3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi Reja



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana23.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#845401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari. G'arb falsafasi

Demokrit 
degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa ko`zga 
ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi. 
Yunon faylasufi 
Diogen 
Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos 
qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik 
Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, 
quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan. 
Qadimgi yunon olimi 
Aristotel 
to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar 
sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. 
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi 
Arximedning 
"Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la 
ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga 
hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag 
qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o`z 
o`qidan chiqarib yuboraman!" 
Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri 
Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o`tirgan 
ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga 
nayza sanchilgan edi. 
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa 
podshoning shaxsi nuqtayi nazaridan o’rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, 
adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo’lishi lozim; umuman olganda, odshoda inson barcha qobiliyatlarining oqilona 
mushtarakligi mavjud bo’lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U 
davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko’rinishda: 
qonuniy va noqonuniy yoki zo’rlik ishlatishga asoslangan ko’rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy 
shaklini ma’qul ko’radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o’zining 
«Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo’qsillar o’z shaxsiy manfaatlarini qondirishni 
ko’zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat 
bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga 
mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo’liga o’tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida 
raqiblar bellashadi...»
1

Aristotel ham o’zining «Siyosat» asarida o’z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga 
kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o’rtaga 
tashlaydi va o’zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli 
1
Платон \\ Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –S. 782. 


yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o’rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o’rnatilganda, 
farovon va o’ziga to’q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»
2
. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning 
«uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat 
qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya’ni o’rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat 
hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Aristotel sababiy bog’lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada 
rivojlantirgan. Uning to’rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo’naltiruvchi sabablar haqidagi ta’limoti 
ma’lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; 
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani 
amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad – yo’naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini 
tahlil qilishning o’z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va 
ularning takomillashuvi shaklga bog’liqdir. SHakl o’z mohiyatiga ko’ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – 
narsaning tashqi ko’rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig’ini belgilaydi.
G’arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish