9.3. Xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba’zi shaxsiy tavsiflari Texnik bidimdonlik. Mahalliy kadrlar xorijliklarga ko’pincha salbiy
munosabatda bo’ladi. Ularning fikricha xorijliklar ularga qaraganda past malakali
hamda baland ish xaqi oladilar. Boshqaruvchilar, ekspatriant-menejerlar va mahalliy
menejerlarning fikricha xorijiy filialga xizmat safariga yuborilganda yaxshi mehnat
qilish qobiliyati asosiy muvaffaqiyat omili hisoblanadi. Ammo xorijda muvaffaqiyatli
ishlash uchun boshqa qobiliyatlar ham muhim. Ekspatriant eng avvalo bosh firma
tomonidan beriladigan texnik talablarni yaxshi bilishi lozim. Bundan tashqari u
xorijiy xususiyatlarga, masalan, eskirgan uskuna va inshootlar, mehnat
unumdorligining
boshqa
me’yorlari,
firma
ichida
resurslarni
samarali
taqsimlanmasligi, kreditlar olishdagi qiyinchilik va ommaviy aloqa vositalaridan
foydalanishning cheklanganligi kabilarga moslasha olishi zarur. Ekspatriant filialda
qabul qilinadigan qarorlarni korporatsiyaning global me’yorlariga mos kelishi uchun
korporatsiyaning global siyosatini yaxshi bilishi lozim. Shu sabablar tufayli
boshqaruvchilar filialni boshqarishga yuborilishdan oldin bosh firmada bir necha
yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Moslashuvchanlik. Firmalar uchun ekspatriantlar tanlab olishda faqat texnik
bilimdonlik mezoniga e’tibor bermasdan, yangi madaniyatga moslashuvchanlik
qobiliyatining uch tomonini ham hisobga olish zarur:
1. O’zini saqlash qobiliyati, masalan, asabiy vaziyatni yengillashtirish
qobiliyati, o’ziga ishonch bo’lishi zarur:.
2. Mahalliy kadrlar bilan qoniqarli munosabatlarni tashkil qilish qobiliyati;
3. Ekspatriantlarning barcha narsani to’g’ri qabul qilishiga yordam beruvchi
bilim olish qobiliyati.
Agar menejerda ushbu qobiliyatlardan biri bo’lmasa, u vazifasini yaxshi bajara
olmasligi mumkin.
Xorijga yuborilgan oilalar atrof-muhitga moslasha olmaganligi tufayli uyga
qaytishga majburligi yoki yomon turmush kechirayotganligi haqida turli fikrlar
mavjud. Firmaning baynalmilallashuvi xizmat safari bo’yicha bevosita sarflar va
natijalarga erishish maqsadidagi xarajatlarning yuqori bo’lishini nazarda tutadi.
Xorijiy xizmat safarlari xodim yoki uning oilasining moslasha olmasligi sababli
oilaviy hayot tarzini buzadi. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda menejerlarga
katta ehtiyoj mavjudligi sharoitida oilaning yangi shart-sharoitlarga moslasha
olmasligi ko’p uchraydi. Xizmat safari tufayli oila o’z turmush tarzini, odatlarini
o’zgartirishi, yangi ijtimoiy tizimga, ish yuritishning notanish usullariga ko’nikishi
lozim. Bundan tashqari insonni qo’llab-quvvatlaydigan yaqin do’st va qarindoshlari
vatanida qoladi. Lekin boshqa davlatdagi hayotga oson moslashuvchi insonlar ham
bor. Shu sababli xizmat safariga yuborish zaruriyati tug’ilganda xuddi shunday
insonlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Ba’zi firmalarda xorijda ishlash tajribasiga
ega maxsus guruhlar mavjud va faqat ularni xorijga yuboradilar.
Aniq muddatli va muddati ko’rsatilmagan xizmat safari insonlarga turlicha
ta’sir ko’rsatadi. Xodimlar xizmat safarining tugash muddatini bilsa, ular ishni tezroq
uddalay oladilar.