3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi Reja


Nominalizm va realizm. Nominalistlar



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana23.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#845401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari. G'arb falsafasi

 
 Nominalizm va realizm. Nominalistlar
«universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», 
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman 
uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo’tadil 
nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik 
mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm
umumiylikka narsadan oldin paydo bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda umumiy va 
yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu muammoni 
materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan. 
SHunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning 
tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy ta’limoti. Foma Akvinskiy
(1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani 
tizimga solgan mutafakkir sifatida e’tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig’indisi», «Falsafa 
yig’indisi», «Majusiylarga qarshi yig’indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy 
Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog’ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham 
amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy 
imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. 
Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g’oyalaridan foydalanib, din haqidagi 
ta’limotni ularga to’la bo’ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo’lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning 
shakli» - Xudoga bog’liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo 
uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‘assivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o’z-o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga 
qodir bo’lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi 
o’z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng 
olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat 
irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo’lgan muhabbatdan keyingi o’ringa qo’yadi, 
ya’ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun bo’lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o’zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, 
davlatga esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u 
axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko’tarish 
huquqi to’g’risida so’z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va 
fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning 
fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma’naviy 
hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim papaasi boshqaradi. Foma 
Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko’radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog’iga aylandi, XVI asrdan 
e’tiboran iezuitlar tomonidan targ’ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini 
sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi vaqt falsafiy 
tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish