3.10. Dizellarni elektron boshqarish tizimi
Dizel dvigateli Yevropada katta muvaffaqiyatga uchraganiga qaramasdan uni
Qo‟shma SHtatlardagi transport vositalarini pasajirli sotib oluvchilar asosan qabul
qilishmagan. Bu Yevropada sotiladigan dizellarning yarmini tashkil qiladi. 1893
yilda Rudolьf Dizel nomi bilan atalgan dizel dvigateli u paytda boshqa variantlarga
nisbatan revolyutsion hisoblangan. Bunga uning yuqori foydali ish koeffitsienti
sabab bo‟ldi, unda yonilg‟i sarfi kamaydi va dvigatelning chiquvchi quvvati nisbatan
ortdi. Dizel dvigateliga nisbatan ko‟p yolg‟on stereotiplar uni qabul qilishga
Amerikada salbiy ta‟sirini o‟tkazmoqda. Bu stereotiplarning ko‟pchiligi 80 -
yillarning boshidagi salbiy tajribalardan olingan. Emissiyani boshqarishning jiddiy
vositalari va dvigatelni boshqarishning ilg‟or bloklari orqali, uning ishlashi nuqtai -
nazaridan, u benzinli dvigatel bilan bemalol raqobat qiladi.
Dvigatelning tsikli sodda. Porshen pastki harakatlanayotganida bosim
kamayishi tufayli tsilindrga havo so‟riladi, siqish jarayonidan keyin yonilg‟i
purkaladi, yonilg‟i yonishi sodir bo‟ladi, gaz bosimi kuchi porshenni majburan
pastga siljitadi, so‟ngra yonish maxsulotlari atmosferaga chiqariladi. Zamonaviy
dizellarda ko‟pida qaynoq yonish maxsulotlarining issiqlik energiyasidan qayta
foydalanish uchun turbokompressor o‟rnatiladi, u tsilindrlarga bosim ostida havo
101
xaydab, dvigatelning quvvatini oshiradi. Natijada dvigatelning o‟rtacha effektiv
bosimi va uning chiquvchi quvvati ortadi. “Turbokompressor nafaqat tsilindrga
kiradigan havo miqdorini orttiradi, balki yonish samaradorligini yaxshilaydi, yonish
kamerasidagi turbulentlikni ko‟paytiradi”.
Bu dvigatellarda issiqlik samaradorligi asosan siqish darajasi bilan belgilanadi.
bu yerda:
η
th
– issiqlik samaradorligi;
α
– qisqartirish nisbati (yonish fazasi uchun oxirgi va boshlang‟ich hajmlar
nisbati);
r
– siqish darajasi;
γ
– ma‟lum yuqori haroratlar nisbati (Cp/Cv).
Dizellar, odatda, benzinga qaraganda siqish darajasi yuqori bo‟lganda ishlaydi,
chunki yonilg‟i purkalishi tufayli uni yoqish uchun yuqori tsilindrik bosim va harorat
talab qilinadi. Ko‟pgina benzinli dvigatellarda yonilg‟i yoki kiritish kollektoridagi
drossel yonida yoki zamonaviy dvigatellarda tsilindr ichida (dizeldagi kabi)
aralashtiriladi. Benzinli dvigatellar nima uchun bunday yuqori siqish darajasiga ega
bo‟la olmasligining sababi, dastlabki alangalanish, havo-yonilg‟i aralashmasi o‟t
oldirish svechalari alangasidan yona boshlashi, tufaylidir. Bu dvigatel detallari
uchun zararli va ularga shikast yetkazishi mumkin. SHuning uchun siqish darajasi
hamda issiqlik samaradorligi benzinli dvigatellarda dizellardagi siqish darajasiga
nisbatan kichik.
Dizel dvigatelining yonilg‟i bilan ta‟minlash tizimi, ma‟lum miqdordagi
yonilg‟ini o‟zida saqlash, uni dag‟al va mayin tozalash, yuqori bosim yonilg‟i
nasosida yuqori bosim hosil qilib, uni forsunka yordamida tsilindr ichidagi siqilgan
va qizigan havoga tuman shaklida purkash uchun hizmat qiladi. Dizel dvigatelida
yonuvchi aralashma tsilindr ichida hosil bo‟ladi. Dizellarda yonilg‟ini purkash,
yuqori bosim nasos va har bir tsilindrga yopiq holda o‟rnatilgan forsunkadan iborat.
Ta‟minlash tizimi asosiy ikkita: pastki va yuqori shaxobchalardan iborat. Past bosim
shaxobchasi yonilg‟ining bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi. Yuqori bosm
shaxobchasi esa, ma‟lum miqdordagi yonilg‟i ma‟lum vaqtda bosim bilan
dvigatelning tsilindrlariga uzatadi. YaMZ dizel dvigatelning yonilg‟i bilan
ta‟minlash tizimining umumlashgan chizmasi 3.27 - chizmada keltirilgan.
102
3.27 - rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |