5. Exnaton (Amenemxet IV)ning diniy-siyosiy islohoti
(mil.avv. 1365–1348-yillar). Misr jamiyati mafkurasi, ta’lim
sohasi kohinlar qo‘lida bo‘lgan. Kohinlar diniy marosim, diniy
vazifalari bilan bir qatorda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madani-
yat-san’at bilan shug‘ullanganlar. Ular savodli, oliy ma’lumotli
bo‘lganlari uchun davlat hokimiyatida yuqori mamuriy-sudya-
lik lavozimlarni egallaganlar. Kohinlar me’mor, haykaltarosh va
rassom sifatida ulkan inshootlar qurilishida boshchilik qilgan-
lar. Misr iqtisodiyotining asosi sug‘orma dehqonchilik ishlari
kohinlarning yo‘l-yo‘riqlari asosida bajarilgan. Qaram yerlar va
Misr aholisining talanishi natijasida hukmron tabaqa, ayniq-
sa, ko‘p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ket-
gan. Ibodatxonalar minglab gektar yerlar, chorva mollari, qul-
lar va boshqa moddiy boyliklarga egalik qilganlar. XVIII sulola
davrida fir’avnlarning homiysi Amon ibodatxonasi Misr bosh
xudosi sifatida alohida ta’sirga ega bo‘lgan. Xudo Amon bay-
rog‘i ostida Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar.
Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obro‘-e’tiborga
ega bo‘lgan. Fir’avnlar tomonidan bu ibodatxonaga o‘n minglab
qullar, yer, minglab bosh qoramol, oltin-kumushlar hadya qi-
lingan. Karnak va Luksorda xudo Amon sharafiga hashamatli
ibodatxonalar qad ko‘targan. Mamlakatda Amon ibodatxona-
si kohinlarining mavqei kuchayib ketgan. Ular Misr iqtisodiy
va ijtimoiy-siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaganlar.
Jumladan, Amon ibodatxonasining oliy kohinlari taxt vorisining
nomzodini ko‘rsatishdek imtiyozli huquqni olganlar. Boy Amon
ibodatxonasining oliy tabaqa kohinlarini kuchayib ketishi, dav-
latning ichki va tashqi siyosatiga aralashuvi, ularning boyib
ketishi, zodagonlarni chetga surib qo‘yish hukmron tabaqaning
noroziligiga sabab bo‘lgan. Bu holat davlat hokimiyatida kat-
51
ta muammolarni tug‘dirgan. Natijada Amenxotep IV hukmron
tabaqaga suyanib, Amon xudosi kohinlarining kuch-qudratini
sindirishga jur’at qiladi. U diniy islohot o‘tkazadi. Amenxotep
IV (mil.avv. 1365–1348) davrida Misr xudolaridan Aton – «Quyosh
shu’lasi» xudosi birinchi o‘ringa qo‘yila boshlanadi. Fir’avn
Amenxotep hukmronligining oltinchi yilida Aton Misrning yago-
na va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. U o‘zini Atonning yago-
na o‘g‘li deb Amenxotep («Amon rozi») ismini Exnaton («Atonga
yoqa digan») ismiga almashtiradi.
Shu bilan birga, Exnaton Fiva kohinlari bilan uzil-kesil alo-
qani uzib, Fivadan chiqib ketadi. O‘rta Misrda (hozirgi Tell
Amarna) go‘zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan yangi
poytaxt Axetaton (Aton shahri)ga ko‘chib keladi. Uning barcha
saroy amaldorlari va yangi Quyosh xudosining kohinlari bilan
birga Axetaton shahriga joylashadilar.
Aton butun dunyoni va Misrni yaratuvchisi hisoblanib, odat-
dagidek, hayvon qiyofasida emas, balki Quyoshning yerga nur
sochayotgan qo‘llari – shu’la sifatida ifodalangan. Aton Misr-
ning hukm dori deb e’lon qilinadi, Aton o‘z o‘g‘li Exnaton bilan
Misrni boshqaradi. Quyosh xudosini yagona va sevimli o‘g‘li
sifatida faqat Exnaton Atonning bevosita o‘zidan vahiy olishi
va fuqaro, kohinlarga amr-farmon qilishi mumkin edi. Yangi
xudoga sig‘inishni istamagan zodagonlar qatl etilib, ularning
jasadlari yoqiladi.
Bu davr yozuvlarida mirzolar boshqa xudolarni eslash-
dan qochdilar. Eskin yozuvlardan boshqa xudolarning nom-
lari o‘chirib tashlandi. Yozuvlarda yerda va osmonda barcha
xalqlar, mamlakatlar uchun bitta xudo, u suzadigan, uchadi-
gan va o‘rmalaydigan har qanday mavjudotga hayot beradi. Bu
xudoning yagona tanlagani fir’avn Exnaton deb uqtiriladi.
Exnaton tomonidan o‘tkazilgan bu diniy islohot ko‘ngildagidek
natija bermadi. Exnaton Fiva kohinlari va nomlaridagi quldor
zodagonlarning qudratini vaqtincha zaiflashtirishga muvaffaq
bo‘ladi. Juda katta yer-suv, moddiy boylikka ega bo‘lgan ko-
hinlar Exnatonning qat’iy chora–tadbirlariga qarshi chiqishga
jur’at eta olmadilar va vaqtinchalik chekindilar. Ular payt poy-
lab turadilar. Exnatondan keyin taxtga o‘tirgan fir’avnlar uning
diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Islohotchi fir’avn va-
fotidan so‘ng, eski e’tiqod kohinlari hujumga o‘tib, o‘z mavqela-
rini tiklashga qat’iy kirishdilar. Fiva kohinlari Exnaton va u
barpo qilgan shaharlarni la’natladilar. Shunday qilib, bu diniy
52
islohot qattiq qarshiliklarga uchragan. Exnatonning vafotidan
keyin poytaxt Memfisga ko‘chirilgan.
Exnatonning kuyovi fir’avn Tutanxaton (mil.avv. 1347–1338-
yillar) Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini qaytadan
tiklashga va hatto o‘z ismini ham shunga yarasha o‘zgartirib,
Tutanxamon «Amonning tirik qiyofasi» deb atashga majbur
bo‘lgan. Tutanxamon 9 yoshida taxtga o‘tiradi. Misrni amalda
Atonning bosh kohini Eye va harbiy boshliq Xoremxeb boshqar-
gan. Tutanxamon 20 yoshga yet may vafot qiladi (mil.avv. 1338-
yil). Uning bevasi o‘z siyosiy mavqeini saqlab qolish uchun xett
shahzodasiga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi. Xett shahzoda-
si Misrga keladi, lekin Misr zodagonlari uni o‘ldiradilar. Tutan-
xamonning bevasi kohin Eye bilan nikoh qurishga majbur bo‘la-
di. Eye XVIII sulolaning so‘nggi fir’avni edi (mil.avv. 1338–1334-
yillar). Mil.avv. 1334-yil harbiy boshliq Xoremxeb Eyeni taxtdan
tushirib, o‘zi taxtga o‘tiradi. Uning vorisi XIX sulolaning (mil.
avv. 1305–1197-yillar) birinchi fir’avni Ramzes I taxtni egallab,
faol tashqi siyosat yuritdi. Falastin, Finikiya, Janubiy-marka-
ziy Suriyani xettlardan tortib oldi. Ramzes II davrida (mil.avv.
1290–1224-yillar) xett davlati bilan uzoq davom etgan raqobat
tugadi. Misr-Xett tinchlik shartnomasi tuzilib (mil.avv. 1280-yil)
Falastin, Finikiya va Buruja hududlarida har ikki tomonning
ta’sir doiralari belgilandi. Ramzes II 87 yil yashadi va Misrni
66 yil boshqardi. Mil.avv. XIII asr ning II yarmida Bolqon yarim
oroli va Egey havzasidagi xalqlarning migratsiyasi yoki dengiz
xalqlari hujumi boshlandi. Liviyaliklar va boshqa xalqlarning
Misrga hujumi boshlandi (mil.avv. 1219-yillar atrofida). Misr
zaiflashib, chet elliklarning bosqiniga qarshi o‘zida zo‘rg‘a kuch
topdi. Misrda qo‘zg‘olonlar, isyonlar natijasida XIX sulola qula-
di (mil.avv. 1192-yil).
Do'stlaringiz bilan baham: |