Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Tarixnavislik. Qadimgi Hindiston tarixi bo‘yicha o‘rta asr-

lardan boshlab tarixiy asarlar yozila boshlandi. O‘rta Osiyo va 

arab olimlari bu o‘lka tarixi, tili, e’tiqodi, urf-odat va an’analari 

to‘g‘risida asarlar yaratdilar. Mashhur qomusiy olim Abu Ray-

hon Beruniy (973–1048-yillar) Hindistonda bir necha yil yashay-

di. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» 

asarlarida qadimgi hind tarixi va madaniyati to‘g‘risida qimmat-

li ma’lumotlar beriladi. Yangi davrdan boshlab Yevropa olimlari 

Hindistonga qiziqa boshladilar. Dastlab qadimgi hind tili, ad-

abiyotini o‘rganish boshlandi (Gamilton, Rozen, Lassen, Rot, 

Myuller va boshqalar). XVIII asr oxi rida sanskrit adabiyotining 

yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali» dra-

masi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilinadi. 

Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining 

ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida sanskrit tilining 

qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazari-

yasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o‘rtalarida va ikkinchi yarmi-

da hind adabiyotining yodgorliklari, asosan vedalarni tarjima 

qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, 50 tomli «Sharqning muqaddas kitoblari»  (Oksford 




247

universitetida Maks Myuller asos solgan), ko‘p tomli sanskrit 

lug‘atlari paydo bo‘ldi. XIX asrning oxirida T. Ris, Devids pali 

tilidagi matnlarni o‘rganish va chop etish jamiyatini tashkil et-

dilar. 

XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda ar-

xeologik qazishmalar boshlanadi. Hindistonning ilk arxeologik 

xaritasini olim A. Kanningem tuzadi. XX asrning 20-30-yilla-

rida Janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi ochildi. 

Tizimli arxeologik qazishmalar natijasida XX asr boshlaridan 

arxeolog Marshall Taksila shahri xarobalarini ochdi. Xarappa 

va Moxenjo-Daro shaharlaridan boy topilmalardan – eng qa-

dimgi yozuv namunalari topildi (Banerji, Marshall, Makkey va 

boshqalar). XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy kon-

sepsiyasida yevrosentrizm an’anasi kuchli edi. Qadimgi hind 

jamiyati turg‘un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind dav-

lati teokratik va despotik, tafakkur chalg‘itilgan va faqat diniy 

deb asoslashga harakat qilindi. Hindistonga makedoniyalik 

 

Aleksandr yurishining siyosiy ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatiladi. 



Hind madaniyatining muhim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, 

teatr) yunonlardan o‘zlashtirilgan deb uqtirildi. 

Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligi-

ning juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizli-

gini ko‘rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko‘p hol-

larda yetarlicha tanqidiy tahlil etilmadi. Qadimgi tarix ma’lum 

darajada modernizatsiya qilindi. Shunga qaramasdan, qadim-

gi hind tarixi va madaniyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tad-

qiqotlarda qadimgi hind sivilizatsiyasining mustaqil rivojlanib, 

noyob bir madaniyat sifatida mukammal shakllanganligi o‘z 

isbotini topdi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish