462
va taraqqiyot xalqaro tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta dunyoning 70 dan ortiq davlatning 15 yoshli
o‘quvchilarining ona tili, matematika va tabiiy fanlardan egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay
olish
layoqatlarini baholash bo‘yicha PISA dasturi amaliyotga joriy etilgan, natijada ishtirok etgan davlatlarning
reytingi aniqlanib, o‘quvtarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish mexanizmi
yo‘lga qo‘yilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha maxsus
tashkiloti YUNESKO ning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim sifati monitoringi tashkiloti NEQMAP
tomonidan tizimli ravishda mintaqadagi 15 dan ortiq davlatlardagi umumta’lim maktablarida baholash
tizimlarini qiyosiy taqqoslashga oid tadqiqot dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan. Mamlakatimizda
ham ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish vazifalari quyidagilardan iborat: a) o‘quvchilarning umumiy
o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish dinamikasini hamda unga ta’sir
etgan omillarni
aniqlash; b) monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishga hamda
sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash; v) monitoring natijalari,
jamiyat, fan va texnika, texnologiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda zarur deb topilgan talablar asosida
davlat ta’lim standartlari sharhlariga va o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
g) turli pedagogik texnologiyalarning qo‘llanishi natijalarini o‘zaro taqqoslash hamda ilg‘or ish tajribalarni
ommalashtirish va boshq. Ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinflardan boshlab barkamol avlodni ma’naviy
yetuk qilib tarbiyalashning muhim omili sifatida ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvni joriy
etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sifati monitoringi jarayonida innovatsion yondashuv quyidagi
indikator ko‘rsatgichlari asosida baholanadi: innovatsion pedagogik jarayonlar haqida maktab jamoasining
tushunchasi
mavjudligi; yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etilishini qo‘llab-
quvvatlanishi; ta’lim muassasalaridagi izlanuvchan, ijodkor, is’tedodli pedagoglarni har tomonlama qo‘llab
quvvatlash mexanizmlarining yaratilganligi; maktab rahbariyatining ta’lim muassasasasida innovatsiyalarni
tatbiq etish rejasining va aniq maqsadlarining mavjudligi; innovatsion faoliyatda o‘qituvchilarning samarali
ishtirokini ta’minlovchi rag‘batlantiruvchi muhit va chora-tadbirlarning mavjudligi; ta’lim
boshqaruvi
idoralari tomonidan tavsiya etilgan innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish monitoringining olib borilganligi;
ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar (o‘qituvchilar) va o‘quvchilar uchun ijodiy muhit yaratilganligi,
tashabbuslar va yangiliklarga qiziqish paydo bo‘lganligi; natijaga ko‘ra rag‘batlantirishning yo‘lga
qo‘yilganligi; samarali natijaga olib keluvchi o‘zaro hamkorlikning mavjudligi; keng jamoatchilik bilan
samarali hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi; ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb
qilish bo‘yicha mahalla qo‘mitalari bilan ishlash; deviant xulqli o‘smirlarni ijodiy faoliyatga jalb qilish
bo‘yicha voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish va
boshqalar. Bu innovatsion jarayon esa o‘qituvchilardan quyidagi talablarga javob berishni talab etadi: o‘z
fanining ilmiy-amaliy nazariyasini va zamonaviy yutuqlarini bilish; o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini,
ularda boshlang‘ich tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida samarali usullarni qo‘llay olishlari;
ilg‘or
ish tajribalar, yangiliklarni o‘qitish jarayoniga tadbiq eta olishlari; o‘quvchida mustaqil bilim olish,
ijodkorlik va izlanishlarni rivojlantirish usullaridan foydalana olish; dars jarayonida o‘zaro hurmat, ishonch va
o‘zaro yordamni tashkil eta olish; dars va darsdan tashkari jarayonni ko‘tarinki kayfiyatda tashkil eta olish;
o‘quvchilarni umumiy maqsadlarga intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash. Yuqoridagilardan
kelib chiqqan holda boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga
olgan holda ta’lim sifati monitoringi parametr va indikatorlarini amaliyotga joriy etish yuqori samara beradi.
PIRLS-2021: boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tekshiriladi
O‘zbekiston PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek
Tashkenbayev hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association
for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida
O‘zbekistonning PIRLS 2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25 yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv
tashkil qilindi.
Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchining rivojlangan
xorijiy davlatlar
tajribalaridan oqilona foydalanish o‘z ichiga ko‘p masalalarni qamrab oladi: jumladan, xorijiy tajribalar
asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlash, dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtiruvchi,
xorijiy davlatlar - Amerika, Angliya, Finlyandiya, Germaniya,
Janubiy Koreya, Rossiya davlatlari tajribalari,
innovatsion texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mavzuga oid Respublikaning boshlang‘ich ta’lim
tizimida olib borilayotgan islohotlar, tajribalardan darsda foydalanish va boshqalar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish jarayoni innovatsion yondashuvga ko‘ra takomillashtirib
borilgan uslubiy ta’minotga asoslanishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini
rivojlantirishda rivojlangan xorijiy davlatlarning ish tajribalaridan xabardor bo‘lish, ulardan oqilona
463
foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, tahlil etish va
yakuniy xulosalar chiqarish
jarayonida respondentlarning xorijiy davlatlarning ta’lim tizimiga oid bilimlari, yangi metodlarni ta’lim berish
faoliyatiga tatbiq etish xususidagi amaliy ko‘nikma va malakalari shakllanganligi ma’lum bo‘ldi.
Boshlang‘ich sinf darslarida innovatsion usullar, pisa testlaridan foydalanishga oid o‘qituvchilarimiz
manbalar bilan qurollantirildi. Boshlang‘ich sinf darslarida foydalanadigan manbalar mazmuniga rivojlangan
xorijiy davlatlarning tajribalari, texnologiyalar elementlarini singdirish orqali boshlang‘ich ta’lim
samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlandi:
Boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchi shaxsini bosh qadriyatga aylantirish, darslarda ma’naviyat
shakllantirish ustuvorligini ta’minlash, bilim olish va tarbiyalanish uchun bolaning o‘zini harakatga undash,
unga kashf etish lazzatini to‘ydirish, darslarda pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish singari
tamoyillar ustuvorligiga erishish.
O‘quvchilarni darslarda mustaqil fikrlashga o‘rgatishda rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’limining
mantiqiy va innovatsion texnologiyalaridan foydalanilgan holda metodik qo‘llanmalar yaratish.
Boshlang‘ich sinf darslarini samarali tashkil etishda xorijiy olimlar bilan video darslarni tashkil qilish,
ular bilan tajriba almashish maqsadida onlayn ilmiy-amaliy anjumanlar va seminar-treniglarni tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: