48
va oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash masalalari, hech shubhasiz, biz
uchun eng muhim vazifalardan biri bo‗lib qoladi‖
19
deb ta‘kidlaydi.
Xo‗jalik
yuritishning eng samarali, taraqqiy etgan davlatlar
tajribasida o‗zini har tomonlama oqlagan fermerlik harakati agrar sohada
etakchi ishlab chiqaruvchi subyekt hisoblanadi.
Fermer xo‗jaliklarining huquqiy holatini ularni tashkil qilish, yer
uchastkalaridan foydalanish, shartnoma munosabatlari
va undan kelib
chiqadigan huquq va majburiyatlarni bajarishga oid munosabatlar tashkil
etadi.
O‗zbekiston
Respublikasi
―Fermer
xo‗jaligi
to‗g‗risida‖gi
qonunning 3-moddasiga ko‗ra ―Fermer xo‗jaliklari ijaraga
berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‗jaligi
mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa faoliyat turlari bilan shug‗ullanuvchi tadbirkorlik
subyektidir‖.
Yodda tuting!
Mazkur normada ―fermer xo‗jaligi‖ deb nomlanuvchi huquq subyekti
yuridik shaxs, xususiy korxona yoki yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi
nazarda tutilmagan. ―Tadbirkorlik subyekti‖ atamasi esa xo‗jalik
(tadbirkorlik) faoliyatini yurituvchi yuridik
shaxslarga va tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‗ullanuvchi fuqarolarga nisbatan qo‗llaniladigan keng
qamrovli
atama
hisoblanadi.
Mazkur
tushuncha
O‗zbekiston
Respublikasining
―Tadbirkorlik
faoliyati
yerkinligining
kafolati
to‗g‗risida‖gi qonunning 3-moddasida tadbirkorlik faoliyati tushinchasi
keltirilgan bo‗lim, unda belgilanishicha tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)
— tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‗z mulkiy javobgarligi ostida
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat hisoblanadi.
Shunga ko‗ra fermer xo‗jaligi faoliyati mustaqil tarzda tashkil qilinadigan
va yakkaboshchilik asosida rahbarlik olib boriladigan xo‗jalik faoliyati turi
sanaladi.
Albatta, har qanday faoliyat turi shu sohani takomillashtirish
maqsadida qabul qilinadigan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
19
Mirziyoyev Sh.
Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‗ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‗shma
majlisidagi nutqi. – Toshkent: O‗zbekiston, 2016. -56.b. 15-bet.
49
―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi Qonunning 7-moddasida Fermer
xo‗jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning
muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‗g‗risida
shartnoma tuzadi. Fermer xo‗jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‗i
va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‗z nomi yozilgan muhrga ega
bo‗lishga haqli
20
. Demak, fermer xo‗jaligi
vakolatli organ tomonidan
davlat ro‗yxatiga olinganidan keyin yuridik shaxs maqomini oladi, bank
muassasasida hisob-kitob varag‗i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga,
o‗z nomi yozilgan muhrga ega bo‗lishga haqlidir.
20
O‗zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‗RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari
ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son.
50
Shu jihatdan aytish mumkinki, fermer xo‗jaliklari
qonunga asosan
yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega hisoblanadi. Shunga ko‗ra
fermer xo‗jaliklari xo‗jalik faoliyati yurituvchi tijoratchi korxonalar bilan
teng huquqlarga ega. Ayniqsa, fermer xo‗jaliklari huquqiy holatida
ularning mulkiy mustaqillikka ega ekanligi, yuridik shaxs sifatida eng
muhim belgilaridan biri bo‗lib, amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, fermer xo‗jaligi boshlig‗ining
pul va moddiy
mablag‗lari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar
ko‗rsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qog‗ozlardan kelgan
daromadlar, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa
manbalar fermer
xo‗jaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‗lishi mumkin.
Fermer xo‗jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni
yaratish, ko‗paytirish, olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga
olish huquqiga ega. Fermer xo‗jaligi tugatilayotganda
faoliyatni amalga
oshirish davrida o‗z mablag‗lari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda yerkin tasarruf etishi mumkin.
Bundan tashqari, fermer xo‗jaligi o‗zi yetishtirayotgan mahsulotni
realizatsiya qilish, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‗jalik shartnomalari tuzish
huquqiga ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: