Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet443/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Qo’ldoshev A. R. G’aforovna Habiba Jumayeva.(2021) //Forming Writing Skills in LeftHanded 
Students. Middle European Scientific Bulletin. – Т. 10. – №. 1. 
2. Azimov Y. Y., Qo’ldoshev R. A. Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). 
GlobeEdit, 2020.-141bet. 
3. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o ‘quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga 
moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). 
– 2020. – Т. 1. – №. 1.
4. Qo‘ldoshev R. A. Cognitive activity of left-handed children.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: 
ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция. – 2020. 
OILADA MILLIY TARBIYA JARAYONINING MAVJUD HOLATI 
N.B.Adizova BuxDUPI Dotsenti 
F.Ibrohimova BuxDUPI 1-bosqich magistr 
 
Kalit so‘zlar: 
Milliy qadriyat, komil inson, ta’lim-tarbiya, faoliyat, milliy urf-odatlar, odob, axloq, 
 
Annotatsiya: 
Maqolada
 
o‘zbek xalqi o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, xarakteri, tuyg’usi, mijozi, 
xulq-atvori, axloqi, didi, ta’bi bilan alohida ajralib turishi, bola axloqini, odobini takomillashtirish avvalo 
oilada amalga oshirilishi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. 
Ключевые слова:
Национальные ценности, совершенный человек, воспитание, деятельность, 
национальные традиции, этикет, нравственность, 
Аннотация:
В статье рассказывается о том, чем отличается узбекский народ своим психическим 
обликом, национальным характером, характером, чувствами, клиентом, поведением, этикой, вкусом, 
характером, а также совершенствованием детских нравов и этикета, прежде всего, в семье. 
предусмотрена обратная связь. 
Milliy qadriyat insonning o‘tmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyat taraqqiyotiga, milliy 
ijobiy ta’sir etadigan axloqi va odobi, ongli faoliyati, bilimlari, amaliy malakalari, iste’dod va qobiliyati, 
iymoni va e’tiqodi, dunyoqarashi, ma’naviy qarashlarini o‘z ichiga oladi. 
Hozir mamlakatimizda sog’lom avlodni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Hammamiz bu borada 
qilinayotgan ulkan ishlarning guvohi bo‘lib turibmiz. Sog’lom avlod-jismoniy barkamol, ma’naviy yetuk 
kishilardir. Faqat shunday kishilargina O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida halollik, fidoyilik namunalarini 
ko‘rsatishi, mamlakatimizning kuch-qudrati, keng imkoniyatlarini butun jahonga amalda namoyish etishlari 
mumkin. 
Tarbiya - inson ma’naviy kamolotining birinchi, asosiy poydevori bo‘lib hisoblanadi. Yaxshi oilada 
tarbiyalanib axloq va odobning muayyan normalarini bilgan, hayot faoliyatida ularga asoslanadigan 
yoshlargina ma’naviy kamolotning kengroq imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Yaxshi tarbiya zamiridagina bilim 
olishga ishtiyoq, oqilona amaliy faoliyat uchun zamin hozirlanadi. Tarbiyaviy zamini yaxshi bo‘lmagan 
yoshlarda mehnat qilib, amaliy malakalar hosil qilishga ishtiyoq bo‘lmaydi. 
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi mumkin. Odob aqlga bog’liq holat. Aql ustiga odob qo‘shilsa, 
nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Odob va axloq insonni bezab turadi.
Inson odobi bilan go‘zal, deydi xalqimiz. Bu so‘zning zamirida katta ma’no yotadi. Hozir ham ayrim 
yoshlar salom berish va alik olish, jamoatchilik o‘rtasida o‘zini tutish, boshqalarni hurmat qilish singari 
axloqiy qadriyatlarni yaxshi egallamagani sezilib turadi. 
Inson omilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tiborga olib, umumta’lim maktablarining barcha 
sinflarida “Milliy axloq va odob asoslari” degan umumiy bir fanni o‘qitish lozim. Shuningdek, umumta’lim 
maktablarining barcha sinflarida o‘quvchilarga, ularning yosh xususiyatlari, axloqiy, aqliy kamoloti darajasini 
e’tiborga olib, oddiy axloq, odob qoidalaridan to murakkab nazariy muammolarga qadar o‘rgatib borish zarur. 
Yosh bola ota-onani, o‘qituvchini, yoru-do‘stlarini hurmat qilishga, salom berib, alik olishga o‘rganishi ham 
ma’naviy kamolotning dastlabki poydevoridir. 
Milliy, sharqona axloqiy fazilatlarning ko‘p qirralari Abu Nasr al-Farobiy, Ibn Sino, Mahmud 
Qoshg’ariy, Yusuf xos Hojib, Alisher Navoiy asarlarida va Amir Temur tuzuklarida atroflicha yoritib berilgan. 
Z. M. Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida o‘zbeklar-ga, umuman, turkiy xalqlarga xos bo‘lgan axloqiy 
fazilatlar qatoriga quyidagilarni kiritadi: bular- iymon va e’tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, 
bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onaga mehribonligi, diniy 


461 
qadriyatlarga rioya qilish, fahm-farosatlilik, savodxonlik, saxovatlilik, xushfe’llik, shirinso‘zlik, do‘stlarga 
oqibatlilik, xushbaxtlik, hayolilik, shinavandalik, oq ko‘ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalar. 
Oilaviy marosimlar o‘zbek xalq an’analarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning 
aksariyati bolalar hayotidagi muhim voqealarga bag’ishlanganligi uchun ham yoshlarning kamol topishida 
muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi to‘yparast xalq. U to‘y qilaman, elning duosini olaman, 
boshqalarni ham quvonchimga sherik qilaman, degan maqsadda yashaydi. Shuning uchun to‘y o‘zbek millati 
hayotida muqaddas hodisa hisoblanadi. Biroq turg’unlik yillarida o‘zbek oilaviy marosimlarining bir qismi 
taqiqlandi, taqiqlash mumkin bo‘lmaganlar (masalan, “Nikoh to‘yi”) yangi umumqoidalar, an’analar asosida 
o‘zgartirila boshlandi. Mustaqillik sharoitida bu xatolarni to‘g’rilash maqsadida oilaviy marosimlarning asosiy 
turlari, chunonchi, “Ism qo‘yish”, “Charlar”, “Soch to‘yi”, “Tish to‘yi”, “Beshik to‘yi”, “Sunnat to‘yi”, 
“Muchal to‘yi”, “Kumush to‘yi”, “Otlin to‘yi” kabi an’analarni tiklash uchun yo‘l ochildi. 1998 yil –“Oila 
yili” deb e’lon qilinishi oilaviy an’analarga e’tibor berish va ularni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni 
yuzaga keltirdi. Ijobiy an’analar quvvatlanib, salbiylari jamoatchilik tanqidiga uchradi.Oilaviy qadriyatlarning 
yalpi tiklanishi milliy-ma’naviy tiklanish jarayonidagi muhim bosqich bo‘ldi.
Xullas, asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga ma’naviy meros sifatida o‘tib, rivojlanib kelgan urf-
odatlar, marosimlar va bayramlarni saqlamay turib, milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish qiyin. Shu 
sababli, bu borada jiddiy ilmiy va amaliy ishlarni amalga oshirish mumkin. Har bir millat o‘ziga xosligi, milliy 
madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy tarzi majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatda o‘z 
ifodasini topadi. Binobarin, xalq ma’naviyati va ruhiyatini yosh avlodga singdirishni oiladan boshlash kerak. 
Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhim o‘rin tutadi. Insonning ma’naviy – axloqiy, 
ruhiy ziynati poydevori oilada qo‘yiladi.Oila milliy ruhi xalq milliy ruhiyatini belgilaydi. Shu ma’noda har bir 
oila o‘z a’zosida milliy psixologiyani shakllantiruvchi muqaddas ijtimoiy institutdir. “Bu institut necha ming 
yilliklar davomida jahon xalqlarining bir – birlariga o‘xshamaydigan turfa milliy – ma’naviy qiyofalarini 
tarbiyalab kelayotir”.

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish