
yaxshi so’z ayt! ". Payg’ambarimiz (S.A.V) e’tibor qaratish lozim bo’lgan
asosiy 3 masalaning biri bu ayollarning haqqi xususida Alloxdan qo’rqish va
ularni Alloxning omonati deb asrab avaylash kerakligi ekanini o’z
ummatlariga nasixat qilmoqdalar.
Hozirda yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik
ham taqsinga loyiq ishdir. Vatanimizda yashayotgan ayollarga ular xohlagan
barcha shart sharoit mavjuddir. Yurtimizda ayollarga bo’lgan yuksak hurmat
-e’tibor va g’amxorlikning amaliy isboti sifatida keyingi yillarda xotin-
qizlarning jamiyat hayotidagi roli va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan
657
80dan ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etish
lozim. Xatto bu ish davlat darajasiga ko’tarilib 1899-yil "Ayollar yili" ,
2001-yil esa" Ona va bola " yili deb e’lon qilindi. Bugungi kunda ayollarimiz
barcha soxalarda erkin ishlash imkoniyatiga egadirlar. Xoh u maorif bo’lsin,
xoh u sanoat sohasi bo’lsin, yoki siyosiy-ijtimoiy, tadbirkorlik va fermerlik
sohasi bo’lsin barchasida ayollarimiz mehnat qilish huquqiga egadirlar.
Ijtimoiy siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ayollarning o’rni va
maqomini oshirish O’zbekistonda davlat siyosatidagi o’ta muhim ustivorlik
hisoblanadi. Shu maqsadlarda ayollarning ijtimoiy
faolligini kuchaytirish,
ularning bandligini taminlash, oila institutini, onalik va bolalik muhofazasini
yanada kuchaytirish bo’yicha samarali chora tadbirlarqabul qilinmoqda.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining 17
foizini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 16 foizini ayollar tashkil etadi,
yuzlab ayollar xalq deputatlari viloyat, shaxar va tuman Kengashlaridan faol
mehnat qilishmoqda. O’zbekistonda ish olib borayotgan tadbirkorlarning 35
foizini,
fermerlarning
10
foizini
ayollar
tashkil
etadi.
Mamlakatimizning ayollar haq-huquqlari va manfaatlarini har tomonlama
himoya qilish sohasidagi tajribasi va qo’lga kiritgan muvaffaqqiyatlari,
ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlangani butun
dunyo miqyosida katta qiziqish uyg’otmoqda. Xususan, bu mavzu: yuqori
darajalarda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Yevropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi singari ko’p
tomonlama institutlar va boshqa tashkilotlar doirasida ko’rib chiqilmoqda va
muhokama etilmoqda. Masalan, yaqinda BMTning Nyu-Yorkdagi
qarorgohida tashkilotning 193 a’zo mamlakati o’rtasida "Ayollarning
ijtimoiy himoyasi-O’zbekiston kasaba uyushmalarining ustivorliklaridan
biri" mavzusidagi ahborot materiali tarqatildi.
O’zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni
BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz
parlamenti ayol deputatlar soni bo’yicha dunyodagi 190ta
milliy parlament
o’rtasida 37- o’ringa ko’tarildi. Holbuki- shunga e’tibir beradigan bo’lsak -
bundan 5yil avval biz bu borada 128 o’rinda edik. Hozirgi vaqtda davlat va
jamoat tashkilotlari tizimida 1ming 380 nafardan ziyod xotin-qizlar rahbarlik
lavozimlarida mehnat qilmoqda. Muhtaram ayollarimizdan16 nafari
Vatanimizning eng oliy mukofoti- "O’zbekiston qahramoni" unvoniga
sazovor bo’lgani barchamizni quvontiradi. Xotin-qizlarimiz o’rtasida fan
doktorlari, professor va akademiklar, "Xalq o’qituvchisi", "Xalq shoiri",
"Xalq artisti" unvonlariga sazovor bo’lgan yuzlab opa singillarimiz borligi-
658
bu bizning faxrimizdir deb takidlaydi - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan nutqida.
Do'stlaringiz bilan baham: