N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish


-bob.  ShaXSIy KoMPyUTErLarNING TUrLarI



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/143
Sana23.07.2022
Hajmi8,13 Mb.
#844387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

1-bob.
 ShaXSIy KoMPyUTErLarNING TUrLarI, 
ModELLarI va TEXNIK Ko‘rSaTKIchLarI
1.1. Kompyuterlar tasnifi
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) EHM tasniflanishi bo‘yicha 
mikro 
mashinalar toifasiga mansub bo‘lib, hisoblash imko-
niyatlari cheklangan, ammo eng ommaviy tarqalgan hisobla nadi. 
Bu kompyuterning ofis muhitida shaxsiy qo‘llash uchun mos 
keladigan variantidir. ShKlar bilan bir qatorda mikro kompyuterlar 
toifasiga grafik, nashriy va izlanish ishlariga mo‘ljallangan ishchi 
stansiyalar, lokal tarmoq va ma’lumotlar bazalari serverlari hamda 
tarmoq ishchi stansiyalari kiradi. Ular orqali tarmoq resurslaridan 
foydalanishga imkon yaratiladi. ShK universal va foydalanishga 
qulay bo‘lgan bir qator afzalliklarga ega:
– maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga 
ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys;
– qo‘llanilish sohasiga (ta’lim, ilmiy izlanishlar, boshqaruv) 
mos keluvchi arxitektura va tashqi qurilmalar to‘plamiga 
muvofiqlashish hisobiga o‘z ish joyini tashkillashtirishning 
qulayligi;
– foydalanishning soddaligi, bog‘lama va qurilmalarni 
birga 
likda yig‘ish imkoniyatining kengligi, ommaviy 
foydalanish uchun yuqori ishonchlilik;
– kompyuter va uni tashkil qiluvchi qurilmalar narxining 
arzonligi va modellarining ko‘pligi, standartlashtirishning 
va bir xil shaklga keltirishning yuqori darajadaligidir.
ShKlarni turli belgilari bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin. 
Rivojlanish davrida (ShKlarning dastlabki modellari 80-yillar-


6
ning boshlarida paydo bo‘lgan) ShKlar birinchi avlodining 8 
bitli mashinalaridan, to 64 bitli to‘rtinchi avlod (Pentium IV) 
mashina larigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bu vaqt ichida 
taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor xotira hajmi yuzlab 
Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi o‘nlab Gbaytga 
yetdi. Konstruktiv xususiyatlari nuqtayi nazaridan barcha 
ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va 
nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish 
mumkin.
Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va 
rivojlangan tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion 
tizimga ega bo‘lib, ma’lumotlarga ishlov beruvchi amaliy 
dasturlar bilan jihozlangan. Ularning xotirasi ko‘p pog‘onali, 
aloqa va ulanish uchun interfeys tizimi rivojlangan, ma’lu-
motlarni kiritish va chiqarish uchun ko‘p sonli portlari mavjud.
Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil 
ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda 
qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab chorak milliarddan ziyod 
EXMning turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy 
kompyu 
terlardir. Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard 
(HP), DEC, Compaq kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari 
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng 
tarqalgan. Ularning mahsulotlari foydalanuvchilar orasida 
anchagina taniqlidir.
ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta kompaniya 
IBM (Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kom-
paniya yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kom-
paniya bo‘lib kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari 
mashhurdir. Bugungi kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar 
IBM firmasining Pentium II, III, IV protsessorlari qo‘llangan 
kompyuterlar hisoblanadi.


7
IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli 
Macintosh modelli ShKlari egallab kelmoqda. Bu firma 
1998-yildan boshlab yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power 
Book va iBook noutbuklar, Power Macintosh oilasiga mansub 
ishchi stansiya modellarini ishlab chiqaradi.
HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi 
stansiyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan ixcham 
(mobil) ishchi stansiyalarni ishlab chiqaradi.
ShKlarning katta sinfini DEC firmasi (so‘ngi paytlarda 
Compaq firmasi bilan birga) ishlab chiqarmoqda. Bular 
HiNote modelli mobil ShKlar, Ventures, Celeries modelli stol 
kompyuterlari, VAX Station va DEC Station ishchi stansiyalari, 
shuningdek, yangi Alpha 212642 protsessorlari asosidagi, 
taktlash chastotasi 500–1000MHz bo‘lgan zamonaviy ishchi 
stansiyalardir.
ShKlarning keng turlarini Acer, Sun, Vio, Rossiya kompa-
niyalari Akvarius R-style kompaniyalari ishlab chiqarmoqda.

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish