Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
97
49.
[Ismoil Gasprinskiy]
. Tahriri ruznomai safari xoyrot asari amir
Abdulahadxon.
№
35; 36, 17.09; 24.09.1895, 1,2. Amirning 1300-yilgi
sayohatining o‘z qo‘li bilan yozgan kundaligi qo‘limizdan chiqib nashr
bo‘ldi; kitob mundarijasi hech kimga ma’lum bo‘lmaganidan mushtariylar
qiziqqan; amir Bog‘chasaroyga kelganda muharrir asarning ba’zi joylarini
gazetada e’lon
qilishga rozilik olgan; asar forscha va ruscha tarjimasi bilan
bosilgan; asardan parcha berilgan.
50. Buxoro.
№
35, 17.09.1895, 3. Buxoro amiri kazak otliq bir firqa tuzishga
qaror qilgan; Rossiyadan Buxoroga bir askariy muallim yuborilgani haqida.
51. Buyuk ko‘pru.
№
35, 17.09.1895, 4. Amudaryo ustidagi yog‘och ko‘prik
yaqinida temir ko‘prik qurilishiga qaror berilgan, 1898-yil
boshigacha
bitadi, 4 mln rubl ajratilgani haqida.
52.
TV; [Ismoil Gasprinskiy]
. Samarqand.
№
37, 1.10.1895, 3. Rasmiy
ma’lumotga ko‘ra, Samarqandda 1894-yili 667275 musulmon, 1777 maktab
va madrasa, 16751 talaba va o‘quvchi; ota-onalar bolalarining maktab
qoldirmasliklariga e’tibor berishlari kerak, bolalarining baxti o‘quv va
tahsilga bog‘liqligi haqida.
53. Axbori doxiliya.
№
39, 15.10.1895, 2. Toshkent real’niy maktabida turkiy
til o‘qitilishi masalasi davlat majlisida ko‘rilgani haqida.
54.
TVG
. Buxoro.
№
39, 15.10.1895, 2. Buxoroda kazak
askariy firqasi tuzish
haqidagi so‘z noto‘g‘ri; amirning o‘ziga yarasha havfsizlikni ta’min etuvchi
armiyasi bor, Buxoro Rossiya himoyasida bo‘lganidan bunday askariy
tuzilmalar kerak emas.
55. Toshkand.
№
40, 22.10.1895, 2. Toshkent va Farg‘ona temir yo‘li qurilishi
boshlandi; Toshkent aholisidan bir guruhi bosh muhandisga tabrik
telegrammasi yo‘llab javob olgani haqida.
56. Zakaspiy va Buxoro gumrukxonalarining tarifina ilova.
№
41, 29.10.1895,
1,2. Buxoro va Zakaspiy viloyatiga olib kiriladigan mollarga
belgilangan
yangi boj tariflari keltirilgan.
57.
TVG
. Axbori doxiliya.
№
41, 29.10.1895, 2,3. Oktyabr boshidan
Toshkentda qattiq sovuq; sabzovotlar narhi qimmat.
58. Axbori doxiliya.
№
42, 5.11.1895, 3. Namangan shahrida Jahongir
to‘raning “Muxtasar Rusiya tarixi” kitobi maktablarda o‘qtilishiga
ruxsat
berilgani haqida.
59. Axbori doxiliya.
№
42, 5.11.1895, 3. Toshkentda forscha “Chor kitob”
1200 adad chop bo‘lgani haqida.
60. Farg‘ona.
№
44, 19.11.1895, 3. Andijon uyezdining 3 qishlog‘idagi
dalalarga suv olib borish uchun kanal qazish davom etmoqda, 176 ming
rubl ajratilgani haqida.
Zaynabidin Abdirashidov
98
61.
Nedelya
. Ho‘qand.
№
45, 26.11.1895, 2. Podatnoy komissiya tarjimonlari
rus ma’murlariga berish maqsadida aholidan hadya maqomida pora
olganlar; bu ish bir necha yildan beri davom etadi, rus ma’murlari
buni bilib
to‘xtatmaganlari achinarli.
62. Turkistonning zamoni avoili (rasmiy gazetadan).
№
45, 26.11.1895, 3,4.
Turkistonning qadimgi tarixi; rus arxeologlarining bayonotlari haqida.
63. Toshkand.
№
47, 10.12.1895, 3. Rus arxeologi Pantusov G‘ulja yaqinida
14-asrga oid turk kumush tangalarini topgani haqida.
64.
TVG
. Toshkand.
№
48, 17.12.1895, 2. Mahalliy yahudiylar manufaktura
savdosini butun egallab ruslarga yo‘l bermaydi; ruslar kelmasidan oldin
butun savdo musulmonlar qo‘lida edi; ruslar yordamida yahudiylar asta
savdoni o‘z qo‘llariga olgani haqida.
65.
TV
. Toshkand.
№
49, 24.12.1895, 3. Toshkentdan to‘g‘ri Sibirga temir yo‘l
qurish masalasi ko‘rilayotgani haqida.
66. Buxoro.
№
49, 24.12.1895, 3. Buxoro
amiri yoz boshida toj kiyim
marosimida qatnashish uchun Peterburgga boradi; Nijniy Novgoroddagi
ko‘rgazmani tamosha qiladi, Qrimga kelib dam olishi haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: