19
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Masalan, jism
s = 5 m masofaga ko‘chdi, deyish
yetarli emas. Bunda ko‘chishning yo‘na lishi ham
ma’lum bo‘lishi kerak. Shunda jism qaysi tomonga
va qayerga ko‘chganligi haqida to‘liq tasavvurga
ega bo‘lamiz.
Stol ustida turgan aravachaga ma’lum bir kuch
ta’sir etmoqda, deyish yetarli emas. Bu kuch
jismga chapdan o‘ngga yo‘nalishda ta’sir etganda,
aravacha o‘ngga, o‘ngdan chapga yo‘ na lishda ta’sir
etganda esa chapga tomon harakatlanadi (14-rasm).
Agar kuch aravachaga tepadan pastga ta’sir etsa,
aravacha harakat qilmaydi.
Kuch, tezlik, ko‘chish kabi fizik kattaliklar vektor kattaliklardir. Bu
kattaliklarni o‘rganishda son qiymatidan tashqari ularning yo‘nalishini ham
bilish muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: