[Ismoil Gasprinskiy]
. Ionai Abdulahadxon.
№
4, 31.01.1892, 1,2. Buxoro
amiri Rossiyadagi muhtojlarga 100 ming rubl iona qilib, muhtojlar
Zaynabidin Abdirashidov
76
komissiyasiga yuborgan, bu bilan mamlakatning Rossiya bilan yanada
do‘stligi ortishi haqida.
5. Axbori
doxiliya.
№
4, 31.01.1892, 2. Sirdaryo bo‘yidagi Andijon, Ho‘jand,
Namangan shaharlari orasida paroxod yo‘lini o‘rnatish uchun muhandis
Gofman hukumatga murojaat qilgan; 4 mln pudga qadar yuk tashilishi
mumkin.
6.
TVG; [Ismoil Gasprinskiy]
. Muhim tahrirot.
№
6, 15.02.1892, 1.
Turkiston general gubernatori baron Vrevskiy viloyatdagi rus-tuzem
maktablari foyda bermayotganini bildirgan; aholi maktablarga bola
bermaydi, majburiy tarzda bola yig‘ish ishga yaramaydi, kim rus tilini
bilmasa davlat va jamoat ishlariga olinmaydi;
“Tarjimon”:
maktabdan
biror foyda ko‘rinsa aholi bolasini u yerga beradi; rus maktabi mahalliy
maktab bermaydigan narsani berishi kerak; maktablarda biror sanoat ishiga
ham o‘qitilsa; 10 bunday maktabdan ko‘ra bir sanoat maktabi bizningcha
afzal.
7. Axbori doxiliya.
№
6, 15.02.1892, 1. Rossiyaning Turkistonda tijorat olib
borayotgan katta savdogarlari temir yo‘lni Qo‘qonga qadar olib borish
haqida taklif bergan; yo‘l qurilishi uchun lozim 12 mln rubldan 7 mln rublni
yig‘ganlar.
8.
TVG; [Ismoil Gasprinskiy]
. Turkiston shkolalari.
№
7, 23.02.1892, 1.
Turkiston shaharlari va katta qishloqlarida 21 rus maktabi, 372 bola; ba’zi
maktablarda bola ko‘p, ba’zilarida oz; rus tili ko‘proq kerak bo‘lgan joydagi
maktablarda bola ko‘p;
“Tarjimon”:
sarfni kamaytirish uchun rus tili kerak
bo‘lmagan joylarda rus maktablari ochilmasligi kerakligi haqida ko‘p
yozganmiz.
9. Axbori doxiliya.
№
7, 23.02.1892, 1. Ikki frantsuz ofitseri Turkistonga
sayohat qilgan; Samarqandda ancha kun musofir; mahalliy odamlardan
Mulla Boqi ularni uyiga chaqirib katta ziyofat bergan, bachcha o‘yinlari,
masxaroboz tamoshalari ko‘rsatganligi haqida.
10. Samarqand (maktub).
№
8, 28.02.1892, 2. Shahardan 50 verst uzoqda
Ibrohim ota qishlog‘ida feruza ma’dani olinmoqda; eski zamonlarda ham
olingani alomatlari bor; guruch ko‘p ekilganidan joylar botqoq bo‘lib, yoz
issig‘ida turli kasalliklar paydo bo‘lmoqda; gubernator qarori bilan bu yil
guruch maydonlari qisqartirilgan.
11. Ho‘qand viloyati.
№
8, 28.02.1892, 2. Farg‘ona yerlari juda hosildor, ko‘p
ekinlar ekiladi, hosil bo‘lmay qolgan yillar kam; sabzovotlar hozirda
Buxoro va Koshg‘arga ham sotiladi; meva daraxtlari tez mevaga kiradi,
Rossiya, Buxoro va Koshg‘arga yilda 100 ming pud kuruq meva sotiladi.
12. Maxsus “Tarjimon”a yoziyurlar (maktub).
№
11, 20.03.1892, 1. Qo‘qon
viloyatida ipak qurtiga tushgan kasallik tufayli hosil kamaydi, 1890 da 3000
pud ipak bo‘lsa, 1891 da 1800 pud.
Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
77
13. Axbori doxiliya.
№
12, 29.03.1892, 1. Buxoro temir yo‘l vokzalidan
shaharga qadar ot temir yo‘li qurish rejasini amirga taklif etish uchun
muhandis Banikin Toshkentdan Buxoroga ketgan.
14.
TVG
. Turkiston viloyati.
№
14, 12.04.1892, 1. Turkiston gubernatori taklifi
bilan Toshkent qozilari imperatorning taxtga o‘tirgani, valiahdning
tug‘ilgan kuni, hijriy hisob bilan yil boshi munosabati bilan hamma
masjidlarda o‘qilishi uchun duo va munojot tartib qilingan, bu gazetada
e’lon qilindi.
15. Axbori doxiliya.
№
14, 12.04.1892, 2. Turkistonda tijorat yildan yilga
o‘smoqda, raqamlar keltirilgan.
16.
TVG
. Tabib Bahodirshin.
№
17, 8.05.1892. 1. Toshkenlik tabib tish
kasalliklari haqida maqola e’lon qilgan, tishni sog‘lom saqlash haqida o‘z
nasihatlarini bergan.
17.
Do'stlaringiz bilan baham: |