Ikkinchi yo'nalish.
Ijtimoiy-falsafiy yo'nalish bo'lib. bunda falsafa. tarix,
mantiq, fiqh, ruhshunoslik, notiqlik kabilar kiritlgan.
Uchinchi yo'nalish.
Ta'limiy-axloqiy yo'nalish bo'lib. qomusiy olimlarni
asarlaridagi didaktik va axloqiy fikr asosiy o'rinni egallagan.
M ovarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko'tarilish Sharq
Renessansi - U yg‘onish davrining boshlanishga olib keldi. M ovarounnahrda ilm-
fan va m a'rifat sohasida o ‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo'lgan faylasuf va
munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot. pedagogika sohasida
ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, A hm ad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi
qomusiy olim lar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olim lar o 'z ilmiy merosida ta'limiy-
axloqiy asarlar yaratishga ham katta e'tibor berdilar. M azkur
asarlarda ilgari
surilgan g 'oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jism oniy jihatdan
kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Shuningdek, Sharq uyg'onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta'lim-
tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o 'lm as ta'limoti
bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olim lar ham maydonga chiqdi.
A b u A bdulloh M u h a m m a d ibn M uso al-Xorazm iy
(783-850)ning riyoziyot
va falakiyot ilm iga asos solgani o 'z zamonida ham, hozir ham tan olingan. U turk,
219
arab, fors, sanskrit, yahudiy tillarini m ukammal egallagan. Olim ning ijodi va hayoti
haqida ju d a kam ma'Ium otlar yetib kelgan, bo ‘lib bugungi kunda uning qalam iga
m ansub 10 dan ortiq asarlari ma'lum:
1. A rifm etik asar, lotincha Algoritm i de numero indarum , ("Hind arifmetikasi
haqida kitob” arabcha nusxasi saqlanmagan);
2. “A l-ja b r-a l m uqobila hisobi haqidagi qisqacha kitob”;
3. “Ziji al-X orazm iy”;
4. "U sturlab yordam ida azimutni aniqlash” ;
5.
“M arm ar soat haqida kitob";
6
. "T arix kitobi
7. "Y ahudiylarning eralari va bayramlari haqida risola";
8
. X orazm iy "G cograliya"si:
9. "U sturlab bilan amal tutish haqida kitob“.
A l-Xorazm iy insonning kam olga yetishi va insoniy munosabatlarni yoMga
q o ’yishda ilm -fanning muhim aham iyatiga ega ekanligi to ‘g ‘risidagi g ‘oyani ilgari
surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o 'rin egallaydi. Uning
m atem atika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi ham da pedagog-uslubiyotchi
olim sifatida olib borgan ishlari yuksak bahoianadi. Xorazm iy o 'z davrigacha
b o ‘lgan qadim iy m atem atika fani rivojlangan mam lakatlar Vavilion (Bobil).
Y unoniston,
H indiston,
Xitoy.
M isrdagi
deyarli
barcha
matem atiklarning
kashfiyotlarini o'rgandi va o‘zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi
yangi kashfiyot yaratdi. M uhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish
nazariyasiga o'zining ulkan hissasini qo‘shdi. Uning “Al-kitob al-m uxtasar fi-hisob
al-jabr va-l m uqobala” asari uch qismdan iborat b o iib : birinchisi algebraik qism;
ikkinchsi
geom etrik qism; uchinchisi esa vasiyatlar haqida bo'lib, m uallif uni
''V asiyatlar kitobi’' deb ataydi. M azkur asar matem atika fanini rivojlantirib, "A l-
ja b r” keyinchalik m atem atika fanining alohida bo'lim iga aylandi va “algebra’' deb
ataladigan bo’ldi. M azkur am allar yordam ida har qanday tenglamani kononlik
shakliga, ya'ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin yechiladi. Bu usul fan olam ida
muhim aham iyatga ega edi. Shu asar tufayli “ A l-X orazm iy'’ nomi lotincha
220
transkripsiyada “A lgoritmi" shaklini oldi, kevin ''Algoritm us” va nihovat hozirgi
zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm") ga
aylandi.
Al-Xorazmiy matematikaning
nazariy
rivojlanishi
bilan birga,
undan
turmushda foydalanish vo'llarini ham ilmiy asoslab, meros taqsim qilish,
vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo'lgan hisoblarni
ta’lif etdi. Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi "Hind
arifmetikasi haqida kitob” ("H isob al-hind")dir. Asar o'nlik tizim raqamlari
(l,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag'ishlangan. Asarda Hindistonda kashf etilgan raqamlar
soddalashtirildi va birinchi marta arab tilida bayon etildi. Ungacha ancha qo'pol
sanoq usuilaridan foydalanib kelingan. O 'nlik tizimining kashf etilishi fan olamida
sanoq tizim ida inqilobiy o ’zgarish deb ta'riflanadi. yevropaga 1,2.3.4.5.6,7.8,9
raqamlaridan foydalanish va nol vordamida eng katta sonlarni yozish va jovlarni
aniq ko'rsatish X -X l asrlarda arablardan kirib kelgan. Muhammad al-Xorazmiy
o'zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarini taxlil etib,
“'Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. Allomaning bu
asari XII asrda lotin tiliga tarjima etilib, bir necha
a s r
davomida
un d a n
foydalanib
kelindi. Bundan tashqari “Kitob surati-l-ard" ( “Yevropa surati kitobi") birinchi
yozilgan geografiyaga oid kitob sanaladi. Bu asar xaritani tavsiflagan asardir. Asar
M uhammad al-Xorazmiyning ko'p yillik olib borgan tekshirish-kuzatish ishlarining
natijasi edi. Allom a sharq mamiakatlari ustida kuzatishlar olib borib. mamlakat va
shaharlarning xaritalarini chizadi, nomlar ro'parasiga uzunlik va kenglik darajalarini
ko'rsatadi. U geografiyaga oid asarlarida yerni yetti iqlimga bo'lib, yerning
xaritasini chizadi. Olimning to 'rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, Yaqin va o 'rta
Sharq xalqlari xaritasi) saqlanib qolgan. Uning yuqoridagi asari ham Sharq va
g 'arbda katta ahamiyatga egadir. 827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining
kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi o'ichab chiqildi.
B ag'dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli
bo'lib, unda sinus, tangeneslarning o'zgarish qonuniyati ko'rsatiladi. Uning
trigonom etrik jadvali o 'sh a davr jadvalaridan farq qilgan. Muhammad al-
221
X orazm iyning tarix va m usiqaga oid, quyosh soatlari to ‘g ‘risida ham asarlari boMib,
“Tarix kitobi” (“K itob at-tarix” ) xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi
tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta'kidlash joizki, allom a o ‘zigacha boMgan ilmiy
bilim larning asosiy g ‘oyalari, prinsip va m etodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy
bilim larni o ‘rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e'tiborni qaratdi. Xorazmiy
bilim olishda talabaning
kasbiy
kuzatishlariga ham da olgan
bilimlaridan
foydalanishga katta e'tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni
to ‘plash. ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko‘nikmalarini
hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, “A l-kitob al-m uxtasar fi hisob al-jabr va-1
m uqobala" asarida olim larni uch guruhga bo ‘lib shunday yozadi: “Ulardan biri
o ‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o ‘zib ketadi va
uni o ‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.
Boshqasi o‘zidan
avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi,
yopiqni ochadi, y o ‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda
nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to ‘playdigan odam bo‘lib. u o ‘zidan
avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilm aydi va o ‘zi qilgan ishidan
m ag'rurlanm aydi” . M uham m ad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olim lar
faoliyatining ezgulikka xizm at qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, o ‘sha davrda
ilm iy tadqiqot ishlari va o ‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada
foydalanganligini ko‘rsatadi.
Barcha m utafakkirlar kabi M uhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali - tajriba
metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, m alaka va k o ‘nikmalarni
shakllantirish m etodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning
arifm etikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon
etishga e'tibor berganligini ko‘rsatadi. “ Men arifmetikaning oddiy va murakkab
m asalalarini o ‘z ichiga oluvchi “Aljabr val-m uqobala hisobi haqida qisqacha
kitob”ni ta 'lif qildim , chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnom a tuzishda, mol
taqsim lashda va adliya ishlarida. savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer
oMchashda, kanallar o ‘tkazishda, geom etriyada va boshqa shunga o'xshash turlicha
ishlarda kishilar uchun zarurdir". M uhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan
222
mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida filer bayon etib, shunday yozadi: “ Sezgi
orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim
tomonini namoyon etadi” .
Xorazmiyning faoliyatida inson sifatida ham, olim sifatida ham bag'rikengligi
unga katta obro‘ keltirgan. Al-Xorazmiy Bag‘doddagi ilm markazini uzoq yillar
boshqargan. Al-Xorazmiy arifmetika, algebra, falakiyot, handasa, jug'rofiya, larix
va boshqa fanlar bo‘yicha jiddiy ilmiy kuzatishlar olib borgan. Olim insonning
kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm fanning muhim ahamiyatini
g‘oyasini ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqivotida ham muhim o'rin
egallaydi. Xorazmiy matematika. geodeziya. geografiya, falakkiyot sohalarida yirik
tadqiqotlar olib borgan. Lekin u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi
ham da pedagog uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |