2. Rim iqtisodiyoti. O‘rtayer dengizi havzasida yuz yil davo-
mida olib borilgan bosqinchilik urushlari natijasida Rim kichik
shahar-davlat doirasidan chiqib, O‘rtayer dengizining eng
qudratli davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyoti va Rim
jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham o‘zgarishlarga olib
keldi. Ayniqsa, iqtisodiyotda muhim o‘zgarishlar yuz berdi.
Rim-Italiya xo‘jaligiga klassik qulchilik munosabatlarining
kirib kelishi chuqur o‘zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi-
ning turli sohalarida o‘sish boshlandi. Uzumchilik, zaytun
daraxtlari o‘stirish, bog‘dorchilik va sabzavotchilik rivojlandi.
Yunoniston, Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari,
meva daraxtlar keltirildi. Qishloq xo‘jaligida mehnat qurollari-
ning turlari ko‘paydi. G‘allachilik takomilllashdi. Sifatli bug‘doy
ekilib, hosildorlik o‘sdi. Yerlarga ishlov berish, o‘g‘itlash va
boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chor-
vachilikda ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va
parrandachilik o‘sha vaqtda eng daromadli sohalarga aylandi.
Qishloq xo‘jaligining o‘sishini asosiy sabablari qulchilikni keng
502
tadbiq qilinishi, tovar ishlab chiqarish xo‘jaligining tashkil qilini-
shi, kichik xo‘jaliklardan voz kechib, katta ekin maydonlarida
xo‘jalik yuritish edi. Qishloq xo‘jaligida bu davrda xo‘jalikning
asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unda 10-20 qul-
lar ishlaydigan quldor xo‘jaligi edi. Bular o‘rta quldor xo‘jaligi
hisoblanib, ular bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan edi. Bunday xo‘jaliklar villa deb atalgan. Villalar
bilan bir qatorda qishloqda erkin dehqonlarning kichik xo‘jaligi
keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerda o‘z oilasi bilan
ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi.
Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi mil.avv. II
– I asr larga to‘g‘ri keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik
ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 hunarmand ishlar edi. Qul
mehnatidan keng foydalanila boshlandi. Hunarmandchilik-
da ozod qo‘yilgan qullar mehnati ham sezilarli o‘rinni egalladi.
Ularning o‘zlari ham uncha katta bo‘lmagan ustaxonalarga ega
edilar. Hunarmandchilikning rivojlanishi metall, tosh, yog‘och,
jun, teri, shisha va qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni
kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada temir qazib chiqarish keng
yo‘lga qo‘yildi. Tog‘-kon va metall quyishda yangi texnik o‘zga-
rishlar amalga oshirildi. Shaxtalarda 150 m gacha chuqurlikda
ishlana boshlandi. Konlarda ventilatsiya, Arximed vinti, kon-
dan suvni qochirish g‘ildiragidan foydalanila boshlandi.
Yunonistondan marmar, Misrdan granit import qilindi. Ita-
liyaning o‘zida Shimoliy Etruriyadan marmar qazib olina bosh-
landi. Qurilish materiallari taqchil edi. Arzon, qulay, mustah-
kam qurilish materialiga ehtiyoj o‘sdi. Mil.avv. II asrda rimliklar
bu talablarni qondiradigan qurilish xomashyosi – betonni kashf
qildilar. Rimliklar pishirilgan g‘isht ishlab chiqarishni keng
yo‘lga qo‘ydilar. Mil.avv. II–I asrlarda ma’lum ishlab chiqarish-
ga ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari shakllan-
di: Puteola
– temirni qayta ishlash, Kapuya – jez va qo‘rg‘oshin
quymalari bilan, Manturin va Kaliy – qishloq xo‘jalik qurolla-
rini tayyorlash, Arretsiy – kulolchilik, Tarent, Kanuziy – jun
mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shuhrat qozondi. Rimliklar
fuqarolik va muhandis me’morchiligini rivojlantirdilar. Rim suv
quvurlari, ko‘priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, Rimdagi
ko‘p qavatli uylar me’morchilik va qurilishning eng yaxshi yu-
tuqlari asosida bunyod qilindi.
O‘rtayer dengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim, Puteola
,
Si rakuza eng yirik savdo markazlari bo‘lib qoldi. Kemasozlik,
503
dengizchilik rivojlandi. 200 tonnagacha yuk ortiladigan savdo
kemalari paydo bo‘ldi. Qo‘shimcha yelkanlar, kema boshqaru-
vi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto savdo
qilish man etilgan nobillar ham shug‘ullana boshladilar. Ular
qonunni chetlab o‘tib, dengiz savdosida vositachilar va o‘zlari-
ning ozod qo‘yilgan qullaridan foydalandilar.
Quruqlikdagi savdo ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sha-
har va qishloqlar o‘rtasida mahsulot almashuv maxsus quril-
gan shahar bozorlarida, viloyatlararo yarmarkalarda amalga
oshirildi. Viloyatlar o‘rtasida aloqalarning mustahkamlanishi
Italiyada puxta qurilgan qurilish san’atining noyob yutuqlari
bo‘lgan yo‘llarning qurilishiga sabab bo‘ldi. Yo‘llar tosh to‘shal-
gan mustahkam to‘g‘ri chiziqda bunyod qilinib, boshda Itali-
yaning barcha viloyatlarini, keyinchalik provinsiyalarni qamrab
oldi. Rim shahridan o‘tadigan eng yirik yo‘llar Italiyaning bar-
cha viloyatlari va undan tashqari cho‘zilib ketdi. Rim forumi-
da oltin suvi yuritilgan ustun qo‘yilib, undan Italiyaning bosh
yo‘llari masofasini hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan «bar-
cha yo‘llar Rimga boradi» aforizmi tug‘ildi. Rim savdosining o‘si-
shi tanga miqdorini ko‘paytirishni talab qildi. Rimning sestersiy
va denariy kumush tangalari tezda O‘rtayer dengizi havzasida
asosiy valyuta o‘rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi.
Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul
mablag‘lari va qullar oqib keldi. I Puni urushidan so‘ng Rim
xazinasiga 3200 talant kirim bo‘ldi. II Puni urushidan so‘ng
Karfagenning to‘lov puli 10 ming talant, Antioxga yuklangan
tovon to‘lovi 15 ming talantni tashkil etdi. Rim sarkardalarining
harbiy o‘ljalari behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyning
g‘olibi Emiliy Pavelning Rimga zafarli kirishida bosib olingan
qimmatbaho qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan to‘la
katta xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib o‘tildi.
Antiox ustidan g‘alaba natijasida harbiy o‘lja sifatida 1280 fil
tishi, 234 oltin chambar, 187 ming funt kumush (1 Rim funti
327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming
makedon tilla tangasi, ko‘p miqdordagi zargarlik buyumlari
Rim xazinasiga kelib tushdi. Mil.avv. II asrgacha Rim kumush
tangaga ehtiyoj sezmadi. Bu istilolar, ayniqsa, ispan kumush
konlarining bosib olinishi Rim davlatini o‘z pul tizimini kumush
bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda savdo, moli-
ya-sudxo‘rlik kapitali rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Rimda turli
jamoat ishlari, provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan moliya-
504
chi-tadbirkorlar paydo bo‘ldi. Istilochilik urushlaridan olingan
o‘ljalar, qaram hududlardan olinadigan daromadning o‘sishi
natijasida Pidna yonidagi jangdan so‘ng (mil.avv. 168-yil) Rim
fuqarolari harbiy xarajatlar uchun olinadigan soliqni to‘lamay
qo‘ydilar.
Rim bosib olingan hududlar boshqaruvini yo‘lga qo‘ydi. Bu
hududlar rimliklarning mulki provinsiya (qaram) yer deb e’lon
qilindi. Rimdan pretor yoki Rimda konsullik muddatini o‘tab
bo‘lgan konsullar noib etib tayinlandilar. Bosib olingan hudud-
larda Sitsiliya, Sardiniya provinsiyalari tashkil etildi. Pireney
yarim orolining asosiy aholisi iber qabilalari edi. Puni urushlari
natijasida rimliklar va Ispaniya deb ataladigan yarim orolning
katta qismini bosib oldilar. Ispaniya Betika (mil.avv. 197-yil)
Tarrakon Ispaniyasi (mil.avv. 197-yil) provinsiyalarni tashkil et-
dilar. Rim urushlar davomida Italiyadan chetdagi bosib olingan
hududlar provinsiya deb ataldi. Boshda «provinsiya» so‘zi oliy
magistratga beriladigan topshiriq ma’nosini bildirgan. Keyin
esa bu so‘z bosib olingan hududlarga nisbatan aytildi. Rimning
birinchi provinsiyalari Sardiniya (mil.avv.241-yil), Sardiniya va
Karsika (mil.avv. 227-yillar), Ispaniyada Betika va Tarrakan
Ispaniyasi provinsiyalari (mil.avv. 197-yil) tashkil etildi. Res-
publika davrida 20 provinsiya bo‘lib, rimliklar ularni «rim xalqi-
ning pomestesi» deb hisoblar edilar. Provinsiyalar rim noibi va
uning qo‘shinini o‘z hisoblaridan saqlashlari majbur bo‘lgan.
Noiblar o‘zlari chiqaradigan ediktlar orqali oliy harbiy, ma’mu-
riy va sud hokimiyatini ommaga oshirganlar. Oktavian davri-
da promagistratlar boshqaradigan senat provinsiyalari va legat
yoki propretor unvoni bilan prokuratorlar boshqaradigan im-
perator (chegara) provinsiyalariga bo‘linib ketdi. Provinsiyalarni
boshqarish tizimi asta-sekin shakllandi. Provinsiyalarni bosh-
qaradigan pretorlar bir yil muddatga saylab qo‘yilgan. Provin-
siya boshqaruv muddatini uzaytirish senatning maxsus qarori
bilan amalga oshirilgan. Noib bilan birga, provinsiyaga moli-
ya-xo‘jalik ishlarini olib boradigan kvestor jo‘natilar edi. Sobiq
konsullar, hali konsul bo‘lmagan yuqori mansabdorlar ham
noib lavozimini egallar edilar. Noiblar provinsiyalarda harbiy
va sud hokimiyatini o‘z qo‘llariga to‘pladilar. Provinsiyalar noib,
uning amaldorlari va qo‘shinlarini moddiy jihatdan ta’minlashi
kerak edi. Noiblar o‘z mansablarini suiiste’mol qilib, shaxsiy
boylik orttirish uchun provinsiyalarni talon-taroj qildilar. Shu
sababli, mil.avv. 149-yil Rimda provinsiya noiblarining ta lon-
505
tarojligiga, suiiste’molligiga qarshi senator tribunallari tash-
kil qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning noiblaridan
jabr tortgan kishilar murojaat qilishi mumkin edi. Provinsiyalar
aholisi uchun yana bir kulfat bu rimliklarning soliq yig‘ishda-
gi tovlamachiliklari bo‘ldi. Rim noiblari soliq yig‘ish huquqini
xususiy kishilar («publikanlar»)ga topshirdilar. Ular soliq sum-
masini oldindan kelishilgan miqdorda Rim noibiga to‘lab, keyin
uni mahalliy aholidan bir necha barobar ko‘paytirib yig‘ib ol-
ganlar. Bu ishlar bilan asosan moliya zodagonlari bo‘lgan yan-
gi suvoriylar qatlamining vakillari shug‘ullangan. Rim davla-
ti bo‘ysundirilgan xalqlarning yerlarini bir qismini tortib oldi.
Oltin va kumush, tuz, tosh konlari va o‘rmonlar Rim davlati
ixtiyoriga o‘tdi. Katta miqdordagi urush tovonlari, asirlarni qul
qilib sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o‘ljalar Rim davlati-
ni dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirdi. Ayniqsa,
Rim respublikasida oliy hokimiyat egasi bo‘lgan nobilitet
yana-
da boyib ketdi. Nobillar boyligining asosi bu yirik yer egaligi
edi. Nobillar qo‘shin qo‘mondonlari yoki provinsiyalar noiblari
sifatida katta miqdorda boylik to‘pladilar.
Mil.avv. 218-yilda qabul qilingan alohida qonun bo‘yicha se-
natorlar savdo va moliya ishlari bilan shug‘ullanishlari taqiqlab
qo‘yildi. Shu sababli, zodagon senatorlar ko‘p miqdorda yer
maydonlarini sotib oldilar. Yirik xo‘jaliklar tashkil qilib, qullar
mehnatidan foydalandilar va yuqori daromad oldilar. Nobillar-
ning iqtisodiy-siyosiy qudrati zodagonlarning tashqi ko‘rinishi-
da ham aks etdi. Ular keng qizg‘ish yo‘lli tunika (ko‘ylak) va
maxsus poyafzal kiyar hamda qo‘llariga maxsus senator uzugi-
ni taqar edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlam-
laridan ajratib turadigan ramziy belgi edi.
Mashhur yunon tarixchisi Polibiy Rimda birinchi marta se-
natorlarni ko‘rib, ularni hashamatli kiyingan ulug‘vor ko‘rin-
ishlaridan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar
bilan tenglashtirdi. Nobillar «oddiy» fuqarolarni davlatda nufu-
zli mansablarni egallashlariga, eng avvalo, konsullik mansabi-
ga yaqinlashtirmaslikka harakat qilar edilar. Mil.avv. 180-yilda
qabul qilingan qonun nobillarning oddiy fuqarolarni hokimiyat-
ga yaqinlashtirmasliklari uchun qilgan harakatlarining natija-
si edi. Ushbu qonunga ko‘ra, Rim fuqarosi uchun mansabga
erishish o‘n yillik harbiy xizmatdan so‘ng, 28 yoshdan boshla-
nishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, 40 yoshdan
so‘ng pretorlik lavozimini egallash mumkin edi va 43 yoshda-
506
gi shuhratparast rimlik fuqaro konsul mansabiga da’vo qilishi
mumkin edi.
Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo‘lishlariga qaramasdan,
yuz yillar davomida davlat hokimiyatining oliy mansablari-
ni faqat o‘zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o‘z
obro‘-e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy
boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo‘ldilar. O‘zlariga xizmat
qiladigan ko‘p sonli klientlarni saqlab turdilar. Rim magistra-
turasiga faqat o‘z toifalariga yaqin bo‘lgan kishilarni qo‘ydilar.
Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida Rimga senator-
lar, konsullar, senzorlar va boshqa oliy mansabdorlarni yet-
kazib berdi. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon-patrit-
siy oilalar bir-birlari bilan ittifoq tuzib, mansablarni egallash
uchun saylovlarda o‘zaro yordam uyushtirganlar.
Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi
imtiyozli suvoriylar tabaqasi paydo bo‘ldi. Suvoriylar soliqlar
yig‘ish, qo‘shin ta’minoti va sudxo‘rlik ishlari bilan shug‘ullanib
boyib ketdilar. Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish,
provinsiyalardan arzon g‘alla keltirilishi Italiya dehqon xo‘jali-
gini izdan chiqardi. Dehqonlar g‘alla o‘rniga uzum va zaytun da-
raxtlarini o‘stira boshladilar. Bog‘dorchilik, poliz-sabzavotchi-
lik keng rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira
boshladi. Dehqonlar xonavayron bo‘lib, katta shaharlarga keta
boshladilar va Rim hokimiyatidan tekin non va tomosha talab
qildilar. Ularning ba’zilari senatorlarning klientlariga aylandi-
lar. Zodagon-patritsiylarning tayanchi bo‘lgan davlat hokimi-
yati Rim va boshqa shaharlarda to‘plangan, yeridan ajralgan
oddiy fuqarolarni boqishga majbur bo‘ldi. Hokimiyat ularga
muntazam oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishni yo‘lga qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |