97
ko‗chatlarga shikast yetkazish (104-modda); Qishloq xo‗jalik ekinlarining
navini
yangilash
va
nav
joylashtirish
tartibini
buzish
(104.
1
-modda.); Tarkibida giyohvand moddalar bo‗lgan ekinlarni
qo‗riqlashni ta‘minlash choralarini ko‗rmaganlik (105-modda); Yovvoyi
nashani yo‗q qilib yuborish choralarini ko‗rmaganlik (106-modda);
Karantin e‘lon qilingan zararkunandalarga, o‗simliklar kasalliklari va
begona o‗tlarga qarshi kurash qoidalarini buzish (107-modda);
Karantin
tekshiruvidan va tegishli tartibda ishlov berishdan o‗tkazilmagan
matyeriallarni tashib chiqib ketish (108-modda); Hayvonlarni karantinga
qo‗yish qoidalarini va boshqa veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish
(109-modda); Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‗lish
(111-modda); Mexanizatorlar tomonidan qishloq xo‗jalik mashinalaridan
texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‗pol
ravishda buzish (112-modda).
Qishloq xo‗jaligida mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun
ma‘muriy
javobgarlik
O‗zbekiston
Respublikasining
Ma‘muriy
javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksning 7-bobida belgilangan bo‗lib, unga
ko‗ra:
- Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish, ya‘ni yerdan,
yer osti
boyliklaridan, suvdan, o‗simlik yoki hayvonot dunyosidan o‗zbo-
shimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga
egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish
yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini
boshqalarga berish, xuddi shuningdek yer uchastkalarini o‗zboshimchalik
bilan egallab olish uchun javobgarlik o‗rnatilgan (60-modda).
Qishloq
xo‗jaligi
ishlab
chiqarishi
munosabatlari
tabiat
obyektlari bilan o‗zaro bog‗liq bo‗lganligi sababli, ma‘muriy javobgarlik
to‗g‗risidagi kodeksning 8-bobida belgilangan tabiiy muhitni muhofaza
qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qo‗yidagi
huquqbuzarliklarni
qishloq jo‗jaligi oid huquqbuzarliklar deb ko‗rsatish mumkin:
- Yerlardan xo‗jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz xolga
tushirish (65-modda); Yer berish tartibini buzish (66-modda);
- Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‗z vaqtida qaytarib
bermaslik yoki ularni o‗z o‗rnida foydalanish uchun yaroqli xolga
keltirmaslik (67-modda); Xo‗jalik ichidagi yer tuzish loyixalaridan
o‗zboshimchalik
bilan chetga chikish, davlat yer kadastri yuritish
qoidalarini buzish (68-modda); Chegara va cheklov belgilarini yo‗q qilish
yoki shikastlantirish (69-modda); Suv zaxiralarini muxofaza qilish
qoidalarini buzish (72-modda); Suvdan foydalanish qoidalarini buzish
98
(74-modda); Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish
(75-modda); Suv xo‗jaligi inshootlari va
qurilmalarini shikastlantirish,
ulardan foydalanish qoidalarini buzish (76-modda); O‗rmon fondi
yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish (77-modda); Ifloslantiruvchi
moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash,
unga zararli fizikaviy ta‘sir ko‗rsatish yoki atmosfera havosidan
belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish (85-modda); Atmosferaga
chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish
qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik (86-modda);
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‗lgan
transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar
va qurilmalarni tayyorlash
xamda foydalanishga chiqarish (87-modda); Atmosfera havosini muhofaza
qilish talablariga rioya qilmaslik (88-modda); O‗simliklarni himoya qilish
vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo‗llanish qoidalarini
buzish (89-modda); Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‗lib qolgan
kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish (89-1-modda).
Quyidagilar agrar sohada sodir etilgan ma‘muriy huquqbuzarliklar
to‗g‗risidagi ishlarni ko‗rib chiqishga vakolati bo‗lgan
organlar
(mansabdor shaxslar) hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: