[Ismoil Gasprinskiy]
. [Ichki Rusiya...].
№
34, 3.10.1891, 1. Ichki Rossiya
viloyatlarida qahatchilik bo‘lgani tufayli muallif Kavkaz, Kavkazorti, Dala
va Turkiston viloyatlari ahllariga yordam berishlarini so‘rab murojaat
qiladi.
39. Axbori doxiliya.
№
36, 18.10.1891, 2. Xiva valiahdi Toshkentning
musulmon qismini ziyorat qildi, madrasalarda bo‘ldi, katta ziyofatda
qatnashdi.
40. Muhim bir hukm.
№
38, 31.10.1891, 2. Turkiston viloyatida tashqaridan
kelgan musulmon aholisi yer va mulk sotib olishga haqli emas; Sinodning
bu haqda bir qarori bor; Toshkentda bir tatar kichik bir yerni o‘z nomiga
olish uchun yugurgani, uddalay olmagani haqida.
41. Axbori doxiliya.
№
39, 8.11.1891, 2. Chust shahrida aholi uchun xos rus
maktabi ochiladi; maktabda rus tilidan tashqari dehqonchilik, ipak
yetishtirish xususida amaliy darslar bo‘lishi haqida.
42. Toshkand.
№
42, 5.12.1891, 1. 1890-yil ko‘rgazmasida mashhur bo‘lgan
Akram Pahlavon Askarov vafot etgan; eski tangalarni yig‘gan; uning barcha
tangalari Turkiston general gubernatori farmoni bilan davlat tasarrufiga
olingan, vorislariga muqobilida pul berilgani haqida.
43. Moskva sarkisi mukofotlari.
№
42, 5.12.1891, 2. Turli sohalar bo‘yicha
taqdirlangan odamlar ro‘yxati.
1892
1. Axbori doxiliya.
№
1, 8.01.1892, 1. Turkiston viloyatida aholi uyida turli
o‘qotar qurollar saqlashi 1885-yili man qilingan; oxirigi yillarda
yo‘lto‘sarlik va bosqinchilik ko‘payganidan general gubernator baron
Vrevskiy yana bir bor ushbu qarorni e’lon qilgani haqida.
2.
[Ismoil Gasprinskiy]
. Buxoro.
№
1, 8.01.1892, 1. Buxoroning Rossiya
bilan tijoriy, madaniy aloqalari kengaymoqda; o‘lkada yetishtirilgan barcha
ashyolar Rossiya bozorlarida sotilib aholining boyligi ortmoqda; amir
davlatni isloh qilmoqda, kasalxona ochdi, shahar tozaligiga e’tibor berdi,
qamoqxonalar isloh qilindi; Rossiyada qahatchilik bo‘lgan viloyatlarga amir
boshchiligida ancha yordam yig‘ildi; kelgusida jadid maktablari,
bosmaxonalar, sanoat korxonalari ham ochilishini orzu qiladi.
3.
Abubakr Solihov
. Qazola (maktub).
№
1, 8.01.1892, 2. Turkiston
taraflariga och rus muhojirlari juda ko‘plab kelmoqda; ularga yordam uchun
shaharlarda iona komitetlari ochilgan; Abdulg‘ani Husainov 300 musulmon
muhtojlarini yoz boshiga qadar o‘z himoyasiga oldi, u bir masjid ham qurib
bitirdi; yomg‘ir ko‘p.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |