186
faoliyatning alohida iste‘molchilar guruhiga ixtisoslashuviga
sarflanayotgan
xarajatlar $73,43 mlrd AQSh dollaridan ortib ketdi. Bozorning asosiy segmenti
sifatida internet-blogging, SMS-reklama Internet reklama roliklari egallamoqda.
faoliyatning alohida iste‘molchilar guruhiga ixtisoslashuviga sarflanayotgan
xarajatlar marketing byudjetining 26,6%ga yetadi
104
.
12.2. Raqobatning bozor taxmonlari strategiyasi
Zamonaviy bozor munosabatlari va iqtisodiyotning
globallashuvi raqobat
kurishining yanada shiddatli tus olishini rag‘batlantiradi. Kompaniyalarning o‘z
faoliyatlarini iste‘molchilarning alohida turiga ixtisoslashtirishi raqobatning bozor
taxmonlari strategiyasiga asoslanishidan darak beradi. Bugungi kunda bozor
taxmonlari
strategiyasi
(profayling)
marketing
tadqiqotlarining
asosiy
yo‘nalishlaridan biri
sifatida bozorni segmentlash, iste‘molchilarning tor
segmentlariga ixtisoslashuvi va mukammal bozor nishalarini aniqlashni o‘z ichiga
oladi.
Bozorni segmentlash atamasi 1956 yilda U.Smit tomonidan kiritilgan bo‘lib,
―...bir jinsli bo‘lmagan bozorni turli iste‘molchilarning turli ehtiyojlarini
qondirishga ixtisoslashgan bir nechta bir jinsli mayda bozorlarga ajratish
amaliyoti‖
105
dir. Ushbu tarif bugungi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
bo‘lib, birinchidan bir jinsli bo‘lgan mayda bozor, ikkinchidan, iste‘molchilarning
ehtiyojlariga mos bo‘lgan tovar va xizmatlar taklif
qilinishi zamonaviy raqobat
strategiyalarida ham o‘z holicha qo‘llanib kelinmoqda.
Raqobatning bozor taxmonlari (segmentlash) strategiyasining nazariy va
metodologik asoslari M. Uyedel, V.Kamakura
106
ilmiy tadqiqotlarida bozorni
segmentlash va bozor segmentasiyasi tushunchalari
sinonim tarzda yoki ingliz
tilidan ―market segmentation‖ atamasining tarjimasi sifatida qo‘llanilishi ta‘kidlab
o‘tilgan.
F. Kotlerning fikricha bozor taxmoni yoki bozorni segmentlash – bu bozorni
aniq farqlanuvchi iste‘molchilar guruhiga ajratish bo‘lib, ular uchun alohida tovar
taklif qilinishi yoki marketing kompleksi qo‘llanilishi talab qilinadi
107
.
M.MakDonald bozorni segmentlash masalalari marketing rejasini tuzish
jarayoniga taalluqli ekanligini ta‘kidlagan holda ―...bozorni segmentlash raqobat
ustunligiga erishish vositasidir. ... bozor mijozlarga bir
turdagi imtiyozlarni taklif
qiluvchi tabiiy segmentlarga bo‘lib tashlanadi‖
108
. M. MakDonald shuningdek
segmentlarning yetarli darajada katta bo‘lishi, elementlar bir-biriga imkon qadar
104
О.И.Вапнярская. Ориентация на потребителя:эволюция в рамках маркетинговых концепций. ФГОУВПО
«Российский государственный университет сервиса», г. Москва.2011
https://cyberleninka.ru
105
Smith W. R. Product Differentiation and Market Segmentation as Alternative Marketing Strategies // Journal of
marketing. 1956. № 21 July).
106
Wedel M., Kamakura W. Market Segmentation: Conceptual and methodological Foundations. Boston :
Kluwer
Academic Publishers, 1998
107
Котлер Ф. Основы маркетинга. М. : Бизнес-книга, 1995.
608 б. -216 бет
108
МакДональд М. Планы маркетинга: как их составлять и использовать. М. : Технологии, 2004.
187
o‘xshashligi, tijorat nuqtai nazaridan asoslanishi va kompaniyaning marketing
tadbirlarini qo‘llashi uchun ochiq bo‘lishi lozimligini ta‘kidlab o‘tgan.
Taniqli marketolog D. Aaker ―Bozorni segmentlash – tashkilot xizmat qilish
mumkin bo‘lgan guruh yoki segmentlarga ajratishga qaratilgan marketing
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish strategiyasi‖ sifatida
109
izohlaydi. D.
Aaker tomonidan taklif qilingan segmentlashning bazaviy
konsepsiyalari asosiy
e‘tiborni bozorning u yoki bu segmenti uchun marketing strategiyalarini ishlab
chiqishga qaratadi.
Mazkur konsepsiya asosida bozor taxmonlari strategiyasini ishlab chiqish
metodologiyasi ko‘pgina olimlar tomonidan rivojlantirildi va segmentlash bo‘yicha
quyidagi talablar qo‘yilishini taklif qiladi:
bozorning segmentiga qo‘yiladigan
talablar, ya‘ni bozorning ma‘lum
guruhga birlashtirilgan elementlari o‘sha guruh (segment) nomi bilan atalishi
kerak;
har bir segment uchun aniq mezonlar tizimini ishlab chiqish lozim.
Bozorning segmentiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: