O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
“Tasdiqlayman”
“Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri
________ dos. X.Urdushev
“___” “____________” 2014-y
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN KURS ISHI
Mavzu: Axborot va ma'lumotlarning tavsifi va xususiyatlari.
Bajardi: Xolmurodova Istat __________
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti “Mahsulotlarni saqlash va dastlabki qayta ishlash” yo’nalishi 1-bosqich 17-guruh talabasi
Rahbar: Q.Murodov _________
Komissiya raisi: X.Urdushev _________
A’zolari: ______________________ _________
_______________________________ _________
_______________________________ _________
Sana: _____ __________________ 2014-y
Samarqand 2014-yil
“Tasdiqlayman”
“Oliy matematika va axborotlar
texnologiyalari” kafedrasi
mudiri_________dos. X.Urdushev
«_____»__________2014-y.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
BAJARILADIGAN KURS IShINI TOPShIRIQ VA BAHOLASh VARAQASI
Yaxshiboyev Sanjar- Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti “Mahsulotlarni saqlash va dastlabki qayta ishlash” yo’nalishi 1-bosqich 17-guruh talabasi
Rahbar: Q.Murodov
MAVZU TOPSHIRIG’I BO’YICHA VAZIFALAR:
1. Ma’lumotlarni kodlash mavzusidagi topshiriq
2. Dastlabki ma’lumotlar: Kurs ishi mavzusiga oid konspektlar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarni o’rganish, bajarish va o’zlashtirish
3. Foydalanilgan materiallar:
Kafedradagi 1)Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua; 2) http://www.ziyonet.uz - axborot ta’lim tarmog’i resurslari va [3;5;15;18;26;28;29;39;45] adabiyotlar
4. Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar Kurs ishida Axborot va ma'lumotlarning tavsifi va xususiyatlari mavzusida internetdan ma’lumotlar keltirilsin.
Kurs ishini topshirish muddati:
Talaba: ________ Yaxshiboyev Sanjar ___________________
(imzo) (sana)
1
|
2
|
3
|
4
|
Tushuntirish xati
|
Himoyaga
ruxsat
berildi,
(ruxsat
berilmadi)
|
|
|
|
|
|
|
Kurs ishi rahbarining imzosi
|
|
Kurs ishini baholash
|
Maksimal
ball, jami
|
Kurs
ishini
tayyorlash
uchun, ball
OB
|
Kurs
ishini
himoyasi
uchun, ball
JB
|
Kurs ishi
himoyasida
savollarga
javob berish
uchun ballOB
|
Kurs ishini baholash
|
100
|
0- 40
|
1- 30
|
1- 30
|
Talabaning to’plagan bali
|
|
|
|
|
Rahbar _______ Q.Murodov ___________
(imzo) (sana)
MAVZU: AXBOROT VA MA'LUMOTLARNING TAVSIFI VA XUSUSIYATLARI
Reja:
I.Kurs ishining nazariy (referativ) qismi bo'yicha vazifalar:
l.Axborotlarning tuzilishi, turlari, shakllari va turkumlanishi 2.Axborot xossalari. Ma'lumotlarni kodlash 3.Axborotlarni o'lchash.. Sonli ma'lumotlarni kodlash
4.Microsoft Word: matn protsessorlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo'llari
II. Kurs ishining amaliy qismi bo'yicha vazifalar:
1(1). Microsoft Excel ning matematik, statistik va boshqa formullarni qo'llab masalalar echish: 2-vazifa.
2.Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Quyida berilgan masalani: 1) so'zli algoritmini tuzing; 2) blok-sxemali algoritmini tuzing; 3) dasturlash (Paskal) tilida-dasturli algoritmini tuzing; 4) Turbo-Paskal muhitiga dasturni kiriting va natijalarni tahlil qiling: 32-vazifa.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G’ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. T.: “Iqtisodiyot”, –2009.
2. Hoshimov O.O., Tulyaganov M.M. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. T.: “Yangi asr avlodi”, 2009. 102 b.*
Qo’shimcha adabiyotlar
Faronov V.V. Turbo Paskal 7.0. Nachalnыy kurs. Uchebnoye posobiye. M.: «Nollidj», 1999. – 580 s.
Urdushev X., Raximov A., Boychaqayev M, Qalandarov R. Microsoft Windows XP va Microsoft Office XP da ishlash. Uslubiy qo’llanma. Samarqand. SamQXI. 2007. 320 b.
Elektron o’rgatuvchi dasturiy majmualar
Электронный учебник по Microsoft PowerPoint.chm
Internet portallar va saytlar
http://www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasi hukumati portali.
http://searchengine.narod.ru/archiv/se_2_250500.htm-Дидактические материалы по информатике.
Kirish
Insoniyatning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bizni o’rab turuvchi moddiy olamning asosiy tashkil etuvchilari bo’lgan, modda va energiyaning inson hayotida muhim rol o’ynaganligiga va keskin burilishlarga sabab bo’lganligiga amin bo’lamiz. Haqiqatdan ham, modda va energiya inson va jamiyat rivojlanishida keskin burilish yasagan olam shumul kashfiyotlardir. Ular o’z zamonasining ilg’or texnologiyasi sifatida, hattoki, jamiyatning muhim rivojlanish bosqichlarini harakterlovchi davr nomlarida ham o’z aksini topgan. Shu o’rinda “Tosh asri”, “Bironza asri”, “elektirlashtirish asri”, “atom yadro energiyasi asri” kabi jamiyat rivojida beqiyos o’rin tutgan davrlarni eslash mumkin .Hozirgi davr esa, shak-shubhasiz, “informatsiya” bilan va uni aftomatik ravishda qayta ishlash imkonini beruvchi information va kompyuter texnologiyalarini jadal suratlar bilan rivojlanishi bilan harakterlanadi. Bu davrni bejiz, information shov-shuvlar asri deb atashmayapti. Bu fikrning tasdig’I sifatida internetni yodga olishning o’zi kifoya bo’lsa kerak. Adabiyotlardan “modda”, “energiya” va “informatsiya” moddiy olamning asosiy tashkil etuvchisi deb etirof etilmoqda. Svilizatsiyaning hozirgi kundagi rivoji, insoniyatning industirial jamiyatdan information jamiyat sari intilmoqda deyishga asos bo’la oladi.
Electron hisoblash mashinasinig yaratilishi ham, insoniyatning rivojlanish tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo’yicha yig’ilgan misli ko’rilmagan katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanishiga imkon beradigan va uning intelektual imkoniyatlarni yuqori darajada ko’taruvchi juda ham kuchli vositaga aylangan. Programma maxsulotlarning va texnika vositalarning jadal suratlar bilan rivojlanishi, kompyuterli aparat va programma taminotining tez manaviy eskirishiga olib kelmoqda. Hali foydalanuvchi yangi programma imkoniyatlarning yarmini o’zlashtirmasdan turib, sotuvga bu programmaning yanada ham mukammal variantlari taklif etilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan kompyuterlar yaratishning va programmalash texnologiyalarning asosiy tamoyil va g’oyalari o’z kuchida qolmoqda. Hozirgi kunda programma taminotlari orasida mikrosoft firmasi tomonidan yaratilgan operatsion sistemalar (windows, windows NT, windows, XP), matn muharrirlari (Word), electron jadvallar (Exsel), berilganlar bazasi (Access) kabi ilovalar va programmalash tillari, internetda ishlashning turli vositalari keng tarqalgan. Microsoft firmasi tomonidan yaratilayotgan programma maxsulotlarining ijobiy tomonlaridan biri, ularni yaratish texnologiyalarining turg’unlashuvi (standartlashuvi) kuzatilmoqda: klaviatura va sichqonchaning vazifalari, fayl tizimi bilan ishlash tamoyillari, matn muharrirlari, elyektron jadvallar, byerilganlar bazasini qayta ishlash programma mahsulotlarida dyeyarli bir xil amalga oshirilmoqda. Windows muhitida foydalanuvchi intyerfyeysini standartlashuvi odamlarning kompyutyer bilan muloqotini soddalashtirdi, ularni har bir yangi programma paydo bo’lganda yana qayta o’rganishdyek zyerikarli ishdan ozod qildi.
