176
katsiyalari mav jud, biroq ATX platalar uchun yangi konstruk-
siyalar ommaviy tarqalgan. Quyida eng mashhur shakllarning
standartlari keltirilgan:
– Full Tower (baland minora).
– Mini – Tower (kichik minora).
– Desktop (stol usti).
– Low Profile (yassi g‘ilof, Slimline deb ham ataladi).
G‘ilof harid qilishdan oldin kompyuterga o‘rnatiladigan
apparat ta’minotini aniqlab olish zarur.
Shunday qilib, agar sizga kelajakda kompyuterni takomillash-
tirishda to‘sqinlik qilmaydigan g‘ilof va elektr ta’minot bloki
kerak bo‘lsa, shunday
konfiguratsiyani tanlangki, u ATX tizimli
platalar konstuksiyasini qo‘llab quvvatlasin.
Elektr ta’minot blokini harid qilayotganda, tizimga
o‘rnatiladigan qurilmalar sonini hamda is’temol qiladigan
kuchlanishni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Protsessor.
Sotuvda
protsessorlarning asosiy ikki turi mavjud:
Intel va AMD – «
zichlangan
» va OEM (Original Equipment
Manu facturer – original qurilmalar ishlab chiqaruvchi)-protses-
sorlari. Bir xil texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan
turli tipdagi
protsessorlar majmualari, masalan, qo‘shimcha komponentlarning
bor-yo‘qligi va kafolat muddati bilan farqlanadi.
AMD-«zichlangan» va OEM-protsessorlarning
asosiy
farqi ularning fizik komponovkasidir. Ushbu ikkala turdagi
protsessorlar ham sotuvga qadoqlangan ko‘rinishda keladi.
«Zichlangan» Intel yoki AMD protsessorlar ulardan tashqari,
issiqlikni qaytargich, sovitish ventilatori, o‘rnatilishi bo‘yicha
ko‘rsatma, haqiqiyligi
haqidagi sertifikat, kafolat majburiyatlari
solingan, yorqin bo‘yoqlar bilan bezatilgan qutilarda hamda bu
qutining old qismida «Intel inside» yoki «AMD instead» yelimli
qog‘oz yopishtirilgan holda (10.1-rasmda tasvirlangandek)
yetkazib beriladi.
177
OEM protsessorlari 10 tadan 10
qator qilib
joylashtirilgan katta quti-
larda yetkaziladi. Issiqlikni qaytargich,
sovitish ventilatori, o‘rnatilishi bo‘yicha
ko‘rsatma, sertifikat, kafolat majbu
riyatlari kabi
hech qanday hujjatlar
takdim etilmaydi.
E’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan
tizimli platalarda quyidagi razyom
qismlari mavjud bo‘lishi kerak:
– Ikkinchi avlod Intel Pentium 4
protsessorlari uchun – Socket 478;
– Athlon 64 protsessorlari uchun – Socket 754;
– Athlon, Athlon XP va Duron pro tsessorlari uchun – Socket A.
Tizimli plata.
Tizimli platani tanlash g‘ilof turi va plataning
hajmlarini aniqlab beruvchi standartlar bilan belgilanadi.
Hozirda tizimli platalarda ishlatilayotgan zamonaviy standartlar
quyidagilar:
– ATX;
– Micro-ATX;
– Flex-ATX;
– NLX;
– Mini – ITX.
Tizimli plata ayni vaqtda o‘rnatilgan protsessornigina emas,
kelajakda uning o‘rniga almashtiriladigan protsessorlarni ham
qo‘llay olishiga ishonch hosil qilish lozim. Masalan,
agar Socket
A tizimli plata tanlangan bo‘lsa, u shina chastotasi 333 MHz
bo‘lgan Athlon protsessorini hamda Athlon 2800+ va Athlon
3000+ protsessorlarini quvvatlashini tekshiring. Socket 478
razyomli tizimli plata, ishchi chastotasi 3,06 GHz yoki undan
ortiq bo‘lgan Pentium 4 protsessorlari singari Hyper-tThreading
texnologiyasini ham qo‘llay olishi kerak. Ayrim
hollarda tizimli
BIOS ni yangilashga to‘g‘ri keladi.
10.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: