SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 977
tizmalaridagi daryolardan sersuv bo‘lishi kerak. Lekin aslida bunday emas: birgina So‘x
daryosini mustasno qilganda Oloy va Turkiston tog‘ tizmalaridagi daryolarning nisbiy
suvlilik darajasi (oqim moduli) Farg‘ona tizmasidagi daryolarnikidan ancha kichik,
Chotqol va Qurama tog‘ tizmalaridagi daryolarnikidan esa atigi 22% ortiq, xolos.
Buning sababi shundaki, Oloy va Turkiston tizmalari baland bo‘lgani bilan nam havo
massalari yo‘liga nisbatan juda noqulay joylashgan, bu tog‘ tizmalari ichkarisiga nam
havo massalarining kirib borishini qiyinlashtiradi. Oloy va Turkiston tog‘ tizmalarining
shimoliy yonbag‘irlaridagi daryolarning har 1 km
2
suv yig‘ilish maydoni yuzasidan
o‘rtacha hisobda sekundiga 7,1 litr suv hosil bo‘ladi.
Oloy va Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida qor chegarasining
balandligi 3500-4000 metr, shunga ko‘ra bu tog‘ tizmalaridagi doimiy qor va muzliklar
bilan qoplangan. Oloy va Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida 500 ga
yaqin muzlik bor. Bu muzliklarning ko‘pchiligi Oloy tizmasining g‘arbiy, Turkiston
tizmasining sharqiy qismlarida (Isfayram bilan Oqsuv daryolarining boshlanish joylari
o‘rtaligida) joylashgan, chunki tog‘ tizmalarining bu qismlari eng balanddir.
Doimiy qor va muzliklarga boy bo‘lganligi tufayli Oloy va Turkiston
tizmalarining shimoliy yonbag‘irlaridagi daryolarning yiriklari (faqat Qurshobdan
boshqa) muzlik-qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar qatoriga, SHohimardonsoy esa
qor-muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar tipiga kiradi. Ular shu tipdagi daryolarga
xos bo‘lgan oqim rejimiga ega. Bu daryolarda maksimal oqim iyul-avgust oylarida,
minimal oqim esa mart-aprel oylarida kuzatiladi; iyul-sentyabr davrida odatda yillik
oqimning 40% dan ortiqroq qismi, So‘x va Isfara daryolarida esa qariyb 60% i oqib
o‘tadi. Shohimardonsoydan farqli ravishda, So‘x va Isfara daryolarida iyul-sentyabr
davrida mart-iyun, ya’ni tog‘larning o‘rta va quyi qismidagi mavsumiy qorlar ko‘plab
eriydigan davrdagiga qaraganda 2,6-2,9 marta ko‘proq suv oqib o‘tadi. Bu ikki daryo
O‘rta Osiyoda muzlik suvlaridan eng ko‘p suv oladigan daryolardan hisoblanadi.
Kichik Oloy tizmasining suvayirg‘ichidan Oqbura daryosi boshlanadi. Uzunligi
70 km, suv yig‘ish havzasining maydoni 2676 km
2
. Qor va muzdan to‘yinadi. O‘rtacha
yillik suv sarfi 21.1 m
3
/sek., oqim moduli 7.9 l/sek.km
2
. Iyun-iyul oylarida yillik
suvining 16.6-17.7 % i oqib o‘tadi.
Isfara daryosi yuqori oqimida Oqsuv, o‘rta oqimida Karavshan nomi bilan oqadi.
U Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘ridagi Oqsuv muzligidan boshlanadi.
Kishmishsoy bilan qo‘shilgach Isfara nomini oladi. Muzliklardan boshlanuvchi 60 ga
yaqin irmog‘i bor. Uzunligi 107 km, suv yig‘ish havzasining maydoni 3240 km
2
,
havzasining o‘rtacha balandligi 2260 m. havzasida umumiy maydoni 169.6 km
2
bo‘lgan
210 ta muzlik bor, eng kattalari Oqsuv (maydoni 17.4 km
2
) va Jiptik (maydoni 21.4
km
2
). Daryo muzlik va qor suvlaridan to‘yinadi.
Isfayram daryosi Yuqori oqimida Tengizboy nomi bilan oqadi. Kichik Oloy
(uzunligi 33 km), Surmatosh (uzunligi 33 km), Tegirmochsoy (uzunligi 26 km),
Do'stlaringiz bilan baham: |