qabul qilingan.
sulolasi hukmronlik qilgan. Uning hokimlari orasida Shumer
afsonalari qahramonlaridan biri Etana ko‘zga tashlanadi. Kish-
Bu unvonning egasi lugal – «yetakchi» bo‘lgan. Kishning hokim-
95
maysasi»ga ega bo‘lish va voris merosxo‘r olish uchun osmonga
xudolar oldiga ko‘tariladi deb hikoya qilinadi (Ilk sulolaning I
bosqichi).
Kishning zaiflashuvi Uruk shahar-davlatining yuksalishi bi-
lan boshlangan. Mil.avv. 2600-yillar atrofida Kish shahrining
podshosi Aggi Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur
doston qahramoni) tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh
butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga ko‘ra, u xudoning
o‘g‘li bo‘lib, o‘limidan so‘ng xudo sifatida ulug‘langan (Ilk sulo-
laning II bosqichi).
Ilk sulola davrining uchinchi bosqichi (mil.avv. 2550-yillar
atrofi)da Urukning yetakchiligi o‘rniga o‘zining shaxta (yerosti)
sag‘analari bilan ma’lum bo‘lgan Ur sulolasi keladi. Ur shahri
Janubiy Mesopotamiyada yetakchilik qila boshlaydi. Bu davr-
ning yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Eshnuna
shahri bo‘ldi. Ur shahrida podsho hokimiyati kuchaydi. Hukm-
dorlar uchun hashamatli sag‘analar qurila boshladi. Vaqt o‘ti-
shi bilan ziddiyatlar kuchayishi natijasida Ur zaifla shib, qo‘shni
Lagash shahri kuchayib ketdi. Lagash deyarli barcha Shu-
mer shaharlarini bo‘ysundirib, Elam ustidan g‘alaba qozondi.
Lagash hokimi Eanatum (mil.avv. 2450–2425 yillar) Umma
shahri hokimi ustidan qozongan g‘alabasini «Kalxatlar lavhasi»
taxtasida aks ettirdi (Hozir Luvr muzeyida saqlanadi). Mil.avv.
XXIV asrda Lagash davlati hududi 2000-2500 kv.kmni, aholisi
150-200 ming kishini tashkil etgan. Lagashda ensi hokimiya-
ti kuchayadi va u Lagash bosh xudosi Ningirsu ibodatxonasi-
ning bosh kohini bo‘ldi. Uning hokimiyati urug‘chilik munosa-
batlarining yemirilishi, savdo-hunarmandchilikning rivojlani-
shi natijasida shahar aholisining turli tabaqalari tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi.
Ibodatxona xo‘jaliklariga ham soliq solindi. Hunarmand
va jamoa chilardan turli majburiyatlarni o‘tash talab qilindi.
Daromad solig‘i ko‘paydi. Lagashda ijtimoiy ziddiyat kuchay-
di. Yangi «ensi» Urukagina ijtimoiy ziddiyatlarni bo‘shashtirish
uchun islohot o‘tkazdi. Oliy kohinlar soliqlardan ozod qilindi.
Ibodatxonalarning qaram kishilarga natural mahsulot to‘lovi
miqdori oshirilib, ularning huquqlari kafolatlanadi. Aholidan
olinadigan soliq-to‘lovlar bir qadar kamaytirildi. Urukagina
«Lugal» unvonini qabul qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagash-
ni zaiflashtirdi. Lagashning ichki qiyinchiliklaridan foydalan-
gan Umma shahrining epsisi Lugalzagissi Uruk, Ur va Larsa
96
shahar-davlatlarini bosib oldi. Kish shahri zabt etilishi bilan
Lugalzagissi butun Shumerda chorak asr yetakchilik mavqeiga
ega bo‘ldi. Lugalzagissining davlat hududi O‘rtayer dengizidan
Fors qo‘ltig‘igacha (shumercha «Yuqori dengizdan to quyi den-
gizgacha») cho‘zilib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: