KIRISH
Farg‘ona vodiysini janubiy qismini tashkil etuvchi tog‘ tizmalaridagi
daryolarning gidrografik tuzilishi quyidagicha. Farg‘ona vodiysining janubidagi
tog‘lardan boshlanuvchi 20 dan ortiq daryolar mavjud bo‘lib, ularning eng yiriklari -
Isfayramsoy, Shoximardon, So‘x, Isfara, Ho‘jabaqirg‘on, Oqsuv daryolaridir. Ammo
ulardan birortasi ham Sirdaryogacha etib bormay, suvlari to‘liq sug‘orishga sarflanadi
(1-jadval)
.
Farg‘ona tizmasining janubi-g‘arbiy va Oloy tizmasining shimoliy
yonbag‘irlaridan Qoradaryo havzasiga kiruvchi kichik tog‘ daryolari shakllanadi.
Farg‘ona tizmasi shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon balandlashib boradi. Bu erdan
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 976
uning Tentaksoy (Qoraungur), Ko‘gort, Yassi va Qoraqulja kabi 110-120 km uzunlikka
ega bo‘lgan asosiy irmoqlari oqadi. Qolgan daryolar anchagina kichik irmoqchalardan
iborat.
Bu tog‘ yonbag‘ridagi daryolar Farg‘ona vodiysining boshqa tizmalaridagi
daryolarga qaraganda anchagina sersuv bo‘lib, yo‘lda qurib qolmasdan boshqa suv
ob’ektlariga suvini quyadi. Tentaksoy va Ko‘gord kabi ba’zi daryolarning suvlari
qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishga ko‘p olinishi hisobiga anchagina kamayib, ba’zan
qurib qolishgacha etadi. Biroq tashlama suvlar va buloqlar hisobiga yana o‘zini tiklab
oladi.
Vodiyning janubdan o‘rab olgan Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy
yonbag‘irlaridan bir qancha daryo va soylar oqimi shakllanadi. Ular qatoriga
Shohimardonsoy, Oqsuv, Xo‘jabaqirg‘on, Isfara, So‘x, Isfayram, Aravon, Oqbura va
Qurshob kabi nisbatan yirik daryolar kiradi. Oloy va Turkiston tog‘ tizmalari Chotqol,
Qurama va Farg‘ona tizmalaridan ancha baland va yonbag‘irlari keng bo‘lganligi hamda
shimolga qaraganligi bilan farq qiladi. Ana shuning uchun ham Oloy va Turkiston
tizmalarining shimoliy yonbag‘irlaridan oqib tushadigan daryolar to‘yinish sharoiti va
oqim rejimi jihatidan Farg‘ona vodiysidagi boshqa daryolardan keskin farq qiladi.
1-jadval
Turkiston-Oloy tizmasi daryolari
Tar
Shoximardon
Qoindi Buloq
Oxnasoy
Qoradaryo
Gavian
Qurshob
Garatlar
Toldiq
So‘x
Oqbura
Qorabuloq
Ko‘schan
Isfara
Shonko‘l
Tomingen
Qirg‘izota
Xo‘ja Baqirg‘on
Chachma
Tegirmonlik
Aravon
Isfana
Obshir
Andarak
Isfayram
Oqsuv
Ko‘ksuv
Oloy va Turkiston tog‘ tizmalarining eng baland joylari 4700-5900 metrga etadi.
Oloy tizmasi bilan tutashgan eng baland janubiy qismini mustasno qilganda, Farg‘ona
tizmasining eng baland nuqtasi 4940 metr. Demak, balandlik holatiga qaraganda, Oloy
va Turkiston tizmalaridan oqib tushadigan daryolar Farg‘ona va Chotqol tog‘
Do'stlaringiz bilan baham: |