N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/143
Sana23.07.2022
Hajmi8,13 Mb.
#844387
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Quyi darajali formatlash. 
Quyi darajali formatlash 
jarayonida diskning yo‘laklari sektorlarga bo‘linadi. Bunda 
sektorlar sarlavhasi va natijasi (prefikslar va suffikslar) 
yoziladi, shuningdek, yo‘laklar va sektorlar orasidagi intervallar 
shakllanadi. Har bir sektorning ma’lumotlar sohasi soxta 
qiymatlar bilan yoki maxsus ma’lumotlarning test to‘plami 
bilan to‘ldiriladi. Qattiq diskning yo‘laklaridagi sektorlar soni 
kontroller va jamlagich interfeysiga bog‘liq bo‘ladi.
IDE va SCSI jamlagichlarining deyarli barchasida 
zonali 
yozish
deb ataladigan yo‘laklardagi o‘zgaruvchi sonli sektorlar 
ishlatiladi. Markazdan uzoqda joylashgan, ya’ni nisbatan uzun 
bo‘lgan yo‘lak lar markazga yaqin joylashgan yo‘lakka qaraganda 
ko‘p sonli sektorlarni o‘z ichiga oladi. Qattiq disk sig‘imini 
oshirish usullaridan biri – ichki silindrlar bilan solishtirganda 
tashqi silindrlarni ko‘p sonli sektorlarga bo‘lishdir. Nazariy 
jihatdan tashqi silindrlar ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi 
mumkin, negaki katta aylana uzunligiga ega (3.4-rasm).


57
3.5-rasm. 
zonali yozish: 
yo‘laklardagi sektorlar soni 
diskning markazidan ko‘chishi 
darajasida o‘zgaradi.
Sektor
Sektor
Tashqi zona
Ichki zona
3.4-rasm. 
Barcha 
yo‘laklaridagi sektorlar 
soni bir xil bo‘lgan 
standart yozish.
Ma’lumotlarni standart yozishda tashqi yo‘laklar maydoni 
nihoyat 
da samarasiz ishlatiladi, negaki sezilarli darajada 
katta maydon bilan farqlanadigan bu yo‘laklar ichki yo‘laklar 
kabi xuddi shu ma’lumotlar miqdorini o‘z ichiga oladi. Past 
darajali formatlashda qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan 
biri diskning ichki silindrlariga qara 
ganda diskning tashqi 
silindrlarida ko‘p miqdordagi sektorlar soni yaratilishidan 
iborat.
Zonali yozish usulini qo‘llamaydigan jamlagichlarda, tashqi 
silindrlarning yo‘laklari uzunligi ichki silindrlarga qaraganda 
ikki baravar uzun bo‘lishiga qaramay, har bir silindrda bir xil 
miqdorda ma’lumotlar saqlanadi. Bu xotira qurilmasi sig‘imining 
noratsional ishlatilishiga olib keladi.
Zonali yozishda silindrlar 
zonalar
deb ataladigan guruhlarga 
bo‘linadi. Diskning tashqi chekkaga yaqinlashishiga qarab 
yo‘laklar ko‘p sonli sektorlarga bo‘linadi. Bitta zonaga tegishli 
barcha silindrlarda yo‘laklardagi sektorlar soni bir xildir. Zonalar 
soni jamlagich turiga bog‘liq. Ko‘pchilik qurilmalarda ular 10 va 
undan ortiq bo‘ladi (3.5-rasm).
Tarkibida joylashtirilgan disk kontrollerlari mavjud bo‘l-
gan SCSI va ATA jamlagichlari turli xil sektorlar soniga ega 


58
yo‘laklarni formatlash imkonini beradi. Bu tipdagi jamla-
gichlarga joylashtiriladigan kontrollerlar zonali yozish algorit-
mini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa jismoniy silindr, o‘qish/
yozish moslamalari va sektorlarni ularga mos holdagi man-
tiqiy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va sektorlar soniga 
o‘zgartirishga imkon beradi. Natijada jamlagichda bir xil 
sektorlar soniga ega bo‘lgan yo‘laklar yaratiladi.

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish