I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/212
Sana29.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#84192
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   212
Bog'liq
fizika 7 uzb

IV BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
1. Massasi 2 kg bo‘lgan jism yerga erkin tushmoqda. Jismga ta’sir etayotgan 
kuchni toping. g = 10 m/s
2
 deb oling.
2. Massasi 200 g bo‘lgan aravacha 0,5 m/s
2
 tezlanish bilan harakatlanishi 
uchun unga qanday kattalikda o‘zgarmas kuch bilan ta’sir etish kerak?
3. Temir yo‘lda turgan vagonni 2 kN kuch bilan itarganda, u 0,1 m/s
2
 tezlanish 
bilan harakatlana boshladi. Vagon massasini toping.
4. Tinch holatda turgan 0,5 kg massali jism o‘zgarmas kuch ta’sirida 
harakatlanib, 5 s da 20 m yurdi. Jismga ta’sir etayotgan kuch kattaligini toping.
5. Tekis gorizontal sirtda 100 g massali po‘lat sharcha turibdi. Agar sharcha 
gorizontal holatda 50 mN kuch bilan turtib yuborilsa, u qanday tezlanish oladi? 
6. Tekis gorizontal sirtda turgan aravachaga 4 N o‘zgarmas kuch bilan ta’sir 
etilganda, u 2 m/s
2
 tezlanish oldi. Agar unga 6 N kuch bilan ta’sir etilsa, u qanday 
tezlanish oladi?
7. 6-masala sharti bo‘yicha har ikkala hol uchun aravachaning 1 s davomida 
olgan tezliklarini toping. 
8. Massasi 2 000 kg bo‘lgan avtomobil 0,8 m/s
2
 tezlanish bilan harakatlana 
boshladi. Motor avtomobilni qanday kuch bilan harakatga keltirmoqda? 
Ishqalanish kuchlari hisobga olinmasin. 
9. Bir-biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan 0,5 kg va 1,5 kg massali 
ikkita jism to‘qnashdi va ikkalasi ham to‘xtab qoldi. Agar to‘qnashgunga qadar 
birinchi jism 6 m/s tezlikda harakatlangan bo‘lsa, ikkinchi jism qanday tezlikda 
harakatlangan? 
10. Traktor tirkamani 10 kN kuch bilan tortganda, unga 0,5 m/s
2
 tezlanish 
beradi.  Tortish  kuchi  30  kN  bo‘lgan  boshqa  traktor  shu  tirkamaga  qanday 
tezlanish beradi? 
11. Massasi 80 t bo‘lgan reaktiv samolyot dvigatellarining tortish kuchi 
120 kN bo‘lsa, samolyot tezlik olishda qanday tezlanish bilan harakatlanadi? 


96
Dinamika asoslari
12. Massasi 0,4 kg bo‘lgan to‘pga 0,01 s davomida zarb berilganda, u 
20 m/s tezlik oldi. To‘p qanday kuch bilan tepilgan?
13.  25  sm  uzunlikdagi  ipga  bog‘langan  100  g  massali  sharcha  aylana 
bo‘ylab sekundiga 2 marta aylanmoqda. Sharchaga ta’sir etayotgan markazdan 
qochma kuchni va markazga intilma tezlanishni toping.
14. 13-masala shartidagi sharcha sekundiga 4 marta aylantirilsa, markazdan 
qochma kuch va markazga intilma tezlanish necha marta ortadi yoki kamayadi?
15. 1 m uzunlikdagi ipga bog‘langan jism har sekundda 1 marta aylanmoqda. 
Jismga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 10 N bo‘lishi uchun jismning 
massasi qancha bo‘lishi kerak?
16. Loyli yo‘lda botib qolgan avtomobil g‘ildiragidan 10 m/s tezlikda loy 
parchalari otilmoqda. Agar avtomobil g‘ildiragining diametri 1 m, otilayotgan 
loy parchalarining o‘rtacha massasi 5 g bo‘lsa, loy parchalari qanday kuch 
bilan otilmoqda? 
17. Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat 
tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan 
qochma  kuch  2,5  kN  bo‘lsa,  mototsikl  bilan  haydovchining  birgalikdagi 
massasi qancha bo‘ladi? Bunda mototsikl qanday markazga intilma tezlanish 
oladi? 
18. 2 N kuch ta’sirida 10 sm ga uzaygan rezinaning bikirligini toping. 
19. Prujinali taroziga 1 kg yuk osilganda uning prujinasi 8 sm ga uzaygan. 
Prujinaning bikirligini toping. Ushbu va keyingi tegishli mashqlarda g = 10 m/s
2
 
deb olinsin. 
20. Bikirligi 60 N/m bo‘lgan prujinaga yuk osilganda, u 5 sm ga uzaydi. 
Prujinaga osilgan yuk massasini toping. 
21.  Bikirligi  10  N/m  bo‘lgan  rezinaga  60  g  yuk  osilganda,  u  qanchaga 
uzayadi? 
22. Bir tomoni birlashtirilgan uzunliklari bir xil ikkita prujina bo‘sh 
uchlaridan  ushlab  tortildi.  Bunda  bikirligi  120  N/m  bo‘lgan  prujina  4  sm 
ga uzaydi. Ikkinchi prujina 3 sm ga uzaygan bo‘lsa, uning bikirligi qancha 
bo‘ladi? 
23. Massasi 1200 kg bo‘lgan avtomobilni 0,3 m/s
2
 tezlanish bilan shatakka 
olganda,  bikirligi  40  kN/m  bo‘lgan  trosning  qanchaga  cho‘zilishini  toping. 
Ishqalanish kuchini hisobga olmang.


97

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish