Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/162
Sana23.07.2022
Hajmi7,74 Mb.
#843306
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

“qizdirib” 
o‟t 
oldirish). Issiqlik konusining temperaturasi olib keluvchi issiqlik miqdori keltiruvchi 
issiqlik miqdoriga teng bo‟lgan hollarda normal hisoblanadi. Kalta issiqlik konusiga 
ega bo‟lgan svechalar issiqlikni tezroq olib ketadi va ular sovuq svechalar deb 
ataladi. Uzun issiqlik konusiga ega bo‟lgan svechalar issiqlikni sekin olib ketadi, 
bular issiqlik svechalar deb ataladi. Agar sovuq svechani tirsakli valning aylanishi 
sekin bo‟lgan kam quvvatli dvigatelga o‟rnatilsa, unda uning elektrodlari kuyundi 
bilan tez qoplanadi, issiq svechani katta quvvatli dvigatelga o‟rnatish 
aralashmasining o‟z-o‟zidan alangalanishiga va teskari zarbga olib keladi. SHuning 
uchun har bir tipdagi dvigatelda uning issiqlik rejimiga to‟g‟ri keladigan uchqundan 
o‟t oldirish svechasidan foydalaniladi.
Uchqundan o‟t oldirish svechalarining issiqlik xarakteristikasi qizish soni 
bilan ifodalanadi. Bu son sinaluvchi svechada qizdirib o‟t oldirish hosil bo‟lgandan 
keyingi vaqtda (sekunda) mos kelishi kerak. Sinash maxsus dvigatelda va muayyan 
rejimda o‟tkaziladi. Issiq svechalar uchun qizish soni 100 - 260 birlikka, sovuq 
svechalar uchun 280 - 500 birlikka teng. Qizish sonlari orasidagi chegara 20 birlikka 
teng. SHunday qilib, qizish soni issiqlikni o‟t oldirish svechasining issiqlik 
konusidan qanchalik tez olib ketilishini ko‟rsatadi. 
Svecha korpusining tsilindr qismiga markasi qo‟yiladigan. Masalan, A11U 
marka (PD - 10 M ishga tushirish dvigatelining svechasi) quyidagilarni bildiradi: A - 
rezbasining qadami 1,25 mm bo‟lganda korpus rezьbali qismining diametri 14 mm; 
11- issiqlik konusining millimetrda ifodalangan uzunligi (sovuq svecha); U - uralit, 


89 
sopol qotishma, bundan izolyator tayyorlanadi (75% alyuminiy oksidi). A15BS 
marka (yuk avtomobili dvigatelining svechasi) quyidagicha ta‟birlanadi; 15 - issiqlik 
konusining uzunligi (issiq svecha); B - borkorund (bariy oksidi qo‟shilgan 95% 
gacha alyuminiy oksidi); S - germetik shisha material. Bunday svechada bosh 
elektrod shisha massa (germetik tok o‟tkazuvchi) qatlami bilan birikkan ikki 
qismdan iborat. B harfi o‟rniga K harfi bo‟lishi mumkin. Bu izolyator kristall 
korunddan (98% gacha alyuminiy oksidi) tayyorlanganini bildiradi. 
O‟t oldirish ekranlashtirilgan avtomobillarda qismlarga ajratilmaydigan 
germetik ekranlashtirilgan o‟t oldirish svechasi ishlatiladi. SN307 svechasi 
ko‟rsatilgan. Sanab o‟tilgan qismlardan tashqari, u vtulka va gayka yordamida 
ekranlashtiruvchi to‟qima bilan birikkan ekranga ega. Ekran ichiga joylashgan 
o‟tkazgich prujina va bosib turuvchi rezistor orqali markaziy elektrod bilan birikkan. 
Sopol vtulkalar va ekranni o‟tkazgichdan izolyatsiyalaydi. 
Har smenada svechaning mahkamlanganligi va ularga ulangan simlar 
tekshiriladi, svecha kir va namdan tozalanadi. Nam yoki kirning izolyatorga yig‟ilib 
qolishi tokning massaga sizishiga sabab bo‟lishi mumkin. 2-texnikaviy xizmat 
ko‟rsatishda svechani burab olib undagi kuyundi tozalanadi va elektrodlar orasidagi 
tirqish tekshiriladi. Kuyundi yaxshi ketishi uchun svechani pastki kismini kerosin 
bilan xo‟llash, elektrodlarni esa metall qirgichlar bilan tozalash kerak. 
Elektrodlar orasidagi tirqishni zarur bo‟lsa, yon elektrodni bukib o‟zgartirish 
mumkin. Svechani faqat shu ishga mo‟ljallangan toretsli kalit bilan burab kirgizish 
va burab chiqarish lozim. Svecha burab kirgizilayotanda uning korpusi ostiga 
qistirma qo‟yish kerak, aks holda svecha kuyishi mumkin. 
Qo‟l bilan yechish qiyin bo‟lgan uyaga (avtomobil dvigatellarida) svechani 
burab kiritishda kalit teshigiga qo‟yilgan svechani xech bo‟lmaganda gugurt cho‟pi 
bilan mahkamlab qo‟yish kerak. So‟ngra uni tushib ketishidan cho‟chimay qo‟yish 
mumkin. Svechani 3,2 - 3,8 kgk bilan burab mahkamlash kerak.Uchqundan o‟t 
oldirish svechalarining xarakterli nuqsonlari: izolyatorning yorilishi, kuyundi hosil 
bo‟lishi, elektrodlar sirtining kuyishi. Bu nuqsonlar dvigatelning to‟xtab - to‟xtab 
ishlashi yoki butunlay to‟xtab qolishiga sabab bo‟lishi mumkin. Svechalarning 
yaroqliligi uchqun hosil bo‟lish - bo‟lmasligiga qarab tekshiriladi, buning uchun 
svecha ishlab magneto simiga ulanadi. Ko‟p tsilindrli dvigatellardagi svechaning 
yaroqliligini kuchlanish indikatorli va otvyortka yordamida tekshirish ko‟rsatilgan. 
Indikator uchi svecha uchligiga tegiziladi. Asbob ko‟zchasidagi neonning xira 
shu‟lalanishi elektrodda kuchlanish kamayganini bildiradi. Svecha uchligi otvyorka 
yordamida massaga ulab tekkiziladi. Agar svecha yaroqli bo‟lsa, unda tutashuv 
vaqtida dvigatelning to‟xtab - to‟xtab ishlashi ko‟payadi. 


90 
SHuningdek, izolyatorga ko‟p tekkizib tekshirish mumkin: ishlamayotgan 
svechaning izolyatori yaroqli svechanikiga nisbatan sovuqroq bo‟ladi. 
3.19 - rasm. SND100-B2 cho‟g‟lanma svechasi:
 
1 - sterjen; 2 - o‟zak; 3 - korpus; 4 - tashlama gayka; 5 - kontakt halqa; 6 - 
sopol izolyator; 7 - siqish gaykasi; 8 - qalpoqcha; 9 - prujina viy shayba; 10 - 
vkladish; 11 - sopol vtul ka;12 - zichlash shayba si; 13 - chug‟lanma spirali.
Ishga tushirish isitgichlari sovuq kunlarda dvigatelni ishga tushirishda havo 
yoki ish aralashmasini isitishga xizmat qiladi. Ulardan atrof-muhit temperaturasi 5


bo‟lganda foydalanish kerak. 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish