Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


MISR CHET ELLIKLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA. SO‘NGGI



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

MISR CHET ELLIKLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA. SO‘NGGI 

PODSHOLIK DAVRIDA MISR

1. Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi. Misrliklar 

Efio piya  va  Osuriya  tazyiqi  ostida.  2.  Sais  sulolasi.  Misr 

davlatining so‘nggi yuksalishi. 3.Sais davri madaniyati. 4. 

Iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar.

1. Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi. Yangi podsho-

lik davri yagona davlatning yemirilishi bilan Misr 3-o‘tish davri 

(mil.avv. 1075–656-yillar)ga kirdi. Bu davrda Misr rasman 

yagona podsho hokimiyati bo‘lsa-da, siyosiy tarqoqlik o‘zining 

yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar 

mavjud  edi.  Bu  davrda  Misrda  chet  ellik:  Liviya,  Efiopiya  va 

osur sulolalari hukmronlik qildilar. 

Davrning boshlarida Quyi va O‘rta Misrda markazi Tanis 

shahri bo‘lgan (mil.avv. 1075–945-yillar) XXI sulola hukmronlik 

qildi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon-Ra ibodatxonasi-

ning oliy kohinlari boshqaruvi ostida edi. Bu vaqtda alohida 

nomlar kuchayib ketdi. XXI sulola va Amon-Ra ibodatxonasi oliy 

kohinlari nomlar ning merosiy nomarxlari separatizmiga qarshi 

tura olmadilar. Ichki kurashlar sababli parokandalikka yuz tut-

gan mamlakat tez orada chet elliklarga qaram bo‘la boshladi. 

Misrda bu davrda liviyaliklarning ta’siri kuchayib ketdi.

Liviyaliklar deltaning g‘arbida va Nil daryosining shimoliga 

tutashgan joylarda hamda g‘arbiy vohalarda qadimdan yashab 

kelganlar. Ular «mashasha» yoki «ma» deb atalganlar. Bu qa-

bilalar mustaqil, lekin madaniy jihatdan Misrga qaraganda 

ancha  orqada  edilar.  Yangi  podsholik  fir’avnlari  davrida  Misr 

gullab-yashnaydi va misrliklar 

ning liviyaliklar bilan aloqa-

lari yanada kuchaydi. Shu davrdan boshlab liviyaliklar Misr 

madaniyati bilan tanishib, Misrga ko‘plab kelib o‘rnashganlar.

Fir’avnlar liviyaliklarni yollanma askar sifatida xizmatga 

qabul qilib, ularga asosan deltadan chek yerlarni ajratib ber-

ganlar. XX-XXI sulola vakillari davrida liviyaliklarning ko‘chib 

kelishi yanada jadallashgan. Liviya zodagonlaridan ba’zi bir-

lari asta-sekinlik bilan oliy kohinlik lavozimlarini egallaydilar. 

Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari ayrim hududlarni bosib 

olganlar.




55

Harbiy qo‘mondon va Gerakleopoldagi Xerilfe xudosining 

ibodat xonasi bosh kohini bo‘lgan bir liviyalik odam o‘zining 

yozma ma’lumotida ta’kidlashicha, bu odamning o‘zidan avval 

o‘tgan ota-bobolaridan 15 tasi shu yerda umr kechirib o‘tgan-

ligi aytiladi. Bu yozuvga qaraganda, uning ajdodi liviyalik Byu-

vava XXI sulola davrida Gerakleopolga ko‘chib kelgan. Uning 

avlod-ajdodlari liviyalik qo‘shinlar 

ning «ulug‘ boshliqlari» va 

Gerakliopol ibodatxonasining kohinlari lavozimini egallagan. 

Bu liviyalik aslzodalar urug‘idan biri podsho oilasi bilan qarin-

dosh ham bo‘lib olgan.

Ana shu liviyalikning avlodi bo‘lgan Bubastis nomining 

nomarxi Sheshonk podsholik taxtini egallab, XXII sulolaga 

asos solgan. Ko‘rini shidan u Fiva kohinlari bilan til topishgan 

va ularni qo‘llab-quvvatlashiga tayangan. Kelib chiqishi liviya-

lik bo‘lgan yangi hukmdorlar davlat boshqaruvida Fiva kohin-

lari bilan maslahatlashib ish ko‘rganlar. Yangi sulola podsho-

lari eski podsho xonadoni bilan qarindosh bo‘lib, o‘z bolalarini 

Fivadagi ibodatxonaga bosh kohin qilib tayinladilar.

Liviya sulolasiga asos solgan Sheshonk I (mil.avv. 

945–924-yillar) serg‘ayrat hukmdor bo‘lgan. Liviyaliklarning 

harbiy kuchlariga va Fiva kohinlariga tayanib turib, Sheshonk 

I o‘zini XVIII-XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi, fir’avnlar-

ning ishini davom ettiruvchi sifatida ko‘rsatadi. U Karnakdagi 

ibodatxona yonida «Bubastislar hovlisi» (saroyi)ni bunyod qilib, 

katta minora ham quradi. Sheshonk I nomarxlar separatizmi-

ni bir qadar to‘xtatishga erishib, mamlakatda vaziyatni biroz 

barqaror qiladi. U mil.avv. 930-yili Falastin ustiga yurish qilib, 

katta o‘ljalar bilan Misrga qaytgan. Misrning bu hududdagi av-

valgi mavqei vaqtincha bo‘lsa-da qayta tiklangan. «Bubastislar 

hovlisi»dagi o‘ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda Falastinda 

erishilgan g‘alaba tasvirlangan. Bu yerdagi osiyolik asirlardan 

156 tasini arqonga bog‘lab borayotgan xudo Amonning katta-

kon tasviri, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

1938–1939-yillarda Tanisda o‘tkazilgan qazish vaqtida She-

shonkning hali qo‘l tekkizilmagan maqbarasi topildi. Bu maq-

baradan  fir’avnning  oltin,  kumushdan  qo‘shib  ishlangan  sar-

kofagi  (tobuti)  va  unda  mo‘miyolangan  fir’avnning  yaxshi 

saqlangan jasadi topilgan edi.

Sheshonk I dan keyingi hukmdorlar uning davlat ishla rini 

munosib tarzda davom ettira olmaganlar va bunga qulay im-

koniyat ham bo‘lmagan. Buning sababi, bu davrda xalqaro 



56

vaziyat o‘zgarib, Old Osiyoda Osuriya davlati kuchayib ketdi. 

XXII sulola fir’avnlari Nil va delta vodiysidan chetga chiqmay, 

shu yerning o‘zi bilan cheklanishga majbur bo‘lganlar.

Sharqda kuchayib ketgan Osuriya Misr ta’siri ostida bo‘lgan 

hududlarni istilo qila boshladi. Falastin, Finikiya va Suriya osu-

riyaliklar ta’siri ostiga tushib qolishi yaqqol ko‘rindi. Suriya, Fini-

kiya va Falastin shahar-davlatlari podsholari birlashib, Osu-

riya podshosi Salamansarga qarshi bosh ko‘tardilar. Qarqara 

yonida (Suriyadagi Oront daryosi bo‘yida) mil.avv. 853-yilda 

birlashgan ittifoqchilar va Osuriya qo‘shinlari o‘rtasida jang 

bo‘lib o‘tgan. Fir’avn Osorkon II ittifoqchilarga yordamga ozgina 

qo‘shin yubordi xolos. Afsuski, jangda ittifoqchilar yengiladi. Bu 

urushdan keyin tabiiyki Misrning obro‘si tushib ketdi. Mam-

lakatda ichki kelishmovchiliklarning keskinlashuvi mamlakat-

ni bir necha kichik davlatlarga ajralib ketishiga olib kelgan. 

XXII sulola bilan birga, XXIII sulola vakillari ham mamlakat-

ni boshqara boshladilar. XXIII sulola vakillari rasman o‘zlarini 

butun Misr fir’avni deb e’lon qilganlar. Misr bir-biriga dushman 

bo‘lgan, lekin kuchsiz nomlarga bo‘lindi. 

Misrning bunday zaif holga tushishi va mayda nomlarga 

bo‘linib ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha zamondagi esda-

lik – «Podsho Petubastis siklidagi qissalar» yozma manbasida 

saqlanib qolgan. Yunon tarixchilari bu davrni «Dodekarxiya», 

ya’ni 12 podsholik hukm surgan davr deb atadilar. Liviyaliklar 

sulolasidan bo‘lgan podsho 

larga butun mamlakat hududi 

bo‘ysunmaganligini sulola podsholari ham o‘zlarining rasmiy 

yozuvlarida yozib o‘tishga majbur bo‘lganlar. Liviya sulolasi 

fir’avnlari  Yuqori  va  Quyi  Misrdagi  liviyalik  boshliqlar  va  oliy 

kohinlarni birlashtirishni o‘zlarining doimiy siyosiy vazifalari 

deb bilganlar. Biroq ular bu muddaolariga to‘liq erisha olma-

ganlar. Bir vaqtning o‘zida ikki sulola vakillari mamlakatni 

boshqargan. XXIV sulola vakillari va Petubastis davrida ham 

Misr o‘z qaddini rostlay olmadi. Misrning ichki tushkunliklar 

tufayli xo‘jalik hayoti izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy 

vaziyat yomonlashadi.

Mil.avv. VIII asrda hukmronlik qilgan XXIV sulola vakillari, 

xusu san, Bokxoris davrida (721–715-yillar) davlatni inqirozdan 

qutqa rish uchun ayrim ijtimoiy islohotlar amalga oshirilgan. 

Bokxoris qarzdorlarni qulga aylantirishga qarshi farmon chiqar-

gan. Lekin bu islohotlar mamlakatni inqirozdan chiqara olma-




57

gan. Misrning zaifl ashuvi chet ellik bosqinchilarning hujumini 

yanada tezlashtirgan. 

Nil daryosining birinchi ostonasidan janub tomondagi o‘lka-

larda  azaldan  nubiyaliklar  yashab  kelganlar.  Misr  fir’avnlari 

Qadimgi podsholik davridan Nubiyada o‘lja, qullarni bosib 

 

olish va uning yerlarini egallash uchun muntazam bosqinchilik 



yurishlari olib borganlar. Misr fir’avnlari Nubiyaga muntazam 

hujumlar qilib, bu mamlakatni xarob qilib kelar edilar. XVIII 

sulola vakillari zamonida Misr askarlari Nubiyaning to‘rtinchi 

ostonasigacha bo‘lgan hududlarni istilo qilib, u yerda mustah-

kam o‘rnashib olish uchun qal’alar va ibodat xonalar qurdilar. 

Misrning bir necha yuz yillar davomida Nubiyani o‘z ta’siri ostiga 

olishi, har ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy 

aloqalarni muntazam yo‘lga qo‘yilishiga olib keldi. Natijada Nu-

biyaning zodagonlari Misr madaniyatini qabul qildilar.

 Kohinlarning XXI-XXII sulolalari hukmronligi davrida Misr-

ning  zaiflashganidan  foydalangan  Nubiya  qabilalari  o‘z  mus-

taqilliklarini tiklashga harakat qildilar. Nubiyada mil.avv. VIII 

asrda markazi Napate bo‘lgan mustaqil davlat tashkil topdi. 

Nubiya hokimlari Misr  madaniyatini qabul qilib, o‘zlarining 

hokimiyatlarini  Misr  fir’avnlari  kabi  tashkil  qilishga  harakat 

qildilar va o‘z yozuvlarini misr tilida tuzadilar. Nubiya hokimlari 

Jabal-Barkal qoyalari yonidagi o‘z poytaxtlari Napateda Misr-

ning oliy xudosiga sig‘inganlar. Ular bu xudoni o‘zlarining boy 

xazinalari manbai bo‘lgan oltin konlari sharafiga «Oltin xudo» 

deb ataganlar. Bu oltin konlari bir vaqtlar Fiva ibodatxonasiga 

qarashli bo‘lgan. Liviyaliklar hukmronligi ostida kuchsizlanib, 

parchalanib borayotgan Misrda hokimiyatni qo‘lga olish uchun 

nubiyaliklar Fiva kohinlari bilan aloqani tiklaydilar. Napate 

hokimi Pianxi (mil.avv. 729–728-yillar) tashqi siyosat sohasida 

otasi olib borgan ishni davom ettirib, zo‘r g‘ayrat bilan Misrni 

istilo qilishga kirishadi. U Yuqori Misrning ancha qismini va 

jumladan, Fivani bosib oldi. Mahalliy nufuzli kohinlar bosqin-

chilarni  to‘la  qo‘llab-quvvatladilar.  Chunki  kohinlar  efioplar-

ning yordami bilan o‘zlarining oldingi hukmron mavqelarini 

tikla moqchi edilar. Pianxi bu istiloni o‘zining batafsil yozuvida 

aks ettirgan. Napatedan topilgan bu yozuv hozirda Qohira muze-

yida saqlanadi. Bu qimmatli tarixiy ma’lumotga qaraganda, 

Sais hokimi Tefnaxt Pianxini asosiy raqibi bo‘lgan. Tefnaxt del-

ta bilan Yuqori Misrning anchagina hududlarini o‘z atrofiga bir-




58

lashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Pianxi esa o‘zini Misr fir’avnlari-

ning qonuniy merosxo‘ri «O‘zim podshoman, xudo Atumning 

jonli siy mosi, marhamatli xudoman» deb ulug‘laydi. Tefnaxt esa 

«G‘arbning boshlig‘i» va o‘rta delta o‘lkalaridan birining hokimi 

hisoblangan.

Pianxi yozuvida o‘zini ko‘p sonli qo‘shinga boshchilik qilib, 

janub tomonga qarab kelayotgan Tefnaxtdan Misrni ozod qiluv-

chi deb ko‘rsatadi. Tefnaxt va Pianxi o‘rtasida bir necha janglar 

bo‘lib, so‘nggi jang Pianxi g‘alabasi bilan tugaydi. Pianxi o‘zini 

Misr fir’avni deb e’lon qiladi. Shunday qilib, mil.avv. 715-yilda 

Misr Kush tomonidan to‘la bosib olinadi. 715-yildan 664-yil-

gacha Misr Kush fir’avnlari tomonidan boshqarilgan. Efiopiya 

sulolasi poytaxt qilib Memfis shahrini tanlaydi. Pianxi o‘limidan 

so‘ng uning o‘g‘li Shabaka Misr taxtiga chiqib, 15 yil hukm-

ronlik qildi. Manefon asarida saqlanib qolgan rivoyatga ko‘ra, 

u Quyi Misr fir’avni Bokxorisni asirga olib, uni tiriklayin o‘tda 

kuydiradi. Shundan so‘ng Misr nisbatan tinchlikka ega bo‘ladi. 

Shabaka davrida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, ichki va 

tashqi  savdo  biroz  jonlandi.  Efiopiya  sulolasi  davrida  Misrda 

ichki ahvol biroz yaxshilandi. 

Taxarka foydali ish qilganini ta’kidlab, bu mamlakat «Butun 

borliq hukmdori» zamonida hamma narsa mo‘l-ko‘l bo‘lganligi 

kabi, mening vaqtimda ham farovon hayot bo‘ladi deb g‘urur 

bilan aytgan. Ammo tobora qudrati oshib borayotgan Osu riya 

Misrga qo‘shni hududlarni bo‘ysundirib, Misr chegaralariga  

yaqin kelib qolgan edi. Pianxining taxt vorislaridan biri Taxar-

ka Misrni Osuriyadan himoya qilishga majbur bo‘lgan. Biroq 

Taxar ka osuriyaliklarning Misrga bostirib kelishini to‘xtata ol-

magan. Asarxaddon Arabiston ustidan o‘z hokimiyatini mus-

tahkamlagandan so‘ng, Misrni bosib olgan va Taxarka to‘plagan 

Misr-efiop qo‘shinlariga bir necha marta zarba beradi (mil.avv. 

671-yilda) va Misrni istilo qiladi. Taxarka esa qochib ketish-

ga majbur bo‘lgan. Asarxaddon o‘z yozuvlarida ulug‘ Misr pod-

sholigining  eng  qadimgi  poytaxti  Memfis  shahrini  yarim  kun 

ichida bosib olib, uni xarobazorga aylantirib, Misrdan efiopiya-

liklarning ildizini sug‘urib tashlaganini ta’riflagan. Misrni to‘la 

bo‘ysundirish uchun osuriyaliklar bir qancha qiyinchilikka 

duch kelganlar. Mil.avv. 663-yilda osurlar bilan Taxarkaning 

vorisi Tanutamon qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Bu jangda 

efiopiyaliklar yengilgan va XXIV efiop sulolasi tugatilgan. Os-



59

uriyaliklar Misrda o‘z hukmronliklarini mustahkamlash uchun 

mamlakatni 20 nomga bo‘lib boshqaradilar. Efiop sulolasi osur-

larga qarshi kurashni davom ettiradi. Har bir nom Osuriyaning 

Misrdagi noibiga so‘zsiz itoat qiladi. Bosqinchilar mamlakatni 

birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini yuritadilar. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish