Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

7. Me’morchilik. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina juda 

katta miqdorda moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ldi. Mil.avv. 

449–444-yillarda  Afinaning  xalq  yig‘inlari  va  bozor  maydoni 

Ago rada olov va temirchilik xudosi Gefestga bag‘ishlangan ibo-

datxona qurilib, ibodatxona ichida Gefestning bronza haykali 

qo‘yilgan. 

Ayniqsa, Afina Akropolida Perikl davrida Afinada yigirma yil 

ichida ulug‘vor inshootlar barpo qilindi. Akropoldagi Parfenon 

ibodatxonasi, Propiley (Akropolga kirishdagi marmar darvo-

za),  G‘olib  Afina  ibodatxonasi,  Parfenon  qarshisida  mil.avv. 

421–406-yillarda me’mor Filokl bunyod qilgan, mahalliy ilohlar-

ga  bag‘ishlangan  Erexteyon  ibodatxonasi  Afinaning  mashhur 

inshootlari bo‘ldi. Ioniy, korinf va doriy uslublarida qurilgan 

bu inshootlar me’morchilik san’atining ajoyib namunalari 

bo‘ldi. Parfenonning quruvchilari Iktin va Kallikrat nafislik va 

ulug‘vorlikni uyg‘unlashtirishga erishdilar. Akropol darvozala-

rini qurishda me’mor Mnesikl (mil.avv. 438–432-yillar) ioniy va 

doriy ustunlarini yonma-yon qo‘lladi. Ibodatxonaning janubi-

da ustun qizlarning figuralari (Kariatid) bilan almashtirildi. At-



406

tikaning Pentelikoni konlarida marmar qazib olish boshlandi 

va bu me’morchilik san’atining ravnaqiga yo‘l ochdi. Mil.avv. 

V asrning ikkinchi yarmida Afinadan tashqari Yunonistonning 

boshqa viloyatlarida, Janubiy Italiya va Sitsiliyada (Agrigentda-

gi Zevs ibodatxonasi, Pestdagi olti ustunlik Poseydon ibodatxo-

nasi) me’morchilik inshootlari barpo qilindi.

Dastlab shaharlar rejasiz qurilgan. Faqat mil.avv. V asrdan 

shaharlar rejali asosda qurila boshladi. Miletlik Gippodam sha-

har qurilishining rejali tizimini yaratdi. U Miletni qayta tikladi. 

Afinada  Pirey  portini,  o‘zi  asoschisi  bo‘lgan  janubiy  Italiyada 

Furiya koloniyasini qurdi. Har bir shaharda akropol (mustah-

kamlangan qal’a), markaziy maydon, hunarmandchilik ma-

hallalari va minorali mudofaa devorlari bunyod qilindi. Teatr 

va odeonlar (musiqali chiqishlar uchun yopiq inshoot), stadi-

on va ippodrom, gimnasiy va palestrlar (sport mashqlari o‘tka-

ziladigan inshoot), pritaniya va bulevteriylar (ma’muriy bino) 

qurila boshlandi. Me’morchilik san’atida yangi bosqich bosh-

landi. Hashamat, ulug‘vorlik, yengillik va dekorativ nafislikka 

intilish sezildi. Yunon badiiy an’analari Sharq an’analari bilan 

qo‘shilib ketdi. An’anaviy doriy va ioniy uslublari bilan keyin-

chalik paydo bo‘lgan korinf uslubi ko‘proq qo‘llanila boshlandi. 

Kichik Osiyoda Ahmoniylarning Kariy viloyati satrapi Mavsol 

sharafiga Galikarnas shahrida qurilgan maqbara ulkan yodgor-

lik hisoblanadi. Mavzoley so‘zi shundan kelib chiqqan. Galikar-

nas mavzoleyida uch uslub o‘z aksini topdi. Mavzoleyni me’mor 

Satir va Pifiylar bunyod qildi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish