61
biotehnologiyaning mikrobologiya, biokimyo va boshqa muhandislik
fanlaridan tashkil topgan
mustahkam poydevori yaratilishiga sabab bo'ldi. So'nggi 30 yil davomida biotehnologiya jadal
suratlarda rivojlandi. Ko'lab ilmiy g'oyalar amaliyotga joriy etildi. Natijada biotehnologiyaning
yangi
yo'nalishlari
vujudga
keldi;
tibbiy
biotehnologiya,
immunobiotehnologiya,
biogeotehnologiya, muhandislik enzimologiyasi shular jumlasidandir.
Tibbiyot biotehnologi yasi yordamida davolash va profilaktika maqsadida
ishlatiladigan moddalar yoki vositalar (antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar, aminokislotalar,
polisaharidlar va h.k.) ishlab chiqariladi. Tabiiyki, bunday mahsulotlar ishlab chiqarishda sanoat
jarayonlari bioob'ektlar orqali tashkil etiladi.
Immunobiotehnologi ya - vaktsinalar,
immunoglobulinlar, immunomodulyatorlar,
immunomediatorlar, monoklonal antitelolar kabi mahsulotlarni o'zida birlashtiradi. Shuningdek,
immunoferment tahlil va immunobloting
11
ham immunobiotehnologiyaga tegishli sohalardandir.
Muhandislik enzimologiyasi - biotehnologiyaning bu yo'nalishi fermentlar yoki
ferment sistemalarning katalitik funktsiyasi yordamida mahsulot olishga asoslanadi.
Muhandislik enzimologiyasida bioob'ekt- ferment (yoki ferment kompleksi). Amaliyotda odatda
immobilizatsiyalangan fermentlar (ba'zida immobilizatsiyalangan hujayralar) ishlatiladi.
Immobilizatsiya natijasida fermentlarning barqarorligi va fermentativ faolligi ortadi.
Ma'lumki hujayradagi barcha reaktsiyalar fermentlar tomonidan katalizlanadi. Muhandis
enzimologning vazifasi-fermentlarning katalitik hususiyatidan foydalanib, biotehnologik
jarayonlarda foydalanish mumkin bo'lgan biokatalizator konstruktsiyasini yaratish.
Ilmiy adabiyotlarda biotehnologik jarayonlarni turli nomlarini uchratish mumkin.
Masalan, «Hujayra biotehnologiyasi», «Iqtisodiy mikrobiologiya», «Fermentatsiya va
bioinjeneriya», «Sanoat mikrobiologiyasi», «Qishloq ho'jaligi biotehnologiyasi», «Biokimyoviy
muhandislik» va h.k. Bundan tashqari har bir individual mahsulotning (hoh hayvon, hoh
o'simlik, hoh mikrob hujayrasidan ajratilgan bo'lsin) biotehnologiyasi haqida alohida gapirish va
yozish mumkin. Misol uchun,
Panax ginzeng
-jen'shen o'simligi,
Rauwolfia serpentina
–
ilonsimon rauvolfiya o'simligi,
Actinomyces spp .
– aktinomitsetlar va h.k.
Shuning uchun biotehnologiyani tadqiqot ob'ektiga ko'ra
turlarga ajratish maqsadga
muvofiq bo'ladi; mikroorganizmlar biotehnologiyasi (mikrobiotehnologiya), o'simliklar
biotehnologiyasi (fitobiotehnologiya), hayvonlar va odam biotehnologiyasi (zoobiotehnologiya).
Do'stlaringiz bilan baham: