Chiziqli tezlik va burchak tezlik
Aylanma harakatda jismning aylanish o‘qidan
turli uzoqlikdagi nuqtalari ma’lum Δt vaqt da
vomida turli uzunlikdagi Δ˘s yoylarni bosib o‘ta
di. 46-rasmdan ma’lum Δt vaqt ichida jismning A
nuqtasi Δ˘s yoyni, A
1
nuqtasi Δ˘s
1
ni, A
2
nuqtasi esa
Δ˘s
2
yoyni bosib o‘tishi ko‘rinadi. Bu nuqtalarning
vaqt birligida bosib o‘tgan masofalari, ya’ni
tezliklari har xildir.
υ =
Δ˘s .
∆t
Aylanma harakat qilayotgan moddiy nuqtaning vaqt birligi
ichida yoy bo‘ylab bosib o‘tgan yo‘liga son jihatdan teng bo‘lgan
kattalikka chiziqli tezlik deyiladi.
Jism R radiusli aylana bo‘ylab tekis harakat
qilayotgan bo‘lsin (47-rasm). Agar jism biror Δt
vaqt ichida A nuqtadan B nuqtaga ko‘chsa, aylana
markazidan shu A nuqtaga o‘tkazilgan R radius Δφ
burchakka buriladi. Bu burchak burilish burchagi
deyiladi. Aylanayotgan nuqtaning aylana markazidan
uzoqyaqinligidan qat’i nazar burilish burchagi bir
xil bo‘ladi. Burilish burchagi radian (rad) yoki
gradus (°) birliklarida o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |