O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR............................285



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR............................285
 
 
 



KIRISH 
Bugungi kunda dunyoda aholi soni va hayot darajasi o‗sishi sababli 
jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlariga talab va narx-navo oshib 
bormoqda. Bunday sharoitda barcha imkoniyatlardan foydalangan holda, 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‗paytirib, ichki bozorni 
to‗ldirish va eksport hajmini oshirish o‗ta muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi. 
Keyingi yillarda agrar sohada tub islohotlar, tarkibiy o‗zgarishlar 
amalga oshirilmoqda. Sohada bozor munosabatlarini joriy etish, qayta 
ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish bo‗yicha juda ko‗p ishlar 
qilinmoqda. Fermer va dehqonlarning daromadini oshirish maqsadida 
yangicha tizim joriy qilinib, ko‗plab dolzarb masalalar hal qilib 
berilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi 
bilan qabul qilingan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar 
Strategiyasi‖
1
da qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal 
rivojlantirish, tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat 
xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab 
chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli 
darajada oshirish va boshqa masalalarga alohida e‘tibor berildi.
 
Shuningdek, yurtboshimizning 2020 yil 24 yanvar kunidagi Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida ―Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va 
daromadlari o‗sishini ta‘minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‗lgan 
qishloq xo‗jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish 
zarur....Qishloq 
xo‗jaligini 
davlat 
tomonidan 
qo‗llab-quvvatlash 
jamg‗armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham arzon 
kreditlar ajratish yo‗lga qo‗yiladi...Kelgusida Qishloq xo‗jaligi vazirligi 
soha korxonalariga ko‗rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash 
kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning o‗rniga 
vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer 
holatini aniqlash, ekin turlari va urug‗ni to‗g‗ri tanlash, zararkunandalarga 
qarshi kurashish, moliyaviy ko‗maklashish, mahsulot bozorini topish 
bo‗yicha xizmat ko‗rsatishi kerak.‖,
2
-
deb ta‘kidlanganligi bu masalaga 
jahon andozasiga mos e‘tibor qaratishni taqozo etadi.
1
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
2
https://prezident.uz/uz/lists/view/3324 



Shu sababdan ham, O‗zbekiston Respublikasida qishloq xo‗jaligi 
alohida ahamiyatga ega bo‗lib, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan 
bog‗liq munosabatlarni chuqur o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi 
kunda 
yurtboshimiz 
tomonidan, 
qishloq 
xo‗jaligi 
tarmoqlariga 
investitsiyalarni, 
ayniqsa, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ta‘kidlandi. Yerni haqiqiy egasiga 
berish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, urug‗chilikni 
rivojlantirish, mineral o‗g‗itlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish, 
qishloq xo‗jaligi texnika parkini yangilash, mahsulotlarni qayta ishlash 
sohasini rivojlantirish va boshqa yo‗nalishlarda dolzarb vazifalar belgilab 
berilganligi hamda bosqichma bosqich amalga oshirilayotganligi katta 
ahamiyatga egadir.
3
Endilikda agrar sohada bir qator yangi tarmoqlarni tashkil etilishi 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmini ko‗paytirish va ichki bozorni arzon mahsulotlar bilan to‗ldirishda 
tomorqadan samarali foydalanish maqsadida 2019-yilda yangi tizim tatbiq 
qilinib, ―Tomorqa xizmati‖ korxonalari tashkil etildi. Shuningdek, Fermer, 
dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‗llab-quvvatlash 
jamg‗armasi tashkil etildi.
Agrar sohada yuz berayotgan chuqur islohotlar tegishli qonun-
qoidalar va qishloq xo‗jaligini rivojlantirishga qaratilgan qonun hujjatlari 
asosida amalga oshirilmoqda. Huquqiy zamin yaratilishi bilan birga ushbu 
zamindan kundalik hayotda to‗g‗ri foydalanishni tashkil etish zarur.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
ta‘kidlaganidek, ―Biz uchun o‗ta muhim vazifa – qishloq xo‗jaligi uchun 
yuksak bilim va malakaga ega bo‗lgan oliy va o‗rta maxsus ma‘lumotli 
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishimiz lozim. Bu borada 
xorijdagi yetakchi oliy o‗quv yurtlari bilan birga qo‗shma fakultetlar 
tashkil etish, yaqinda ish boshlagan ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi orqali 
agro 
soha 
mutaxassislarini, 
yosh 
kadrlarni 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarda o‗qitishga alohida ahamiyat berishni zamonning o‗zi talab 
etmoqda.
4
Shuningdek, yurtboshimiz alohida uqtirib ―Agrar sohada eng katta 
muammo – fermerlarning qishloq xo‗jaligi sohasida yetarli bilimga ega 
3
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktyabr kuni qishloq xo‗jaligini kompleks 
rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish masalalariga 
bag‗ishlangan yig‗ilishdagi nutqi.// Xalq so‗zi, 2018-yil - noyabr. 
4
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O‗zbekiston qishloq xo‗jaligi xodimlariga tabrigi.// Xalq 
so‗zi, 2018-yil, 9-dekabr. 



emasligidir. Fermerlar kengashi Qishloq xo‗jaligi va Suv xo‗jaligi, 
Innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan hamkorlikni kuchaytirishi, 
fermerlarni o‗qitish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishi 
lozim‖
5
ligini ham ko‗rsatib o‗tdi.
Fikrimizcha, yuqoridagi g‗oyalar, yosh huquqshunos xodimlardan 
agrar soha xususiyatlarini, bu sohadagi iqtisodiy munosabatlar va ularni 
huquqiy tartibga solishning shakllari va usullarini puxta o‗rganishni, 
bilishni va ushbu talablarni amaliyotda og‗ishmay qo‗llashlarini talab 
etadi. 
Umuman olganda, yuqorida fikr va mulohazalar hisobga olingan 
holda mazkur darslikda, agrar sektorda bozor munosabatlariga o‗tishni 
huquqiy tartibga solish, qishloq xo‗jalik faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solish, qishloq xo‗jaligi faoliyati sub‘yektlari huquqiy holati, agrar 
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, qishloq xo‗jalik kooperativlari 
faoliyatini huquqiy tartibga solish, fermer xo‗jaliklarining huquqiy holati, 
dehqon xo‗jaliklarining huquqiy holati, qishloq xo‗jalik faoliyatini alohida 
turlarini huquqiy tartibga solish, qishloq xo‗jaligida tabiatdan samarali 
foydalanishni huquqiy ta‘minlash, qishloq xo‗jaligidagi shartnoma 
munosabatlari, qishloq xo‗jaligida mehnat munosabatlarini o‗ziga xos 
xususiyatlari va xorijiy mamlakatlar agrar huquqini o‗ziga xos jihatlari 
kabi masalalarni imkon qadar yoritib berishga e‘tibor berildi. Ushbu 
darslik kitobxonlarga manzur bo‗ladi degan umiddamiz. 
5
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so‗zi, 2018-yil
29-dekabr. 




Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish