asrlarda ta ’lim - tarbiya
Islom ta’limotida
ta'lim -tarbiya masalalarining ifodalanishi.
Islom dini
insonga mohiyat, faoliyatga maqsad va yo'nalish beruvchi, jam iyat a'zolari
o ‘rtasidagi
munosabatlarni
muvofiqlashtirib,
birlashtirib,
ijtimoiy-ma'naviy
taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizm at qiladigan ma'naviyat, m a'rifat odob-axloq
tarbiyasining barcha jihatlarini o 'z ichiga qamrab olgan ta'lim otdir. VII- VIII asrlar
Islom ta'limotining keng yoyilishi kishilarning Shariat qoidalariga, Islom dini
aqidalariga bo‘ysunishi, yagona va qudratli Ollohga sig‘inishi, shuningdek,
O llohning
yerdagi
rasuli
(elchisi)
boMgan
Muhammad
Alayhis-salom
k o ‘rsatm alariga rioya etishi bilan M ovarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa
boshladi. Islomning shar'iy ma'nosi - bu Alloh yagona deb e'tiqod qilib, unga
мОртиков H. Миллий ва умуминсоний кадриятлар асосида ук>вчи шахсини ачлокий
шакллантириш
Пед.фан.док. . д и с с.-Т о ш к ен т , 2 0 0 0 .-8 5 6
211
bo ‘ysunm oqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilm oqlik va A lloh buyurgan diniy
e'tiqocfga iymon keltirm oqlikdir. Islomda Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan
p ayg‘am barlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi. Islorn diniy ta'lim otiga ko‘ra,
har bir musulmon ushbu beshta asosiy ruknni bajarishi shart.
1. Iymon, “La ilaaha illalloh va M uham m adur-rasululloh’' deb Ollohning borligi,
yagonaligi va uning qudratiga, shuningdek, M uhammad Allayhis-salom ning
Tangrining yerdagi elchisi. rasuli ekanligiga shahodatlik berish.
2. N a m o z o 'q ish .
3. Zakot berish.
4. Ramazon oyida ro ‘za tutish.
5.
Haj. Im koniyat darajasidan kelib chiqqan holda haj safarini o'tash.
Q u r'onda ta'lim -tarbiya m asalalarining ilgari surilishi.
M usulm onlarning
m uqaddas kitobi boMgan “Q ur'on” - dunyo madaniyatining ulkan boyligidir.
“Q ur'on” arab tilida “q ir o a f ma'nosini anglatib,
u 114 suradan iborat.
“ Q ur’on”ning “Z u m a r’ surasi 9-oyatida kishilarni ilm o'rganishga da'vat etuvchi
shunday fikrlar bayon etiladi: “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilm aydigan kimsalar
barobar bo'lurm i? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar” .
“Q ur'on”da insonning ma'naviy-axloqiy xususiyatlari
yuqori baholanadi,
kishilarni tenglik, birodarlik. tinch-totuv yashash va ezgulikka undaladi. “Kim
chiroyli amal qilsa, unga o ‘n barobar bo‘lib qaytarilur. Kim biron yomon ish qilsa,
faqat o ‘shaning barobarinda jazolanur” (“An'om ” surasi. 160-oyat). Islomiy
g 'o y ala r odam larni yaxshilikka da'vat etadi, ularni yom onlikdan qaytaradi.
Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-m a'naviy
poklik, m ehnat qilish ham da yer yuzini obod va go‘zal etishga undaydi. U adolat,
tenglik, tinchlik, erkni targ‘ib etadi. Buni biz “Q ur'on”ning inson kam olotga
erishishidagi aham iyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati
m azm unidan
ham
bilsak boMadi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan
m usulm on olami, xususan, islom diniga e'tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati,
m a'naviyati va m a'rifatiga oid qarashlar axloqiy me'yorlarini belgilashda muhim
aham iyat kasb etadi. M a'lum ki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur
212
darajasi bilan belgilanadi.
Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim
olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o ‘zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy
faoliyatni
tashkil
etishga
undab
kelgan.
Islom
ta'limoti
xususidagi
mulohazalarimizni fransuz faylasufi Jak Kondersening ‘‘Tafakkur taraqqiyotining
tarixiy manzarasi chizgilari" nomli asaridagi “0 ‘rta asrlar musulmon olamida
to'plangan ilmiy bilimlar G 'arbda Uyg‘onish davrini tayyorlashga xizmat
qilmaganida insoniyat besamar yo'qolib ketar edi", deb yozganligi ham fikrimizni
tasdiqlaydi. Islomda insonning aqliy kamoloti va tafakkurini rivojlantirishga katta
e'tibor beriladi va ilm va haqiqatni dalillar vordamida isbotlash; so'zlaganda va
amaliy harakatni tashkil etganda aniqlikka e'tibor berish, fikr yuritishda va muavyan
faoliyatni yo ‘lga qo‘yishda o'zgalarga taqlid qilishdan saqlanish maqsadga muvofiq
ekanligi qayta-qayta uqtiriladi.
“Qur'on”da har bir m o'm in-m usulm on bajarishi zarur bo'lgan yaxshi amallar
inson kamolotini belgilovchi omillardir. deb tushuntiriladi. Zero. Islom dini
g'oyalarining asl mohiyati ham kishilarga yomonlikning salbiy oqibatlarini
ko‘rsatish, ularni doimo to 'g 'ri yoMda vurishga da'vat etish va yomonlikning oldini
olishdan iboratdir. Beva-bechora. yetim-yesir va qarovsiz kishilarga nisbatan ehson
ko‘rsatish, xayr qilish insonga xos boMgan eng muhim axloqiy xislatlardan biri
ekanligi, insonda iymonning o'ziga xos mezoni sanalgan sahovat. mehmonnavozlik,
jasorat, sabr va qanoat, to 'g 'rilik , vafodorlik va sodiqlikka katta e'tibor beriladi.
Shundanmi, insondagi axloqiy xislatlardan eng muhimi hayru ehson haqida alohida
fikr yuritiladi. “Ehson” tushunchasi mazmunan keng qamrovli bo4ib, unda
muomala ham, inson tomonidan amalga oshiriladigan barcha yaxshi amallar
mohiyati ham aks etadi. O 'zgalarga nisbatan ehson ko'rsatish - har bir insonning
eng oddiy insoniy burchi bo'lishi lozimligi aytiladi. Zero, ikki olamning
yaratguvchisi boMgan Olloh barcha ne'matlarni o ‘zi yaratgan m avjudotlarga ehson
etgan. Olloh tomonidan qilingan ehsondan foydalanguvchi bandalar ham aholining
eng nochor qatlami vakillariga nisbatan muruvvatli bo'lishlari, ularga xayru-ehson
ko‘rsatishlari lozim: “Olloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Ollohning
bandalariga) infoq-ehson qil” ("Qasos” surasi, 77-oyat). Shuningdek. kirn birovga
213
ehson qilsa, uning foydasi o 'zig a qavtishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi
o ‘zida ruhiv qanoat his etishi, boshqalar tomonidan hurm at-ehtirom ga sazovor
b o ‘lishi ta'kidlanadi.
‘■Qur'on”da sabrli, sabotli bo‘lish,
qiyinchiliklarga bardosh berish, yomon
kishilar tom onidan yetkazgan nohaqliklarga chidash, boshga tushgan m usibatlarga
nisbatan bardoshli boMishga da'vat etiladi. Jumladan “Albatta biz Ollohning
(bandalarim iz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarim iz", deydigan sobirlarga
xushxabar bering (Ey Muhammad)! A na o ‘shalarga Parvardigorlari tomonidan
salovat (m a'rifat) va rahm at bordir. A na o ‘shalar haq yo ‘lini topguvchilardir”
(“B aqara” surasi, 155-157-oyatlar). “Q ur'on”da yana insonni axloqiy kamolga
yetkazishga zid xususiyatlar: m anmanlik. aroqxo‘rlik, qimorbozlik, yolg‘onchilik,
boshqalarni kam sitish, badgum onlik, josuslik, g ‘iybatchilik. maishiy buzuqlik,
g ‘azabnoklik, hasadgo'ylik, ochko‘zlik kabilar salbiy illatlar qoralanadi.
H adis ilmi.
V III-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida ‘ Oltin davr”
hisoblanadi.
Islom
dunyosida eng
nufuzli
manbalar deb
sanalgan oltita
ISH O NCHLI to ‘plam (as-sahih as - sitta)ni yaratgan muhaddislar Abu A bdullox
M uham m ad ibn Ismoil al -Buxoriy 194 (810)-256 (870), Imom M uslim ibn al-
Xajjoj 206 (819) - 261 (874), Imom Iso M uham m ad ibn Iso at -Termiziy 209 (824),
- 279 (892), Imom A bu D ovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) - 275 (880). Imom
A hm ad an - N asoniy 215 (830) - 303 (915), Imom Abu Abdulloh M uhammad ibn
Y azid ibn M ajja 209 (824) - 273 (886) kabi allomalardir.
O lim lar “Al-kutub as-sitta” (olti kitob)ni quyidagilardan iborat deb k o ‘rsatadilar:
1. Abu A bdulloh M uham m ad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgan “As-
Sahih”.
2. Imom M uslim an-Nishlpuriy (imom M uslim ibn al -Hajjoj) tomonidan yozilgan
“A s-Sahih” .
3. Imom Ibn M ojja tom onidan “ Sunnai” .
4. Imom Lou Dovud Sulaymon - Sijistoniy tomonidan yozilgan “Sunnai”.
5. Imom ibn Iso at-Term iziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-K abir” .
6
. A hm ad an - N asoiy tomonidan yozilgan “ Sunnai" kabi to'plam lardir.
21 4
Imotn al - Buxoriyning shoh-asari ‘'Al-Jom e1 as-sahih” (“ Ishonchli to'plam ” ) 4
jildan iborat bo‘lib, unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih" hadislar kiritilgan,
takrorlanmaydiganlari 4000 hadisdan iboratdir.
Hadislarda ilm bilan shug'ullanish bilan birga kishilarni undan xabardor
qilishning muhimligi ta'kidlanadi: "Kimki ummatlarimga mening sunnatimga oid 40
hadisni yodlab yetkazsa, qivomat kunida men uni shafoatimga loyiq kishilar safiga
kirgizaman”
(112-Hadis).
Do'stlaringiz bilan baham: |