3- BIOLOGIK FAOL MODDALARNING Са
2+
-TRANSPORT SISTEMALARIGA TA`SIRI
Adabiyot manbalaridagi ko`pgina dalillarda ta`kidlanishicha, ko`pgina
biologik faol moddalar va pestitsidlar mitoxondriya strukturasi va funksiyasiga u
yoki bu darajada ta`sir ko`rsatishi mumkin. Buning natijasida ularning nafas
zanjiriga,
oksidlanishli
fosforlanish
sistemalariga,
ichki
membrananing
o`tkazuvchanligiga va ion transport mexanizmlari hamda boshqa jarayonlarga
ta`siri o`rganildi (Асраров, 1999).
Manbalarda keltirilishicha (Маматова, 1997; Асраров, 1999; Чўлиев, 2007),
ko`p miqdordagi pestitsidlar o`zining biologik yoki zaharli ta`sir ko`rsatishiga qarab,
hujayra ichki kalsiy taqsimotini ijobiy yoki salbiy tomonga o`zgartiradi. Sitozolda
kalsiy ionlari miqdorining ortishi o`z navbatida hujayradagi fermentlar faolligi
oshadi, xususan, fosforilaza, proteaza, fosfolipaza, endonukleaza va boshqalar.
Bundan tashqari, kaskad jarayonlarini kuchaytiradi hamda hujayradagi
jarayonlarning tezlashuvi ichki stimullarning yanada faollashuvini ta`minlaydi. Bu
o`zgarishlar
tegishli
ravishda
hujayraning
genetik
apparatiga,
mikrotrubkachalarning yig`ilishi va tarqalishiga, sekretsiya jarayonlariga va
hujayraning boshqa jiddiy buzilishlariga ta`sir ko`rsatadi. Ko`pgina pestitsidlar
to`g`ridan-to`g`ri membranalarning kalsiy ionlari uchun o`tkazuvchanligini
kuchaytiradi. Etafos pestitsidi ta`sirida mitoxondriyalarga kalsiy transport
qilinishining buzilishi natijasida, mitoxondriyada energizatsiya jarayoni pasayib
ketadi hamda elektronlarning ko`chirilishi tormozlanadi.
Orinboyevaning ma`lumotlarida ta`kidlanishicha, protozoy bo`lmagan
ximkoksid preparati kalsiy va magniy ionlari bilan gidrofob komplekslar hosil qiladi,
ikki valentli kationlarning mitoxondriya membranasi hamda sarkoplazmatik
retikulumdan tashilishini kuchaytiradi shu bilan birgalikda turli xildagi ATF aza
transporti (nasoslar faoliyatini) faolligini to`xtatadi, xususan, mitoxondrial Н
+
-АТФ
azani. Shunga bog`liq holda yana bir protozoy bo`lmagan klassik preparat
membranologiya ionofor sifatida keng qo`llaniladi. Ushbu preparat X-537 (latsaloid
A) deb nomlanib, ikki valentli kationlar uchun ionofor xususiyatiga ega. Fungitsid
avenatsiolidning mitoxondriyaga ta`siri natijasida Са
2+
va Мg
2+
ionlarining ma`lum
bir qismi mitoxondriyadan chiqarib yuboriladi.
Tropik o`simlik mahsuloti bo`lgan rotenoidlar hasharotlar va baliqlarga qarshi
zahar sifatida keng foydalaniladi. Rotenon va uning analoglari Burgos va
redfirnlarning
biologik
ta`sir
xususiyatlari
o`rganilganda,
ularning
mitoxondriyalardagi elektron tashilishini susaytiruvchi ta`sirga egaligi ma`lum
bo`ldi. Piritsidin А insektitsidi ham membranologiyada NAD ga bog`liq
substratlarning oksidlanishini rotenon singari ingibirlovchi sifatida qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |