Haydovchining yo'l harakati boshqa qatnashchilari bilan o'zaro muloqot munosabatlari



Download 18,62 Kb.
Sana05.12.2022
Hajmi18,62 Kb.
#879430
Bog'liq
Haydovchining yo\'l harakati boshqa qatnashchilari bi


Haydovchining yo'l harakati boshqa qatnashchilari bilan o'zaro muloqot munosabatlari
Yo‘l harakati qoidalari barcha yo‘l harakati qatnashchilariga daxldor.

Yo‘l harakati qatnashchilari boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanishiga xavf tug‘dirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo‘l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.


Harakatga to‘sqinlik tug‘dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko‘rishi, agar buning iloji bo‘lmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi o‘rinlarda IIO) xabar berishi shart.

Masalan, mahallalararo ichki ko‘chalarda kimlardir qurilish ishlarini bajarayotganlarida yo‘lda sun'iy notekisliklar, to‘siqlar paydo qiladilar. Agar bunday notekisliklar, sun'iy to‘siqlar bir ko‘chada judayam ko‘payib ketsa, tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalari kabi kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat avtomobillarining shu yo‘ldagi harakatiga qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun ham bunday o‘zgartirishlar albatta o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilmaydi.

Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ushbu qoidalarni bilmaslik, Qoidalarni buzgan shaxslarni javobgarlikdan ozod etmaydi.

Qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan asosan ma'muriy, qolaversa fuqarolik va hattoki jinoiy javobgarliklar mavjud

Haydovchilarning majburiyatlari va YHQni buzganlik uchun javobgarliklari. Yo‘l-transport hodisalari.

Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.

Yo‘l-transport hodisalarining turlari, kelib chiqishi sabablari va sharoitlari hamda statistikasi.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchilar, piyodalar va yo‘lovchilarning vazifalari.

Haydovchilarning YHQni buzganlik uchun javobgarliklari.

Intizomiy javobgarlik.

Ma'muriy javobgarlik.

Fuqarolik javobgarligi.

Jinoiy javobgarlik.

Yo‘l-transport hodisasining ekspertizasi maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma. Yo‘l-transport hodisasining chizmasini chizish va materiallarni rasmiylashtirish. O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni. Sud ekspertizasi. tayinlash. Sud-avtotexnik ekspertiza. Surishtiruv ishlarini olib borish.

Avtomototransport sohasidagi sug‘urtalashga doir me'yoriy hujjatlar.

Avtomototransport sohasidagi sug‘urtalashning ahamiyati va asosiy tamoyillari.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

“Tashuvchining fuqaro-lik javobgarligini maj-buriy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

Sug‘urta qilish tartibi. Erkin va majburiy sug‘urta. Sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma tuzish tartibi. Sug‘urta badalini to‘lashda imtiyoz va cheklovlar.

Sug‘urta hodisasi.

Sug‘urta tovonini to‘lashning asosi va tartiblari.

Haydovchining huquqiy madaniyati uning haydovchilik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq me'yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni va amalda qo‘llanilishi tartibini qanchalik puxta bilishi bilan belgilanadi.

Haydovchining huquqiy madaniyati asoslari.

Turli vaziyatlarda huquqiy jihatdan to‘g‘ri harakatlar qilish va asosli fikr-mulohazalar, xulosalarga kela olish. O‘z nuqtai nazarini tegishli me'yoriy hujjatlarga muvofiq puxta asoslab berish bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma, malakalarini oshirib borish. Turli vaziyatlar tahlili.

Haydovchining ekstremal holatlardagi madaniyati asoslari

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda o‘zini tutishi va zarur xatti-harakatlarni kechiktirmasdan amalga oshirishi. Bunday vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqiy bilimlar, tezkor harakatlarni bexato amalga oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarga hamda kerakli shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish. Turli vaziyatlarni muhokama, tahlil qilish, tegishli xulosalarni asoslash.

Haydovchining o‘z mahoratini oshirib borish madaniyati asoslari

Haydovchining yo‘l harakati qoidalari, avtotransportni xavfsiz boshqarish bo‘yicha mahoratini, tegishli bilim, ko‘nikma, malakalarini oshirib borishi. Bu sohalardagi yangiliklarni muntazam o‘zlashtirib borishi zarurligi. Avtotransport vositasini boshqarish sohalariga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlardagi yangilik, o‘zgarish, qo‘shimchalarni o‘z vaqtida o‘zlashtirib borish. Mustaqil o‘qib bilim orttirishning samarali shakl va usullarini o‘rganish va amalda foydalanish.

Shuni unutmaslik lozimi, “avtomobil haydovchilari uchun etika” “haydovchilar madaniyati me'yorlari” kabi tushunchalar, ularning ahamiyati va etikaga oid talablarning buzilganligi uchun javobgarlikka tortish kabilar hyech qanday me'yoriy-huquqiy hujjatlarda qayd etib o‘tilmagan. Shunga ko‘ra, avtomobil haydovchilarining madaniyati me'yorlari va etikasi har bir haydovchining o‘z ichki “men”i tomonidan boshqarladigan qat'iyatlilik va yo‘nalishning belgilanganligi bilan boshqariladi. Yo‘l-transport hodisalari asosida yotuvchi voqyea-hodisalarning ro‘y berishida odamlarning xulq-atvorlari muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p hollarda yuzaga keladigan yo‘l harakati mojarolari va voqyea-hodisalar insonlarning aybi bilan ro‘y beradi va oldindan rejalashtirib qo‘yilgan ish amalga oshirilgandek taassurot qoldiradi. Qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketish, mashinani mast holatda boshqarish, svetoforning yurish taqiqlangan qizil chirog‘ida o‘tib ketish, chorrahani kesib o‘tishda qoidani buzish, yo‘lovchilarning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tib ketishini kutib turmaslik, ko‘rsatilgan tezlikdan yuqoriroq tezlikda yurish – bularning barchasi inson shaxsining ichki faktorlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Hozirgi kun amaliyotida “haydovchilik etikasi” degan tushuncha hamda yo‘l yurishda o‘ziga xos hurmat muomala qoidalariga rioya qilish deyarli mavjud emas. Agar siz so‘nggi o‘n yildan ortiq haydovchilik qilayotgan bo‘lsangiz, bir vaqtlar haydovchilarning o‘zaro hamkasblar bo‘lganliklariga guvoh bo‘lgansiz. Nega biz avtomobil haydovchilarining bir-birlariga yordam berishlari lozimligini, kerak bo‘lgan vaqtda so‘ralganda yo‘lni bo‘shatishni, to‘g‘ri harakat qilishni aytib, ko‘rsatib yuborishni, xavfdan ogohlantirishni, o‘z avtomobilini chetga olib qo‘yayotgan haydovchilarga yordamlashishni unutib qo‘ydik? Ana shularga ko‘ra haydovchilar hyech qanday qoidalarda ko‘rsatilmagan qo‘l bilan turli ishoralar qilish orqali tajribali haydovchidan tortib to havaskor haydovchigacha kerakli yo‘l-yo‘riqlarni berish usullarini ham bekorga o‘ylab topishmagan.

Lekin hozirgi kunda esa, haydovchilar madaniyati va etikasi mavjud talab va ehtiyojlarga muvofiq darajada emasligi ma'lum bo‘lib qolmoqda. Chunki bu masalalarga yo‘l harakati ishtirokchilarining ko‘pchilik qismi tomonidan yetarlicha diqqat-e'tibor qaratilmayapti. Shunga ko‘ra, bu borada yuqorida nazarda tutilgan kamchiliklarga barham beruvchi takomillashgan dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining "Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risnda", "Ta'lim to‘g‘risida"gi Konunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi "Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasiii oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lnm xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litseziyalash tartibini yanada takomillashtirsh chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 408-sonli hamda 2018 yil 9 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risnda"gi 434-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan "V" toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv rejasi va dasturi ana shular jumlasidandir.

Shunga ko‘ra barcha toifalar bo‘yicha haydovchilar tayyorlash o‘quv dasturlariga «Haydovchining madaniyati va etikasi» o‘quv fani kiritilib, uning uchun 24 soat vaqt ajratildi. Umuman olganda yosh haydovchilarni tayyorlashda bu ajratilgan o‘quv soatlari kamlik qiladi, albatta.

Odatda, yosh haydovchilarning xulq-atvorlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ular uchun mashinani tez va uchirib haydash, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish, mashinalarini sinab ko‘rish maqsadida turli musobaqalar uyushtirish va shu kabilar juda xosdir. Chunki har tomonlama professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan haydovchilar hyech qachon bunday musobaqalarda qatnashmaydilar. Umuman olganda bunday musobaqalarning oxiri mudhish halokat bilan tugaydi.

Shuni alohida qayd etib o‘ish lozimki, hamisha yo‘l harakati qoidalarini buzib tez yuradigan haydovchilar uchun bunday hol odatiy ko‘rinishga aylanadi va u hamisha boshqa haydovchilar uchun xavf tug‘diradigan yo‘l-transport hodisasini (YTH) sodir etuvchi halokat manbaiga aylanib qoladi. Yo‘lda harakatlanish jarayonida u mashinani quvib o‘tishda, burilishlarda, chorrahalarda, temiryo‘l kesishmasidan o‘tishda, turli manyovrlarni amalga oshirishda tushungan holda vaziyatni yanada keskinlashtirgan holda o‘z mashinasini boshqaraveradi.

Odatda, yoshlarning YTH sodir etishlarida o‘zlariga o‘xshagan haydovchilarning qo‘pol ravishda yonlaridan quvib o‘tganligi, yo‘l chekkasiga siqib chiqarganligi, yo‘ldagi tirbandliklar, bemalol yura olmaslikdan kelib chiqadigan psixologik jarayonlar ham sababchi bo‘lishi mumkin.

Ko‘pgina haydovchilar “hashamatdor”, kuchli motorga ega bo‘lgan chet el mashinasini boshqarayotganliklari sababli o‘zlarini yo‘lning “yakka hokimi”dek his qiladilar. Go‘yo boshqalar ularga yo‘lni bo‘shatib berishga majburdirlar. Bundaylar yo‘lida uchragan boshqa haydovchilarni va yo‘lovchilarni haqoratlashni ustunlik belgisi sifatida qabul qiladilar. Hatto svetoforda to‘xtab turgan boshqa haydovchilarni ham o‘zlariga raqib deb biladilar va joylaridan shovqin-suron bilan qo‘zg‘oladilar. Agarda ular tunda ketayotgan bo‘lsalar, avtomobillarini katta tezlikda haydashlari ham mumkin. Bu esa, ularning YTH sodir etishlari uchun muhim sabablardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ularning intellekti, madaniyati, kasbiy mahoratga egaliklari borasida esa, so‘zlab o‘tirishga hojat ham yo‘q.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dalillarga asoslangan holda shuni qayd etib o‘tish lozimki, haydovchining madaniyatiga bir qator salbiy va ijobiy faktorlar o‘z ta'sirini ko‘rsatar ekan. Har kuni yo‘llardan millionlab mashinalar o‘tadi va ularning rulida ishga shoshayotgan, uchrashuvga kech qolayotgan, uzoq yo‘lga otlangan va shu kabi haydovchilar o‘tirgan bo‘ladilar. Ularning har biri xarakteri jihatidan mutlaqo bir-birlariga o‘xshamaydilar. Shunday ekan, yo‘llarda barcha haydovchilarning madaniyatli bo‘lishlari va YTH sodir bo‘lmasligi uchun o‘zimizni qanday tutishimiz bizning keyingi taqdirimizni belgilab berar ekan.

Madaniyatli avtomobil haydovchisi bo‘lish uchun quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:

- Yo‘lda mojaro kelib chiqishiga sababchi bo‘lmaslik uchun yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Bu barcha halokatlar va mojarolarning oldini oladigan asosiy qoidadir. Barcha yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatlari faqatgina ma'muriy jazoga tortilish emas, balki jinoiy javobgarlikka tortilish ham demakdir.

- Siz o‘zingiz ko‘rgan xavfdan barcha avtomobil haydovchiilarini ogohlantiring. Bo‘shab ketgan g‘ildirak, ochilib qolgan bak, yukxona qopqog‘i, ko‘zga tashlangan ayrim yengil buzilishlar – bularning barchasi madaniyatli haydovchilar tomonidan mashina egalariga bildiriladi.

- Hamisha sizga yo‘l bo‘shatgan, nimadandir ogohlantirgan yoki sal bo‘lsada yordamlashgan kimsalarga minnatdorchilik bildiring. Eslang, siz yo‘l berganingizda oldingizdagi haydovchi minnatdorchilik sifatida hatto avariya chiroqlarini miltillatib qo‘ymaganligidan g‘ashingiz kelgan.

- Agar sizni quvib o‘tayotgan mashina qarama-qarshi yo‘l bo‘lagiga chiqib ketgan bo‘lsa-yu, yo‘lda ro‘y bergan ba'zi bir to‘sqinlik natijasida o‘z manyovirini tugata olmayotgan bo‘lsa, shoshqaloq haydovchini jazolash uchun siz ham uning qayta tizilishiga xalaqit berish uchun gazni bosmang. Shuni unutmangki – bu faqat uni emas, balki ro‘paradan kelayotgan boshqa haydovchilarni, shu jumladan, o‘zingizni ham halokatga uchrashingizga sababchi bo‘lasiz. Bor-yo‘g‘i salgina tezligingizni kamaytirsangiz, shoshqaloq haydovchiga o‘z harakatini tugatib, qayta tizilish qoidasiga rioya qilishiga yordam bergan bo‘lasiz.

-Asabiylashmang va har qanday holatdan qahr-g‘azabga to‘lmang.



Svetoforning qizil chirog‘i, yo‘lning ruxsat etilmagan qismidan shoshilmay o‘tayotgan yo‘lovchi, barcha boshqa haydovchilarning yo‘lini kesgan holda “shashka” usulida mashinani boshqarayotgan haydovchining xatti-harakatlari o‘z-o‘zidan sizning g‘ashingizni keltiradi va beixtiyor xuddi shunday “javob” qaytarishga undaydi. Ammo siz bu beo‘xshov xatti-harakatlarning ta'siriga tushib qolmang. Ichingizda o‘ngacha sanang. Chuqur nafas oling va chiqaring. Har qanday holatdan, vaziyatdan va ro‘y bergan voqyea-hodisalardan silliq chiqib ketishni o‘rganing.

Yo‘l harakati jarayonida ishtirok etayotgan insonlar va ularning xarakterlari turli-tumandir. Ammo biz umumxalq manfaatlari uchun o‘zimizni madaniyatli, har qanday sharoitga tez moslashuvchan, tevarak-atrofdagilar bilan o‘zaro xushmuomalada bo‘lishga harakat qilishimiz kerak bo‘ladi.
Download 18,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish