Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet444/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. Avliyoqulov N.X., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent-2008-yil 
2. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari – Toshkent, 2001 
3. Adizov B.R. Boshlang’ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped.fan.dok. diss. T., 
2003-yil 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TA’LIMIY YUTUQLARINI BAHOLASH 
BO‘YICHA XALQARO DASTUR (PISA) PIRLS DAN FOYDALANISH METODIKASI 
SH.I.Hoshimova
BuxDUPI1- bosqich magistranti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda xalqaro dastur PISA dan foydalanish yo’llari 
haqida fikr mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: 
ta’lim tarbiya, baholash, PISA, PIRLS, pedagoglar, boshlang’ich sinf o’qituvchisi. 
Аннотация:
В данной статье представлены отзывы о том, как использовать международную 
программу PISA в начальной школе. 
Ключевые слова: 
образование, оценивание, PISA, PIRLS, воспитатели, учитель начальных 
классов. 
Annotation:
This article provides feedback on how to use the international PISA program in 
elementary school. 
Key words:
education, assessment, PISA, PIRLS, educators, primary school teacher. 
Maktabda olingan bilim insonning kelgusi hayot yo‘lini belgilaydi. Ko‘pchilik bilimni baho bilan 
o‘lchaydi. Ammo baho bilimni belgilovchi aniq mezon emas. U o‘quvchilarni faollikka undovchi, 
rag‘batlantiruvchi vosita, xolos. Har bir o‘qituvchining o‘z ish usuli, baholash metodi bor. Qaysidir o‘qituvchi 
uchun baho bu — rag‘bat yoki o‘quvchini 45 daqiqa ushlab turish vositasi. Shundanmi, bir sinfdan ikkinchi 
sinfga o‘tgan bolaning bahosida keskin o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘ladi. Yana, pedagoglar orasida bahoni 
nisbatan yuqoriroq qo‘yuvchi yoki o‘quvchining bilim darajasi talabga javob bersa-da, “5” ni tejaydiganlari 
bor. Bu usullarning qaysi biri to‘g‘riligi esa doimiy bahstalab mavzu. 
O‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini baholash xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan dunyoning 40 dan ortiq 
davlatlarida boshlang‘ich ta’lim darajasi va sifatini qiyosiy taqqoslash, ularning samaradorligini baholash, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili va o‘qishga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan PIRLS xalqaro 
baholash dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, har besh yilda bir marta tashkil etib kelinmoqda. Iqtisodiy hamkorlik 


462 
va taraqqiyot xalqaro tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta dunyoning 70 dan ortiq davlatning 15 yoshli 
o‘quvchilarining ona tili, matematika va tabiiy fanlardan egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish 
layoqatlarini baholash bo‘yicha PISA dasturi amaliyotga joriy etilgan, natijada ishtirok etgan davlatlarning 
reytingi aniqlanib, o‘quvtarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish mexanizmi 
yo‘lga qo‘yilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha maxsus 
tashkiloti YUNESKO ning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim sifati monitoringi tashkiloti NEQMAP 
tomonidan tizimli ravishda mintaqadagi 15 dan ortiq davlatlardagi umumta’lim maktablarida baholash 
tizimlarini qiyosiy taqqoslashga oid tadqiqot dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan. Mamlakatimizda 
ham ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish vazifalari quyidagilardan iborat: a) o‘quvchilarning umumiy 
o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish dinamikasini hamda unga ta’sir etgan omillarni 
aniqlash; b) monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishga hamda 
sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash; v) monitoring natijalari, 
jamiyat, fan va texnika, texnologiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda zarur deb topilgan talablar asosida 
davlat ta’lim standartlari sharhlariga va o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
g) turli pedagogik texnologiyalarning qo‘llanishi natijalarini o‘zaro taqqoslash hamda ilg‘or ish tajribalarni 
ommalashtirish va boshq. Ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinflardan boshlab barkamol avlodni ma’naviy 
yetuk qilib tarbiyalashning muhim omili sifatida ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvni joriy 
etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sifati monitoringi jarayonida innovatsion yondashuv quyidagi 
indikator ko‘rsatgichlari asosida baholanadi: innovatsion pedagogik jarayonlar haqida maktab jamoasining 
tushunchasi mavjudligi; yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etilishini qo‘llab-
quvvatlanishi; ta’lim muassasalaridagi izlanuvchan, ijodkor, is’tedodli pedagoglarni har tomonlama qo‘llab 
quvvatlash mexanizmlarining yaratilganligi; maktab rahbariyatining ta’lim muassasasasida innovatsiyalarni 
tatbiq etish rejasining va aniq maqsadlarining mavjudligi; innovatsion faoliyatda o‘qituvchilarning samarali 
ishtirokini ta’minlovchi rag‘batlantiruvchi muhit va chora-tadbirlarning mavjudligi; ta’lim boshqaruvi 
idoralari tomonidan tavsiya etilgan innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish monitoringining olib borilganligi; 
ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar (o‘qituvchilar) va o‘quvchilar uchun ijodiy muhit yaratilganligi, 
tashabbuslar va yangiliklarga qiziqish paydo bo‘lganligi; natijaga ko‘ra rag‘batlantirishning yo‘lga 
qo‘yilganligi; samarali natijaga olib keluvchi o‘zaro hamkorlikning mavjudligi; keng jamoatchilik bilan 
samarali hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi; ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb 
qilish bo‘yicha mahalla qo‘mitalari bilan ishlash; deviant xulqli o‘smirlarni ijodiy faoliyatga jalb qilish 
bo‘yicha voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish va 
boshqalar. Bu innovatsion jarayon esa o‘qituvchilardan quyidagi talablarga javob berishni talab etadi: o‘z 
fanining ilmiy-amaliy nazariyasini va zamonaviy yutuqlarini bilish; o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini, 
ularda boshlang‘ich tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida samarali usullarni qo‘llay olishlari; 
ilg‘or ish tajribalar, yangiliklarni o‘qitish jarayoniga tadbiq eta olishlari; o‘quvchida mustaqil bilim olish, 
ijodkorlik va izlanishlarni rivojlantirish usullaridan foydalana olish; dars jarayonida o‘zaro hurmat, ishonch va 
o‘zaro yordamni tashkil eta olish; dars va darsdan tashkari jarayonni ko‘tarinki kayfiyatda tashkil eta olish; 
o‘quvchilarni umumiy maqsadlarga intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash. Yuqoridagilardan 
kelib chiqqan holda boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga 
olgan holda ta’lim sifati monitoringi parametr va indikatorlarini amaliyotga joriy etish yuqori samara beradi. 
PIRLS-2021: boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tekshiriladi 
O‘zbekiston PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining matbuot xizmati ma’lum qildi. 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek 
Tashkenbayev hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association 
for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida 
O‘zbekistonning PIRLS 2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25 yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv 
tashkil qilindi. 
Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchining rivojlangan xorijiy davlatlar 
tajribalaridan oqilona foydalanish o‘z ichiga ko‘p masalalarni qamrab oladi: jumladan, xorijiy tajribalar 
asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlash, dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtiruvchi, 
xorijiy davlatlar - Amerika, Angliya, Finlyandiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya davlatlari tajribalari, 
innovatsion texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mavzuga oid Respublikaning boshlang‘ich ta’lim 
tizimida olib borilayotgan islohotlar, tajribalardan darsda foydalanish va boshqalar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish jarayoni innovatsion yondashuvga ko‘ra takomillashtirib 
borilgan uslubiy ta’minotga asoslanishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini 
rivojlantirishda rivojlangan xorijiy davlatlarning ish tajribalaridan xabardor bo‘lish, ulardan oqilona 


463 
foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, tahlil etish va yakuniy xulosalar chiqarish 
jarayonida respondentlarning xorijiy davlatlarning ta’lim tizimiga oid bilimlari, yangi metodlarni ta’lim berish 
faoliyatiga tatbiq etish xususidagi amaliy ko‘nikma va malakalari shakllanganligi ma’lum bo‘ldi. 
Boshlang‘ich sinf darslarida innovatsion usullar, pisa testlaridan foydalanishga oid o‘qituvchilarimiz 
manbalar bilan qurollantirildi. Boshlang‘ich sinf darslarida foydalanadigan manbalar mazmuniga rivojlangan 
xorijiy davlatlarning tajribalari, texnologiyalar elementlarini singdirish orqali boshlang‘ich ta’lim 
samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlandi: 
Boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchi shaxsini bosh qadriyatga aylantirish, darslarda ma’naviyat 
shakllantirish ustuvorligini ta’minlash, bilim olish va tarbiyalanish uchun bolaning o‘zini harakatga undash, 
unga kashf etish lazzatini to‘ydirish, darslarda pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish singari 
tamoyillar ustuvorligiga erishish. 
O‘quvchilarni darslarda mustaqil fikrlashga o‘rgatishda rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’limining 
mantiqiy va innovatsion texnologiyalaridan foydalanilgan holda metodik qo‘llanmalar yaratish. 
Boshlang‘ich sinf darslarini samarali tashkil etishda xorijiy olimlar bilan video darslarni tashkil qilish, 
ular bilan tajriba almashish maqsadida onlayn ilmiy-amaliy anjumanlar va seminar-treniglarni tashkil qilish. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish