Universitetining jizzax filiali "psixologiya" kafedrasi "psixologik trening asoslari"


Kollaj texnikasini qollash bosqichlari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/68
Sana23.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#843503
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68
Bog'liq
2 5235565683579819279

Kollaj texnikasini qollash bosqichlari.
Tayyorlov bosqichi
. Bu bosqich o'z ichiga kollaj texnikasi bilan tanishuv, uning yaratilishi 
uchun materiallarni tayyorlash (vatman, jurnallardan, kesib olingan materiallar, yelim, qaychi, 
flomaster)ni oladi. Maskur bosqichning asosiy maqsadi - ishni tashkil etish va ijodiy ustanovkani 
yaratishdir.
Instruktiv bosqich -
kollaj yaratishning boshlang'ich qismi bo'lib bir tomondan vazifa 
mavzusining tushunarli va aniq tushuntirishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan, xavfsizlik, ishonch 
hissini bag'ishIovchi ijodiy muhitni yaratish bilan belgilanadi. Ijobiy munosabatlar ish jarayonidagi 
tanqidiy tanbehlarning bo'lmasligi, ishning boshlang'ich bosqichida ijobiy baholash, jurnal, rasm, 
tasvir va yozuvlami tanlashdagi ixtiyoriylik ushbu bosqichidagi muhim qadamlardir.
Psixologning asosiy ustanovkasi: Siz xohlagan ishingizni bajarishingiz “mumkin”, 
noqulayliklarni yuzaga kelmasligi uchun psixolog guruh aъzolaridan tartiblikni, tozalikka roiya 
qilish, tinchlikni saqlash kabi buyruqlardan o'zini tiyishi, aksincha, ochiqlik va ijodiy tartibsizlikni 
qollab turishi lozim. Bu ishtirokchilarga o'zlarini tinch va erkin his etishlariga hamda ishga bajonidil 
kirishish imkonini beradi.
Vazifani bajarilish bosqichida psixolog guruh ishini kuzatib borishi mumkin. Shu o'rinda u yo 
passiv kuzatuvchi sifatida namoyon bolib, o'zining jarayonga bolgan taъsirini kamaytirishga harakat 
qiladi. Kerak bolgandagina, baъzi hisobot yoki bayonnomalarni amalga oshirishi mumkin yoki faol 
kuzatuvchi bolib, guruhlar bilan o'zaro aloqaga kirishadi, o'z fikriarini bildiradi, o'z g'oyalari bilan 
qollab quvvatlab turadi. Baъzi hollarda, agar psixolog oldida faqatgina guruh aъzosi bolibgina hal 
etishi mumkin bolgan vazifa tursa, masalan, psixologik jamoani jipslashtirish, u qo'yilgan vazifani 
ijodiy jarayonni bevosita ishtirokchisi sifatida hamma bilan birga bajarishi mumkin.
Muzokara va tahlil bosqichi o'z ichiga quyidagilami kiritadi: birinchidan, ishchi guruh bilan 
birga ifoda etish, bunda ular kollajning asosiy g'oyalarini taъriflab, o'zlarini uning yaratilishdagi 
fikrlari va kechinmalarini guruh ishining hususiyatlari (guruhli qarorni qabul qilinishi, guruhdagi 
munosabatlar, munozarali masalalarni hal etilishini) so'zlab beradilar. Ikkinchidan, boshqa guruh 
ishtirokchilarining qayta aloqasi, ularning kollajni yaxlit holda yoki alohida qismlarini tushunish. 
Pedagog-psixolog bu bosqichda ishtirokchilarni muzokaraga chorlaydi, ularni o'z fikriarini bayon 
etishga yo'naltiradi, guruhiy muzokarani tashkil etib, u o'z oldiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqqan 
holda suhbatni kerakli maqsad tomon yo'naltiradi, Masalan, agar asosiy vazifa jamoaning jipslashuvi 
bilan belgilansa, psixolog savollari ham- koplikdagi faoliyatga ko'maklashuvchi mexanizmlar, 
strategiya va tantanalar masalasiga qaratiladi. 
Kollaj interpritaisiyasi, tahlilning muhim qismi bolib, u psixologik tomondan qayta aloqa 
sifatida beriladi hamda psixoterapevtik vazifani bajaradi, U bir kishi yoki guruh muammosini hal 
etishga yo'naltiriladi. U yumshoq tarzda, ijobiy baho, qollab-quvvatlash ruhida bolishi kerak.
Psixolog kollaj texnikasidan psixodiagnostik maqsadlarda yaъni shaxs va guruh haqida axborot 
olish uchun foydalanishi mumkin.
Art therapy ning yana ko'pgina usullari ham mavjud bo'lib, bularga:
-izotopiya - bo'yash va chizish;
-rang terapiyasi - odamga turli xil rang farqlari orqali ruhiga taъsir qiladi;


-turli xil kompozitsiyalarni tinglashdan iborat musiqa terapiyasi;
-qum terapiyasi - qum bilan chizish;
-video terapiyasi - bu qahramon bir xil muammolarni aks ettirgan videoni ko'rishni anglatadi;
-o'yin terapiyasi - o'yin jarayonida zarur aqliy vazifalar shakllanadi;
-biblioterapiya - bu usul so'zli davolash uchun adabiyotlardan foydalanadi;
-ertakterapiya - ertaklarning tarkibi, mavjud bo'lgan ishlarning tahlili;
-maskoterapiya - bemorning yuzining miqyosi belgisi qo'llaniladi, bu o'z his-tuyg'ularini va 
tajribalarini zarur yo'lga yo'naltirish imkonini beradi;
-fototerapiya - fotosuratlar, kollajlar yaratish;
-raqs terapiyasi–jismoniy harakatlar orqali vujudga kelgan muammolarni chiqarib yuborish. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish