Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

7. Qo‘shin. Ahmoniylar davlatining asosiy kuchi, uning yax-

shi tashkil qilingan harbiy qo‘shini edi. Yaxshi tashkil qilingan 

harbiy tashkilot Ahmoniylar davlatining 200-yildan ko‘proq 

davom etgan davlati xavfsizligini ta’minladi.



 Fors qo‘shini asosan 

quyidagi qismlardan tashkil topgan: suvoriylar, jang aravalari, 

piyodalar,  harbiy  flot  kirgan.  Bundan  tashqari,  ayg‘oqchilar, 

xabarchilar va boshqa yordamchi qismlar bo‘lgan. Janglarda 

tuyalar,  jangovar  fillardan  ham  foydalanilgan.  Davlat  hudu-

di 4 dan 7 tagacha harbiy okruglarga bo‘lingan. Okruglarda 

muntazam qo‘shinlar doimiy joylashtirilgan.

  Fors podsholigi 

qudratining asosini fors va midiyaliklar tashkil qilgan jango-

var qo‘shin belgilagan. Qo‘shinning jangovar qobiliyatini tashkil 

qilishda fors va midiyaliklardan tashqari, O‘rta Osiyoning sak 

qabilalari, baqtriyaliklar muhim o‘rin tutganlar. Saklar asosan 

imtiyozli otliq qo‘shinlarda xizmat qilganlar. Otliq kamonchi 

saklar asosan o‘q-yoy bilan qurollanib, yugurib ketayotgan ot 

ustidan bexa to nishonga tekkizganlar. Harbiy qal’a, garnizon, 

tayanch nuqtalarda, odatda, oliy harbiy mansabni forslar egal-

laganlar. Qo‘shin otliq va piyoda qismlardan tashkil topgan. 

Otliq qismlar, zodagonlar, piyodalar dehqonlardan olingan. Bu 

ikkala qismlarning uyg‘un harakati urushlarda g‘alabani qo‘lga 

kiritishga sabab bo‘lgan. Piyoda qo‘shinning asosiy quroli ka-

mon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki 

temir nayza bo‘lgan. Qo‘shinning eng ilg‘or askarlarini birinchi 

ikki mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo‘lib, 

ikki ming piyoda nayzabador podshoning shaxsiy qo‘riqchilari 

hisoblanganlar. Qolgan o‘n ming piyoda askar turli fors, elam 

qabilalardan to‘ldirilgan. 

Bosib olingan mamlakatlarda isyonlar, qaram aholining 

qo‘zg‘olonlarini bostirish maqsadida qo‘shinlar joylashtiril-

gan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo‘shin turgan. Dav-

lat chegaralarida harbiylarga yer berilib, harbiy garnizonlar 

joylashtirilgan. Bevosita xiz matda bo‘lgan harbiylar har oyda 

mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqqan askar oilasi 

bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko‘rgan, savdo va turli 

hunarlar bilan shug‘ullangan.

Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq 

ma’lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. 

Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o‘ynay bosh-

laydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr 

floti  yordamida  olib  borilgan.  Matros  sifatida  saklar,  forslar 




229

xizmat  qilganlar.  Ko‘pincha  flotda  rahbarlik  vazifalariga  mis-

rliklar ta yinlangan. Mil.avv. V asrdan boshlab Fors o‘lkasida 

dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi. Dehqonlar harbiy 

xizmatdan bosh torta boshladilar. Bu, o‘z navbatida, fors piyo-

da qo‘shinlarining jangovar qobiliyati pasayishiga olib keldi. 

Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlar bi-

lan almashtirila boshlandi.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish