Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Akkadning yuksalishi. Sargon davlati



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Akkadning yuksalishi. Sargon davlati. Kish hokimining 

kichik saroy amaldori, kelib chiqishi quyi tabaqadan bo‘lgan 

Sargon (rivoyatga ko‘ra u tashlandiq bo‘lgan va keyinchalik Kish 

hokimi saroyida tarbiyalangan) mil.avv. 2316-yilda hokimiyat-

ga kelib, o‘zini «Sharrum-ken» (haqiqiy podsho Sargon – ilmiy 

adabiyotda) deb e’lon qiladi (mil.avv.2316–2261-yillar). Lugal-

zagissi podsho hokimiyatini kuchaytirishga urinib, shumer ko-

hinlariga suyandi. U o‘zi ishg‘ol qilgan shumer shahar-davlatla-

rining o‘zboshimchaligini tugata olmadi. Ammo uning 25 yillik 

hukmronligidan so‘ng shimoldagi Akkad davlati butun shu-

merni bosib oldi. Sargon (mil.avv. 2316–2261-yillar) va uning 

vorislari 150 yil davomida mamlakatni boshqardilar. Tarixda 

birinchi marta Sargon 5400 askardan iborat yengil qurollangan 

muntazam qo‘shin tuzdi. Lugalzagissi davrida Kish shahar dav-

latida sargon ismli (uning asl ismi Sharrukenu bo‘lgan) amal-

dor fitna uyushtirib, Lugalzagissini taxtdan tushirdi. Rivoyatga 

ko‘ra past tabaqadan chiqqan. Yoshligida uni Akku ismli suv 

tashuvchi boqib oladi. Usta siyosatchi va sarkarda Mesopota-

miyaning shimoli va janubini tarixda ilk bor birlashtirib, yago-

na davlat tuzdi. Umma hokimi Lugalzagissi Sargon bilan uzoq 

urush olib bordi. Sargon kuchli qo‘shin bilan 34 jangdan so‘ng 

butun Shumerni istilo qildi. Sargon o‘zining 55 yillik podsholigi 

davrida butun Mesopotamiyani Akkad davlati qo‘l ostiga bir-

lashtirdi. Bundan tashqari, u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam 

va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qildi. Sargon 

davlati hududiga teng keladigan biror-bir davlat Ahmoniylarga-

cha bo‘lgan bir yarim ming yil davomida bo‘lmadi.

Mesopotamiyadagi oldingi shahar-davlatlardan farq qilgan 

holda Sargon davlati markazlashgan davlat edi. Sargon va  

uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, pul-tovar mu-

nosabatlari, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik yuk-

saldi. Podshoning mutlaq hokimiyati urug‘ zodagonlari va 

oqsoqollar kengashining kuchli qarshiligiga uchradi. Podsho 

ularning qarshiligini sindirish, o‘z hokimiyatini mustahkam-

lash uchun xizmatdagi zodagonlar, amaldorlar, qisman ko-

hinlarga tayanib ish ko‘rdi. Ba’zi shaharlarning merosiy «Ji» 




97

(hokim)lari o‘rniga podsho o‘z kishilarini tayinladi. Sargon o‘zi 

tashkil etgan muntazam qo‘shinga g‘amxo‘rlik qildi. Qo‘shind-

agi askarlarga harbiy xizmati uchun yer ulushi ajratib berdi.



 

Qo‘shinning qo‘llab-quvvatlashi natijasida podsho («Sharrum»)

ning mutlaq hokimiyati vujudga keldi. Sargon tashkil qilgan 

davlatda hokimiyat to‘la unga tegishli bo‘lib, keyin o‘g‘il va ne-

varalariga meros bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Shumer shahar-davlatlarining hududi Sargon davlatining 

viloyatlari bo‘lib qoldi. Ularning tepasida turgan ensi yoki lugal 

podsho noiblari hisoblanar edi. Ibodatxona xo‘jaligi va mulklari 

esa podsho davlat xo‘jaligining bir qismi edi. Sargonning qo‘lida 

katta miqdorda iqtisodiy kuch to‘planib, uning yordamida ichki 

isyonlar va faol tashqi siyosat yuritish uchun harbiy qismlarni 

saqlab turish mumkin bo‘ldi.

Podsholar markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun 

merosiy «ensi»larni o‘z o‘g‘illari bilan almashtirdilar. Merosiy 

hokimlar oddiy amaldorlar darajasiga tushirildi. Podsho ich-

ki siyosatda kohinlarga suyandi. Kohinlarga ko‘plab imtiyozlar 

berildi. Podsho va uning o‘g‘illari ibodatxona kohinlari lavozi-

mini bajarganlar. Sargon davrida yangi kanallar qurildi. Sug‘o-

rish inshootlari umumdavlat miqyo sida rivojlantirildi. Yagona 

o‘lchov va og‘irlik o‘lchov birliklari joriy qilindi. Akkad Hindis-

ton va Sharqiy Arabiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Sar-

gon hukmronligining so‘nggi yillarida mamlakatda boshlan-

gan ochlik katta g‘alayonlarga olib keldi. Bu g‘alayon mil.avv. 

2270-yilda uning o‘limidan so‘ng, kichik o‘g‘li Rumish tomoni-

dan bostirildi. 

Sargonning vorisi Rimush Shumer urug‘ zodagonlarining 

markaziy hokimiyatga qarshi ko‘targan isyonlarini shafqatsiz 

bostirdi. Isyonchi shaharlarga qarshi Rimush uch marta yurish 

qildi. Ri mush isyonchi shaharlar Umma va Derning 13 ming-

ga yaqin aho lisini qirib tashladi. U ichki siyosatda kohinlarga 

tayanishga harakat qilib, ularga mo‘l-ko‘l hadyalar qildi. Ammo 

Rimush  o‘z  yaqinlarining  fitna  qurboni  bo‘ldi.  Uning  ukasi 

Manishtushu qator qo‘zg‘olonlarni bostirishga majbur bo‘ldi. 

U Elamga ikki marta bostirib kirdi. Fors qo‘ltig‘ining sharqiy 

qirg‘og‘i tomon dengiz orqali yurish qildi. U podsho hokimiya-

tini mustahkamlash uchun jamoa yerlarini sotib olib, davlat 

yer zaxirasini kengaytirdi. Podsho xo‘jalik tizimining asosini 

yaratdi. O‘n besh yillik hukmronlikdan so‘ng, Manishtushu 

ham yangi saroy fitnasi natijasida o‘ldirildi. Taxtga uning o‘g‘li, 



98

Sargonning nabirasi Naram-Suen (mil.avv. 2236–2200-yillar) 

o‘tirdi. Naram-Suen ham podsho hokimiyatini mustahkamlash 

uchun isyonchi shaharlar, «ensi»lar, urug‘ zodagonlariga qarshi 

muntazam kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Akkadning yuk-

salishidan norozi bo‘lgan janubdagi shaharlar qo‘zg‘olon ko‘tar-

di. Bu qo‘zg‘lonlar uzoq vaqt davom etib, zo‘rg‘a bostirildi.

Naram-Suen davrida Akkadning yuksalishi kuzatildi. Meso-

potamiya shaharlari to‘la Sargon sulolasi hukmi ostiga o‘tgach, 

Naram-Suen o‘zini «Akkadning qudratli xudosi» deb ulug‘lab, 

o‘zini relyefl arda ilohiylik ramzi bo‘lgan shoxli bosh kiyim bilan 

tasvirladi. Aholi unga iloh sifatida sajda qilishi lozim edi. 

Podsho hokimiyatining mustahkam bo‘lishi uchun kuch-

li qo‘shin, ko‘p miqdorda moddiy boyliklar muntazam ra-

vishda zarur edi. Sargon va uning vorislari shimolda Frotning 

yuqori qismi va O‘rtayer dengizi qirg‘og‘iga, janubda Elam va 

Fors qo‘ltig‘i qirg‘oqlariga, sharq da Eron tog‘lik hududlariga 

harbiy istilochilik yurishlar olib borganlar. Bu yurishlarning 

asosiy maqsadi o‘lja olish edi. Naram-Suen Subartu, Elam, 

Fors qo‘ltig‘iga, Zagros tog‘larida lulubeylarga qarshi g‘olibona 

yurishlar olib boradi. Naram-Suenning yurishlari hozir Luvr 

muzeyida saqlanayotgan, Naram-Suen stelasi deb nomlangan 

qizil ohaktosh taxtada tasvirlangan. Taxtada o‘z qo‘shini bilan 

tog‘ cho‘qqisiga chiqib borayotgan Naram-Suen zagros tog‘lik 

qabilalarining jangchilaridan birini mahv qilayotgani tasvirlan-

gan. Naram-Suen «Dunyoning to‘rt iqlimi podshosi» unvoniga 

ega bo‘ldi va kohinlar Naram-Suenni «Akkad xudosi» deb tan 

oldilar. 

Naram-Suenning vorisi Sharkalisharri («Barcha podsho-

lar podshosi», mil.avv. 2200–2176-yillar) taxtga o‘tirdi. Uning 

davrida Akkad davlatining yemirilishi boshlandi. Istilochilik 

urushlari, haddan tashqari ko‘p sarf-xarajatlar va shahar aho-

lisining g‘alayonlari mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqardi.

Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros 

tog‘laridan bostirib kirgan tog‘li qabilalardan bo‘lgan qutiylar 

chek qo‘ydi. Boshida Naram-Suen ularni og‘ir janglarda yengib, 

mamlakatdan haydab chiqargan edi va o‘zi shu urushda halok 

bo‘ldi. Ammo qutiy lar Naram-Suenning vorislari davrida Sar-

goniylar hokimiyatining zaiflashganidan foydalanib, yana Me-

sopotamiyaga bostirib kirdilar. Mamlakat qutiylar tomonidan 

talon-taroj qilindi. Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj 

to‘ladilar. Lagash hokimlari qutiylar yordamiga tayanib, boshqa 




99

shaharlar ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatishga harakat qildilar. 

Lagashning zo‘ravonligi janubiy Mesopotamiyada shahar-dav-

latlarning noroziligiga uchradi va qutiylardan ozod bo‘lish vaqti-

da qo‘shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash shahri shafqat-

siz buzib tashlandi. 

Qutiylar davrida Lagash hokimi bo‘lgan Gudea (mil.avv. 

2137–2117-yillar) o‘zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum.  

Uning  davrida  Ningirsu  xudosi  ibodatxonasi  atrofida  yagona 

ibodatxona xo‘jaligi tashkil etilgan. Gudea bu xudo uchun oli-

nadigan maxsus soliq joriy qildi va qurilish majburiyatini kirit-

di. Gudea Hind daryosi havzasi viloyatlari bilan savdo qildi va 

Elam bilan urush olib bordi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish