35
xos zanjirlari ISA zanjirlarining kontaktiga duch keladi, buning
natijasida tizimli plata ishga yaroqsiz holga keladi.
EISA shinasi qimmat, ammo ko‘p
masalali tizimlarda, fayl-
serverlarda va kiritish/chiqarish shinalarining yuqori samaradorli
kengaytmasi talab qilingan joyda o‘zini oqlovchi arxitekturadir.
Mca
shinasi
(Micro Channel Architecture) – 32 razryadli
shina bo‘lib, 1987yil PS/2 mashinalari uchun IBM firmasi
tomonidan yaratilgan. O‘tkazish xususiyati 76 Mbayt/s, ish
chastotasi 10–20 MHz. O‘zining boshqa
tavsiflari bilan EISA
shinasiga yaqin, ammo ISA bilan ham, EISA bilan ham mos
tushmaydi. PS/2 kompyuterlarida ishlab chiqarilgan amaliy
dasturlarning yo‘qligi, uning keng tarqalishiga to‘sqinlik qilgani
sababli, MSA shinasi ham uncha keng ishlatilmaydi. MSA
shinasiga bo‘lgan talabning yo‘qligining ikkinchi sababi ISA
adapter platalarining MSA bilan mos tushmasligidir.
lokal shina.
ShK texnikasining rivojlanishi yuqori tezlikdagi
operatsiyalarning hissasini oshishiga olib kelmoqda. Ma’lumki,
protsessorning tezligi xotiradan tanlash (yoki yozish)
tezligidan,
disklardan o‘qish tezligi vidiotizimlarda akslantirish tezligidan
oshib bormoqda.
VLB (VESA Local Bus, VESA – Video Equipment
Standart Association – videoelektronika sohasidagi
standartlar
bo‘yicha uyushma) lokal shina standarti 1992-yilda ishlab
chiqarilgan. VLB shinasining asosiy kamchiligi uning 80486
mikroprotsessorlari o‘rniga kelgan yoki ular bilan parallel
ishlatilayotgan (Alpha, PowerPC) protsessorlar bilan birgalikda
ishlatib bo‘lmasligidir.
ISA, MCA, EISA kiritish/chiqarish
shinalarining ShK
struk
turasida joylari belgilanganligi bilan unumdorligi juda
pastdir. Zamonaviy ilovalar (ayniqsa grafik ilovalar) o‘tkazish
xususiyatini jiddiy ravishda oshirishni talab qiladi. Bu o‘tkazish
xususiyatini zamonaviy protsessorlar ta’minlab bera oladi.
O‘tkazish xususiyatini oshirish muammosining yechimlaridan biri
36
tashqi qurilmalarni ulash shinasi sifatida 80486 protsessorining
lokal shinasini qo‘llash bo‘ldi. Protsessorning shinasidan tizimli
plataga joylashtirilgan tashqi qurilmalarni (disk
kontrolleri, grafik
adapter) ulash joyi o‘rnida foydalanildi. VLB (yoki VL-Bus) –
standartlashtirilgan 32 bitli lokal shina bo‘lib, 486 protsessorining
tizimli plataning qo‘shimcha razyomlariga
chiqarilgan tizim
shinasining signalini ifoda qiladi. Shina 386 sinfiga mansub
protsessorlar bilan qo‘llanishi mumkin bo‘lsa ham faqat 486
protsessoriga mo‘ljallangan. Pentium protsessorlari uchun
ma’lumotlar shinasining razryadligi 64 gacha oshirilgan 2.0
spetsifikatsiyasi qabul qilingan, ammo u keng tarqalmadi.
VLB-razyomi konstruktiv ravishda oddiy MSA-razyomga
o‘x
shaydi, ammo ISA-16, EISA yoki
MCA shinalari tizim
razyom larining kengaytmasidir. Protsessor shinasining yuklanish
xususiyati cheklanganligi sababli tizimli platada uchtadan ko‘p
VLB razyomi o‘rnatilmaydi. Shinaning maksimal taktlash
chastotasi 66 MHz, 33 MHz chastotada shina ishonchliroq
ishlaydi. Bunda eng yuqori o‘tkazish tezligi 132 Mbayt/s
(33 MHz × 4 bayt), ammo unga faqat ma’lumotlarni uzatish
vaqtidagi paketli siklining ichida erishiladi. Haqiqatda, paketli
siklda 4×4=16 bayt ma’lumotni uzatish uchun shinaning 5
taktini talab qiladi, hatto paketli ish tartibida o‘tkazish xususiyati
105,6 Mbayt/s
ni tashkil qiladi, odatdagi ish tartibida (manzillar
fazasiga bir takt va ma’lumotlar fazasiga bir takt) esa faqat 66
Mbayt/s ni tashkil qiladi, vaholanki bu ham ISA ga qaraganda
ko‘p. Hozirgi vaqtda VLB shinasi juda kam ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: