409
solishda, og'zaki va yozma nutq malakasini o'stirishda ta'limiy mashqlarni
o'rni juda yuqori. Mashqlar ma'lum talab (shart) asosida berilib , mavzu
yuzasidan o'quvchini amaliy faoliyatga yo'naltiradigan didaktik material
hisoblanadi .
Mashqlar ikki qismdan tashkil topadi.
1. O'quvchilardan faoliyat ko'rsarishini
talab etuvchi qism - shart
2. O'quvchi faoliyat ko'rsatuvchi qism - asosiy qism
Mashqning sharti mavzu va bo'lim mavzusidan kelib chiqib, sodda
va murakkab bo'ladi. Mashqlarning asosiy qismi , ya'ni o'quvchi faoliyat
ko'rsatuvchi qismi so'zlar
qatori yoki gaplar, matnlar, jadval va sxemalar
hamda syujetli rasmdan iborat.
Mashq shartining talabiga javob berish o'quvchilarda ma'lum
iqtidorlarni rivojlantiradi. Masalan, matnni o'qish davomida uning
tarkibidagi so'z turkumlarini aniqlash tufayli o'quvchi so'z turkumlarini
bir-biridan farqlashga o'rganadilar. Mashqlardagi she'riy parchani
o'qiganda tinish belgilariga rioya qilib o'qish bolalarda ifodali o'qish
malakasini o'stiradi.
Gapdagi uyushiq bo'laklarni topish o'quvchilarni sintaksisga
tayyorlasa, ular orasidagi tinish belgilarning
ishlatilishi punktuatsion
malakalarini shakllantiradi. Nuqta o'rniga gapning mazmuniga mos
fe'llarni shaxs - son va zamonda moslab qo'yish fe'l turkumiga doir
tushunchalarni kengaytiradi, sitilistik malaka hosil qiladi.
O‘quvchilar yozuvida sodir bo‘layotgan imloviy xatolarni bartaraf
qilishda mashqlarning ko‘rsatmalilik asosida bajarishning ahamiyati katta.
Ko‘rsatmalilik asosida mashq bajarilganda o‘quvchilar faoliyati oshadi,
natijada ular mavzuni ongli ravishda tushunib
yetishadi va uzoq vaqt esda
saqlab qolishadi. “ Bolaning tabiati ko‘rsatmali o‘qishni talab qiladi”
shuning uchun o‘qituvchi har bir darsga mashqlar yuzasidan ko‘rsatmali
qurol tayyorlash kerak. “... bolaning esida biror narsaning mahkam
o‘rnashib qolishini hohlovchi o‘qituvchi bola sezgi organlarining mumkin
qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto
agar iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish
jarayonida qatnashtirishga harakat qilish kerak…”[2] Shunga ko‘ra
ko‘rsatmali qurollar jadval va sxemalardan, rasmlar va turli buyumlardan
iborat bo‘ladi.
Darslikda ayrim mashqlar tayyor jadval va sxemalar bilan beriladi.
Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmali qurol qilib, tayyorlash mumkin.
Qolgan mashqlar esa ijodiy ravishda jadval
yoki sxemalar tayyorlash,
tarqatmali materiallar (varaqalar) qilish va texnika vositalari yordamida
410
qaysi biri qulay va samaradorligi hamda vaqt tejamkorligini hisobga olgan
holda bajariladi. O‘quvchilarda uchraydigan imloviy xatolarning
sabablaridan biri egalik va kelishik qo‘shimchalari, ayrim yasovchi
qo‘shimchalar ta’sirida o‘zak-negizning fonetik o‘zgarishiga uchrashini
yaxshi bilmaslikdir. Shuning uchun o‘zak-negiz va qo‘shimchalar
imlosini aks ettirigan ko‘rsatmali qurollardan mashq bajarish davomida
foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Nuqtalar o'rniga “d” va “t” undodhlaridan mosini qo'yib , so'zlarni
ko'chiring.
Payvan.., do's.., dilban.., sus.., balan.., poytax.., g'ish.., pas.., darax..,
Samarqan..,
Yozilgan so'zlarni o'qing . Talaffuzda qanday o'zgarish
sodir
bo'layotganini ayting. Bu ta'limiy mashqni bajarish davomida o'quvchilar
orfografik tamoyil haqida tudhunchaga ega bo'ladilar ya'ni so'zlar qanday
tallafuz qilinishidan qat'iy nazar asliga muvofiq tarzda yoziladi. Yuqorida
berilgan so'zlarni talaffuz qilganda oxiridagi undosh tovushlar tushirilib
qoldiriladi.
Ammo yozuvda yoziladi. Bu mashq orqali o'quvchilarga “t” va “d”
harflarini farqlash bilan birga imloviy qoidalar ham o'rgatiladi,
o'quvchilarda tog'ri yozish ko'nikmasi shakllantiriladi. Ba’zi mashqlarning
bajarishdan oldin o‘quvchiga qisqa yo‘llanma (ko‘rsatma) kerak bo‘ladi.
Xuddi shu funksiyani mashqlarda berilgan namunalar (ko‘rsatmalar)
bajaradi. Namunalar o‘quvchiga mashq yechimini osonlashtiradi va
mashqni qisqa vaqt ichida tushunib bajarish imkoniyatini tug‘diradi:
Har bir so'zning asosini va so'z yasovchi qo'shimchasini toping.
Tuksiz, tuzla, baxtli, fudbolchi, aqlli, oqla, mixla, baliqchi, tuzsiz, kuchli,
ishla, hushsiz, mazali
Avval -chi, so'ngra -li, keyin -la, va oxirida -siz qo'shimchasi bilan
yasalgan so'zlarni namunadagidek guruhlab yozing
Namuna: gul+ chi kuch+ li ish+ la tuz+ siz
......... ........ ........ .......
Xulosa qiladigan bo’lsak bu mashq orqali so'zlarni asos va yasovchi
qo'shimchaga
ajratish malakasi shakllanadi , asosdoshlik xususiyati faqat
yasovchi qo'shimchalar qo'shilishi orqali hosil qilinishi tog'risidagi bilimi
mustahkamlanadi va ko'nikma shakllanadi. Darslikda berilgan har bir
mashq maqsadli , izchil , keng qamrovli yaratiladi. Faqat bitta mavxuga
emas balki o'tgan mavzularga ham tegishli bo'ladi.
Bu orqali
o'quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlanadi , ko'nikma va
malakalarni shakllantiriladi.