Informatsion tyexnologiyalarning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, bu fan jadal suratlarda o’sib, yil sayin yangidan-yangi yo’nalishlarga, mutaxassisliklarga ega bo’lmoqda: algoritmik, mantiqiy, ob'yektga yo’naltirilgan, vizual, parallyel programmalash tyexnologiyalari; animatsiya, multmyediya, Intyernyet, byerilganlar bazasi yo’nalishlari; ko’p protsyessorli, nyeyron arxityekturali kompyutyerlar va hokazo. Ko’rinib turibdiki, informatika bitta fan darajasiga ko’tarilib, uni bitta o’quv kursi chyegarasida to’liq, o’zlashtirishning imkoni bo’lmay qoldi. Informatsion tyexnologiyalar sohasi bo’yicha rus va ingliz tillarida qo’llanmalar juda ko’p chop etilmoqda. Oxirgi yillarda o’zbyek tilidagi qo’llanmalar ham ko’payib qoldi.
Asosiy qism.
1.Axborotlarning tuzilishi, turlari, shakllari va turkumlanishi
Taqdim qilinish shakliga ko’ra axborot ikkita ko’rinishga ajratiladi:
axborotni taqdim qilishni diskret shakli – bu o’zgaruvchilarning ketma ketligi bo’lib, uzlukli xususiyatiga ega va kattaliklarini o’zgartiruvchi bo’ladi;
axborotni taqdim qilishni analogli yoki uzluksiz shakli – bu kattalik, uzulishga oraliqqa ega bo’lmagan axborotli jarayonlarni
xarakterlaydi. Masalan, inson organizmini temperaturasi, yo’lning
ayrim uchastkasidagi avtomobil tezligi, kvadratik funksiyaning grafigi, va h.q.
2.Axborotlarni ro’y berish sohasiga ko’ra ajratilishi:
elementar (mexanik) axborotlar, ular tabiatda ro’y beradigan
jarayonlarni akslantiradi;
biologik axborotlar, ular hayvonot va o’simlik dunyosidagi
jarayonlarni ifodalaydi;
ijtimoiy axborotlar, ular kishilik jamiyatidagi jarayonlarini
ifodalaydi.
3. Uzatish va qabul kilish usullariga ko’ra axborotlar quyidagi
ko’rinishlarga ajratiladi:
vizual, ko’rinadigan obrazlar va belgilar ko’rinishida uzatiladigan qilinadigan axborotlar;
audial, tovushlar bilan uzatiladigan axborotlar;
taktil, his qilish orqali uzatiladigan axbortlar;
sezgili hid va ta’mlarni bilish orqali uzatiladigan axborotlar;
mashinali, hisoblash texnikasi vositalari orqali uzatiladigan
va qabul qilinadigan axborotlar
4.Insoniyat tomonidan yaratiladigan va foydalaniladigan
axborotlarni qo’llanilishiga uchta ko’rinishga ajratish mumkin
shaxsiy axborotlar, aniq bir kishiga mo’ljallangan bo’ladi;
ommaviy axborotlar, istalgan foydalanuvchilarga
mo’ljjallangan bo’ladi (ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop va h.q.);
maxsus axborotlar, fan, texnika va iqtisodiyotning murakkab
ijtimoiy sohalarga oid masalalarini yechish uchun, tor doiradagi
mutaxassislarga mo’ljallangan bo’ladi.
5.Kodlashtirish usullariga ko’ra axborotlar quyidagi tiplarga
ajratiladi:
belgili, u harf, raqam, belgilar kabi simvollar orqali ifodalanadi. U tuzilishi jihatidan birmuncha oddiy hisoblanadi va murrakab bo’lmagan turli xil hodisalar haqidagi signallarni uzatishda qo’llaniladi. Masalan, svetofor qurilmasi, u piyoda yoki avtotransport vositasini harakatini belgilab beradi.
matnli, belgilar kombinasiyani qo’llashga asoslangan bo’ladi. Bu
yerda ham harflar, raqamlar va matematik belgilar qo’llaniladi. Lekin
matnli axborotlarda e’tibor mazmun va mohiyatga qaratiladi. Masalan,
RUBOB va BOBUR so’zlarida 5 ta bir hil harflar ishlatiladi, lekin
mazmuni jihatdan farqlanadi.
grafikli, grafik talqinlarga asoslangan axborotlar.
Axborotlarni bu shakliga fotografiyalar, chizmalar, sxemalar va rasmlarni keltirish mumkin.
2.Axborot xossalari.Malumotlarni kodlash
Axborot- bu dunyoni, borliqni belgi va signallar yordamida akslanishidir
Qabul qilinishiga ko’ra axborotlar quyidagi turlarga ajratiladi:
vizual, audial, ta’m bilish, his qilish va taktil. Insonlar ko’rish va eshitish
organlar orqali tashqi dunyodagi 90 % dan ziyod axborotni, 10 % axborotni
esa ta’m bilish, sezgi, his qilish organlari orqali oladi Informatika fani nuqtai nazaridan axborot quyidagi xossalarga
ega bo’ladi:
1.Axborotning obyektivligi-axborotni boshqa fikr va mulohazalariga bog’liq bo’lmasligi. Axborot tashqi obyekiv dunyoni akslantirilishidir. Axborotni obyektivligi uning qayd qilish usullariga yoki boshqa fikr, mulohazalarga bog’liq emasligini bildiradi.
Masalan, ikki kishidan xonadagi havo temperaturasini baholash so’raldi.
Birinchi kishi xona temperaturasini birmuncha issiq deb, ikkinchisi esa
normal deb baholash mumkin. Bu subyektiv axborotlardir. Agar xona
temperaturasi maxsus asbob bilan o’lchansa, havo temperaturasi haqida
obyektiv axborotga ega bo’lamiz.
2.Axborotning ishonchliligi – axborotni haqiqiy bo’lishi, yashirin
xatoliklarni bo’lmasligi. Agar axborot vaziyatning xaqiqiy holatini
ifodalasa u ishonchli axborot hisoblanadi. Obyektiv axborot doimo
ishonchli bo’ladi, lekin ishonchli axbortlar obyektiv yoki subyektiv
(dezinformasiya, qayd qilish manbalarini yetarlicha aniq bo’lmasligi) bo’lishi mumkin.
3.Axborotga kirish mumkinligi- u yoki bu axborotni olish imkoniyatlarini mavjudligi.
4.Axborotning to’liqligi – axborotni tushunish va qarorlar qabul
qilish uchun yetarli bo’lishi. Axborotni to’liq bo’lmasligi noto’g’ri
xulosalar chiqarishga yoki qarorlar qabul qilishga olib keladi.
5. Axborotning adekvatligi (aniqligi). Obyekt haqidagi axborotni,
obyektning haqiqiy holatiga yaqinlik darajasini ifodalaydi.
Axborotning foydaliligi – axborotni iste’molchi so’rovlariga mos
kelishi;
Axborotning dolzarbligi yoki zamonaviyligi – axborotni hozirgi
vaqt uchun muhimligi;
Axborotning himoyalanganligi – axborotga ruxsatsiz kirib
foydalanish va o’zgartirishdan himoyalanganligi.
Axborotning ergonomikligi – axborotni foydalanuvchi nuqtai
nazaridan qulay hajm yoki shaklda bo’lishi.
Axborot xossalarini uchta aspektda qarash chiqish mumkin:
texnik – bu aniqlik, ishonchlilik, signallarni uzatish tezligi va
h.q.;
semantikli - axborot mazmunini kodlar yordamida uzatilishi;
pragmatiklik - axborotni obyektning holatiga ta’sirini
qanchalik samarali ekanligini belgilaydi
Axborot xossalari: obyektivlik; ishonchlilik; to’liqlik;
dolzarblik; qiymatlilik; tushunarlilik
Axborot jarayonlari: saqlash; uzatish; qayta ishlash; qidirish;
foydalanish
Axborotlarni saqlash, uzatish, qayta ishlash, qidirish va
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar axborot jarayonlari
deyiladi Axborotni yozish va saqlashga mo’ljallangan material obyekt,
axborot tashuvchisi deyiladi, material buyumlar, qog’oz, kitob, disk,
optik disklar va h.k.
Ma’lumotlarni kodlash
Istalgan sonli, matnli, grafikli, tovushli va boshqa axborotlar
kompyuter xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda
ifodalanadi.
Ikkilik sanoq sistemasi: 0;1
Uchlik sanoq sistemasi: 0;1;2
To’rtlik sanoq sistemasi: 0;1;3
…
O’nlik sanoq sistemasi: 0;1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9
Istalgan sonli, matnli, grafikli,tovushli va boshqa axborotlar kompyuter
xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda ifodalanadi.
Axborot sonli, matnli, rasmli va boshqa shakllarda taqdim qilinishi mumkin.Axborotni berilgan shakldan boshqa shaklga o’tkazish jarayoni kodlash deyiladi.
Axborot sonli, matnli, rasmli va boshqa shakllarda taqdim qilinishi
mumkin. Axborotni berilgan shakldan boshqa shaklga o’tkazish jarayoni
kodlash deyiladi.
Istalgan sonli, matnli, grafikli, tovushli va boshqa axborotlar
kompyuter xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda
ifodalanadi.
Kompyuter xotirasida istalgan matn belgilar kodini ketma-
ketligidan iborat bo’ladi. Ya’ni harfning o’rniga uning kodlash jadvalidagi nomeri saqlanadi. Harf va belgilarni tasviri ularni monitorga chiqarish va chop qilish momentida taqdim qilinadi.
Dastavval 8 bitli kodlash tizimi qo’llanilgan va u o’zida 128 ta belgilarni mujassamlashtirgan edi. Keyinchalik shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ommaviylashganidan so’ng ASCII (American Standart Code for
Information Interchange- «Axborot almashish uchun Amerika standart kodi»
deb nomlanuvchi kodlashni standart jadvali qo’llanila boshlandi. Bu
kodlash jadvalini yarimi (0-127 ta belgilar) ASCII standart kodlash
tizimiga muvofiq - o’zgarmas hisoblanadi, qolgan ikkinchi yarimi (128-255 ta belgilar) esa shu kodlash tizimi qaysi mamlakatda qo’llaniladigan bo’lsa,
o’sha mamlakatning belgilarini kodlash uchun ajratilgan.
O’n oltilik sanoq sistemasidagi Lotin alifbosini kodlari
B harfini Unicode tizimidagi kodi 0042
I harfini Unicode tizimidagi kodi 0049
L harfini Unicode tizimidagi kodi 004C
M harfini Unicode tizimidagi kodi 004D
Ikkilik- o’noltilik jadvalga binoan:
B harfini Unicode tizimidagi ikkilik kodi: 0042(16) =0000000001000010(2)
I harfini Unicode tizimidagi ikkilik kodi 0049(16) =0000000001001001(2)
L harfini Unicode tizimidagi ikkilik kodi 004C(16) =0000000001001100(2)
M harfini Unicode tizimidagi ikkilik kodi 004D(16)=0000000001001101(2)
Kompyuterda VILIM so’zi Unicode halqaro kodlash tizimida ikkilik
sanoq tizimida 0 va 1 sonlarining quyida ketligidan iborat bo’ladi:
00000000010000100000000001001001000000000100110000000000010010010000000001001101Bu 10 bayt, 80 bit axborotdir
Do'stlaringiz bilan baham: |