2. Qadimgi yapon davlatlari. Qadimgi yapon madaniyati
o‘ziga xosligi, an’analarga sodiqligi va sirli ekanligi bilan juda
qiziqarlidir. Qadimgi yaponlar o‘ziga xos san’at, adabiyot va dun-
yoqarashni har xil va turli xil bosqichlardagi unsurlar asosida
yaratdilar. Bu madaniyat barcha zamon va makonda o‘z qudra-
ti va jozibasini yo‘qotmay keldi. Orollarda shakllangan yapon
sivilizatsiyasi turli davrlarda bu yerga ko‘chib kelgan, qit’adan
ajralgan holda mahalliy iqlimga moslashgan turli etnos larning
qo‘shilib ketishi oqibatida vujudga keldi.
Yaponiyaning eng qa-
dimgi aholisi ehtimol protoyapon qabilalari hamda kelib chiq-
ishi malay-polinez qabilalari bo‘lgan. Yaponiya orollarida mil.
avv. III ming yillikda qadimgi neolit madaniyati tarqalgan. Ya-
poniya orollarda joylashgan bo‘lsa-da, qadimgi Sharqiy Osiyo
bilan yaqin aloqada bo‘lgan.
Mil.avv. I ming yillikning ikkinchi yarmida yapon orollariga
Koreya yarim oroli orqali qabilalar migratsiyasi boshlangan. Bu
qabilalar Kyusyu orolining shimoli, Xonsyu orolining janubida
ko‘pgina qabrlar qoldirganlar. Migrantlar o‘zlari bilan jez qu-
rollari, ot va sigirlarni olib keldilar. Eng muhimi, sug‘orma sho-
likorlik texnikasi bilan kirib keldilar. Yaponiyada dehqonchilik
so‘nggi neolit davridan ma’lum bo‘lib, u asosan tariq, grechixa
va bir qism quruq sholikorlik bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan
xo‘jalik faoliyatidan iborat bo‘lgan. Aholi qirg‘oqbo‘yi baliqchili-
gi, terimchilik va ov bilan shug‘ullangan. Sug‘orma sholikorlik-
ning tarqalishi yangi xo‘jalik madaniyatining shakllanishiga
olib keldi.
Misrda metall asri mil.avv. IV ming yillikda boshlandi. Qo‘shni
Xitoydan Yaponiyaga jez qurollar mil.avv. XIII asrda tarqaldi.
Mil.avv. III asrda Chjou va Xan davlatlarida temir qurollardan
foydalanildi. O‘rta Osiyoda temir davri mil.avv. IX–VIII asrlarda
boshlandi. Ular bilan taqqoslaganda, Yaponiya neolit davriga
303
kech o‘tdi. Yaponiyada jez va temir qurollar bir vaqtning o‘zida
mavjud edi. Xitoydagi Xan sulolasi davrida temir qurollar Xitoy
orqali Yapon orollariga ham yetib keldi. Yaponiya Xan madani-
yati orqali tosh asridan birdaniga temir asriga o‘tdi.
Yapon tarixshunosligida olti asr (mil.avv. III asrdan milodiy
III asr gacha) «Yayoy» davri (ilk bor Tokiodagi bu madaniyat-
ning qoldiqlari topilgan joy nomi bo‘yicha) deb ataladi. Yayoy
madaniyati hayotining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan
barqaror jamoaning shakllanishi bilan ajralib turadi. Jezdan
diniy marosim buyumlari bo‘lgan oynalar, qilichlar, qo‘ng‘iroq lar
va temirdan mehnat qurollari tayyorlangan. Yayoy keramikasi
paydo bo‘lib, u boshqa keramika madaniyatlaridan farq qilgan.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Yaponiyadagi barcha qabilalar
urug‘-jamoa tuzumida yashaganlar. Bu davrda sug‘orma sho-
likorlik va metallga ishlov berish boshlandi.
Mil.avv. III asr oxirida tuzilgan «Vey Chji» asarida sholi
ekishga o‘tish jarayoni turli hududlarda uzluksiz yuz bergani
to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Sug‘orma dehqonchilikning
paydo bo‘lishi urug‘-jamoachilikni yemirilishi, mulkiy ta-
baqalanishga olib keldi. «Vey Chji» asarining muallifi Yaponi-
yada «ekinlardan sholi, kanop, tut daraxtlari o‘stiriladi», «Iki,
Susima orollarining aholisi janubga boradilar» deb ma’lu-
mot beradi. Bu manba Yaponiyada odamlarning o‘z badani-
ni bo‘yash (tatuirovka qilish) an’anasi keng tarqalganini
baliqchilik kasbi bilan bog‘laydi: «Ular suvda baliq tutadilar,
chig‘anoqlarni teradilar va katta baliq, qushlarni qo‘rqitish
uchun tatuirovka qiladilar». Mil.avv. I asrlarda jez qurollar
tarqalgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida asosan mehnat qurol-
lari yog‘och va toshdan qilingan. Yer motiga bilan ishlanib,
hosil yarim oy shaklidagi tosh o‘roqlar bilan o‘rilgan. Pro-
toyapon qabilalarining xo‘jaligi va moddiy madaniyatiga oid
arxeologik ma’lumotlar bilan birga, qadimgi Xitoy yilnoma-
lari ham qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Yaponiyada jez davri ko‘p sonli protodavlat birlashmalari
tashkil topgan vaqt bo‘lib, ulardan eng kichiklari faqat bir necha
ming «hovli»dan iborat bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda, ularning
birlashuv jarayoni boradi. Agar mil.avv. I asrda davlatchalar
soni yuzdan ortiq bo‘lsa, milodiy III asrda «Vey Chji» manba-
si faqat ulardan 30 tasini eslatadi. Bu «davlatlar» hokimiyat
uchun kurashda Xan imperiyasini qo‘llab-quvvatlashiga umid
qilib, u bilan aloqa o‘rnatganlar. Qadimgi Xitoy xronikalari mil.
304
avv. I asrda «Va odamlari» Koreya yarim orolidagi Xan okrugi
amaldorlariga sovg‘alar bilan kelganligi to‘g‘risida ma’lumot be-
radi. Keyinchalik Yaponiyadan Xan saroyiga elchilar kela bosh-
laydi. Mil.avv. 56-yilda Loyandagi imrerator Guan U-di saro-
yida shunday elchilardan biri qabul qilinib, unga muhr taqdim
qiladilar. Muhrda «Xanga bo‘ysunuvchi Va davlati hokimi»
yozuvi bitilgan. Bu qadimgi Xitoyning Xan tipidagi muhridir.
Yaponiyada davlatchilikning shakllanishi milodiy III–IV asr-
lar bilan belgilanadi. Bu davrda Yapon orollarida bir necha kat-
ta-kichik davlatlar tashkil topdi. Bu vaqtda Janubiy Kyusyu
orolidagi qabilalar ittifoqi Markaziy Yaponiyaga istilochilik
yurish larini boshladilar. Bu yurishlar natijasida Yamato dav-
lati shakllandi va u yetakchilik rolini o‘ynashga harakat qildi.
Xonsyu oroli va uning atrofida Yamato davlatining to‘la hukm-
ronligi o‘rnatildi. Yamato malikasi 238-yilda Shimoliy Xitoyda-
gi Vey imperiyasi bilan aloqa o‘rnatdi va yuborilgan sovg‘alar
uchun «Veyga do‘st Va malikasi» deb yozilgan oltin muhrini
oldi. Yamato davlatida ma’muriy tizim shakllangan bo‘lib, aso-
siy hududiy birlik provinsiya bo‘lgan. Manbada «Har bir provin-
siyada bozor bo‘lib, u yerda hukumat amaldori nazorati ostida
savdo qilinadi» deyiladi. Yamato hududida yagona soliq tizimi
joriy qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Yamatoning
boshqa yapon davlatlari o‘rtasida alohida o‘rin tutgani to‘g‘risi-
da ma’lumotlar bor. Yamato hukmdorining kelib chiqishi ilohiy-
lashtirilgan. U Quyosh ma’budasi Amaterasu avlodi hisoblan-
gan. Uning hokimiyatini muqaddas ramzi qilich, yashma bezagi
va jez oyna bo‘lgan.
Qadimgi Xitoy manbalarida ko‘rsatilgan mahalliy aholi ki-
yimlarini o‘ziga xos xususiyatlari, uy-joylar qurilishidagi jihoz-
lar, qoziqlar ustidagi uylarning tasvirlari bu davr protoyapon
qabilalari madaniyatining janubdan kelib chiqqani belgilarini
ko‘rinadi. Mil.avv. I ming yillikning so‘nggi asrlarida Yaponiya
hududida turli xil madaniy ekinlardan, dehqonchilik unsurlari-
dan asta-sekin so‘nggi davr yaponlariga tegishli o‘ziga xos xo‘ja-
lik ko‘rinishi shakllanadi.
Xitoy tilidagi yodgorliklar protoyaponlarni «Va odamlari» deb
ataydi. Manbada ularning ijtimoiy tuzumida tabaqalanishning
chuqurlashgani ko‘rinadi: «Xalq ichida tengsizlik mavjud. Bir
kishi ikkinchisiga bo‘ysunadi». Manbalarga ko‘ra, jamiyatda zo-
dagonlar, oddiy aholi va qullar mavjud bo‘lgan. Qulchilik man-
balaridan biri jamoada qarindoshlarni qul qilish bo‘lgan.
305
Yaponiyaning qadimgi tarixini arxeologik davrlashtirishda
IV–VII asrlar «qo‘rg‘onlar davri» («Kofun driday») deb ataladi. Bu
ilgari Yaponiya uchun noma’lum bo‘lib, III asr oxiridan hudud-
da paydo bo‘lgan dafn qilishning o‘ziga xos qabr-qo‘rg‘onlari bi-
lan bog‘liq. Yaponiyadan o‘n mingga yaqin shunday qo‘rg‘onlar
topilgan.
«Qo‘rg‘onlar davri»da Yaponiya hududida jez mehnat qurol-
lari bilan bir vaqtda, temir qilich va temirdan yasalgan mehnat
qurollari keng tarqaladi. Shu bilan birga, IV–VIII asrlar madani-
yatini o‘tgan davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir
xususiyat mavjud. Bu davrda chavandozlik, otda yurish san’ati
bilan bog‘liq o‘ziga xos an’analar yapon orollariga kirib keladi.
Bu davrga oid Yapon orollaridagi arxeologik topilmalar – uzangi,
egar va boshqa ot anjomlari Koreya va Shimoliy Xitoydan topil-
gan buyumlarga o‘xshaydi. Jilovlangan ot zodagonning faxr-if-
tixori bo‘lgan. Jilovlangan ot kichik hajmda, juda tabiiy ko‘ri-
nishda mayda loy haykalchalarda ifodalangan. Odatda, qabrga
qo‘yilgan bu haykalchalar «xaniva» deb atalgan. Qabr-qo‘rg‘on-
lardan topilgan dafn marosimi buyumlari namunalari orasida
uylar, ibodatxona, ko‘zalar, qurollar, qushlar, kohinlar, askar-
lar tasvirlari bor. Bu tasvirlar bo‘yicha qadimgi yaponlarning
moddiy-ma’naviy hayotining o‘ziga xos xususiyatlari qayta
tiklandi. Yapon tarixchilarining fikriga ko‘ra, «qo‘rg‘onlar davri-
da» Yaponiyaga Markaziy Osiyodan ko‘chmanchi qabilalar kirib
keladilar va ular davlatlarni barpo etadilar.
Yaponiyada qo‘rg‘onlarning qurilishi ajdodlar ruhiga, qu-
yoshga sig‘inish bilan bog‘langan. Ajdodlar ruhiga sig‘inish
davlat hokimiyati darajasida, hukmron urug‘ning asoschi-
si Quyosh ma’budasi Amaterasuga sig‘inishda o‘z ifodasi-
ni topdi. Ilk sintoizm xudolar panteoniga – urug‘ ajdodlari
ruhlari, ilohlari kirgan. Bundan tashqari, joylarda ko‘p sonli
landshaft ilohlariga ham si’g‘inilgan. Qadimgi yapon rivoya-
tiga ko‘ra, dunyo qorong‘ilik qa’riga cho‘kkanda, Amaterasu
samoviy g‘orga yashirinadi va xudolar uni sehr usullari yor-
damida boshpanasidan chiqarib olmaguncha, g‘orda o‘tiradi.
Tarixiy va yarim afsonaviy voqealar qayta ishlanib, «Kodziki»
va «Nixon syoki» nomli to‘plamlarga kiritildi. Bu to‘plamlar
sinto mifologiyasi asosida umumdavlat mafkurasini yara-
tishda muhim bosqich bo‘ldi va Yaponiyaning keyingi rivoj-
lanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Birinchi bor jamiyat-
ning turli sohalarini qamrab oladigan qonunchilik «Tayxoryo»
306
shakllandi. Jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lgan yerning yago-
na egasi davlat edi.
Yapon diniy e’tiqodi uzoq vaqt mobaynida shakllandi. Ibti-
doiy jamoa davrida ilk diniy tasavvurlar animizm, fetishizm
va magiya mavjud edi. Yaponiyada magiya ilk ibtidoiy e’tiqod
shakli bo‘lgan. Odamlar jamoa bo‘lib, turli xil magiya-sehrgar-
lik marosimlarini bajarganlar. Bir manbada shunday ma’lu-
mot keltiriladi: Yamato Ximeko davlati malikasiga «yovuz ruh
joylashdi va u xalqni zaharladi». Bu dalil ilk davlatlar paydo
bo‘lganda, ularning hokimlari magiya marosimlarida shomon
vazifasini bajarganlarini ko‘rsatadi. Davlat boshlig‘i ham bosh-
da turli magiya sehrgarlik marosimlaridagi ijro asosida urug‘
jamoa yengilishida saylangan.
Kyusyu orolining shimolida ulkan jez qilich, nayza, jez
qo‘ng‘iroqlar topilgan. Ulardan amalda na qurol, na musiqa as-
bobi sifatida foydalanib bo‘ladi. Eh’timol ulardan urug‘ jamoa-
lari magiya marosimlarini o‘tkazishda foydalanganlar. Dehqon-
chilik jamoalarida turli xil sehrgarlik marosimlari yerga ishlov
berish oldidan va hosilni yig‘ish paytida o‘tkazilgan.
Hozirgi yapon milliy dini sinto (yapon tilida «xudolar yo‘li»)
asl diniy tasavvurlar va Xitoydagi konfutsiylik va mistik ta’limot
daosizm ta’siri ostida shakllandi. V asr o‘rtalarida yunon
hukm dorlari davlat barqarorligini ta’minlash va mafkuraviy
tarqoqlik
ni rag‘batlantiradigan sintoning urug‘ va hududlar
e’tiqodlari kuchini sindirish uchun rivojlangan jamiyat e’tiqodi
bo‘lgan buddaviylikni qabul qildilar. Buddaviylik dini ehtiyoj-
lariga xizmat qiladigan ibodatxonalar qurildi. Budda va bodxu-
satvalarning haykal tasvirlari va boshqa diniy buyumlar yasala
boshlandi. Sintoizm bu vaqtda diniy marosimlar o‘tkaziladigan
inshootlar qurilishi an’analariga ega emas edi. Ilk yapon bud-
da ibodatxonalari janubdan shimolga yo‘naltirilib, Xitoy va Ko-
reya an’analari bo‘yicha qurilgan. Lekin inshootlarning seys-
mologik chidamiga etibor berilgan. Bu hol qurilishda mahalliy
an’analar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Yapon budda ibodat-
xonasida toat-ibodat qiladigan xona bo‘lmagan. Ibodatxona xo-
nalari muqaddas buyumlar saqlanadigan joy vazifasini o‘tagan.
Nara shahri yaqinidagi ilk budda ibodatxonalaridan biri bo‘lgan
Xaryudzi ibodatxonasi hozirgacha asl holida saqlanib qolgan.
Yamato hukmdori Syotoku-taysi VII asr boshlarida davlat ap-
parati va boshqaruv tizimining asosiy shakllarini vujudga kel-
tiradi. U 603-yilda zodagonlik darajasining (rang) yangi tizimini
307
kiritadi. 604-yilda esa davlatning mafkuraviy asosi qilib, kon-
futsiylik belgilanadi. Hukmron Syotoku-taysi Konfutsiy ta’limo-
tiga ko‘ra, barcha fuqarolar hukmdorga bo‘ysunishlari lozimligi
to‘g‘risidagi qonunni e’lon qiladi. 607-yilda Syotoku-taysi Xitoy-
ga elchi bilan maktub jo‘natadi. Maktubda shunday yozilgan:
«Quyosh chiqadigan osmon mamlakati o‘g‘li quyosh botadigan
mamlakat o‘g‘liga murojaat qiladi». VII asr oxiridan boshlab,
Yapon davlati eski Yamato nomi o‘rniga Nippon deb atala bosh-
lanadi. Hozirgi «Yaponiya» so‘zi shundan kelib chiqqan.
Shaharsozlikning rivojlanganligini 710-yilda qurilishi tugal-
langan doimiy poytaxt Nara shahrida ko‘rish mumkin. Shahar
reja asosida janubdan shimolga 9 ko‘chaga, g‘arbdan sharqqa
8 ko‘chaga bo‘lingan. 72 hududga bo‘lingan shaharda 200 ming
kishi yashashi mumkin edi. Savdo-hunarmandchilikning rivoj-
lanishi bilan Yaponiya VIII asrdan o‘z tanga pulini zarb qila
boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |