UZOQ SHARQ VA JANUBIY-SHARQIY
OSIYO MAMLAKATLARI
1. Koreya yarim orolining qadimgi davlatlari. 2. Qadimgi
yapon davlatlari. 3. Qadimda Janubiy-Sharqiy Osiyo mam-
lakatlari. 4. Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo‘shnilari.
5. Mon-Kxmer davlatlari. 6. Indoneziya xalqlarining qadim-
gi davlatlari. 7. Qadimgi Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyati.
1. Koreya yarim orolining qadimgi davlatlari. Qadimgi
koreyslar mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Koreya yarim oro-
li, Janubiy Manjuriya va Lyaodun yarim orolida yashaganlar.
O‘rmon va vodiylarda o‘troq aholi, tog‘larda ovchilar yashagan.
Mil.avv. VII asrda koreyslar jez qurollarini yasay boshlaydilar.
Shimolda tariq, arpa, janubda sholi ekila boshlanadi. Era-
mizgacha bo‘lgan I asrda temir qurollar tarqala boshlaydi. Ilk
Koreya davlati Choson mil.avv. III asrda rivojlangan dehqon-
chilik va urug‘chilik munosabatlarini yemirilish jarayoni nati-
jasida paydo bo‘ldi. Choson davlati hududi Shimoliy Koreya va
Lyaodun yarim orolini egalladi.
Mil.avv. I asrga qadar shimoliy-g‘arbda qabilalar birlashuvi
natijasida Koreya yarim oroli shimoli va Manjuriya janubini o‘z
ichiga olgan Kogure davlati, janubda xan qabilalari birlashuvi
bilan Silla va Pekche davlatlari paydo bo‘lgan. Bularning ichida
eng kuchlisi Kogure bo‘lib, u Xan davlati (Xitoy)dan to‘la mus-
taqillikka erishadi.
Qadimgi koreys jamiyati: hukmron tabaqa, zodagonlar, erkin
aholi va qullardan iborat edi. Davlatga qaram, shaxsan ozod,
ammo iqtisodiy qaram bo‘lgan «pastki hovlilar» eng ko‘p sonli
mayda ishlab chiqaruvchilarni tashkil qilgan. Qullar yordam-
chi ishlarni bajargan. Qullar Xitoyga sotilgani to‘g‘risida ma’lu-
motlar mavjud.
Milodiy I–II asrda Kogure davlatida to‘laqonli mustabid siyo-
siy tuzum hukmron bo‘lgan. Hukmdor hokimiyati darajalarga
(rang) bo‘lingan harbiy xizmat aslzodalariga tayangan. Hukm-
ron qatlamning harbiy xususiyati Xan davlati bilan urush va
uch koreys davlatining yetakchilik uchun o‘zaro urushlari bi-
lan belgilangan.
302
Kogure davlatida hukmron sinflarning manfaatini himoya
qiladigan qonunlar chiqarilgan. Xususiy mulkka daxl qilishga
qarshi juda ko‘p jazolar belgilangan. Milodiy I–III asrlarda Ko-
reya yarim orolida eng kuchli davlat Kogure bo‘lgan. IV asrda
esa yarim orolning janubiy-g‘arbida uzoq urushlardan so‘ng
Pekche davlati yetakchi o‘ringa chiqadi. Yarim orolning janu-
biy-sharqiy qismida Silla davlati mustahkamlanadi. Tashqi si-
yosatda Koreya davlatlarining asosiy vazifasi kuchli raqib – Xi-
toyning tazyiqiga qarshi kurash bo‘lgan. Bu urushlarning aso-
siy og‘irligi Kogure davlati zimmasiga tushgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |