Zaynabidin Abdirashidov
154
9.
TV; TVG
. O‘rta Oziyo.
№
8, 28.01.1905, 2. 1) Davlat banki Buxoro
shu’basi xizmatchisi Mulla Rauf Azizovga orden berilgan; 2) Toshkentda
bosmachilik va kitobchilik
sekin rivojlanmoqda, imom G‘azzoliyning
“Kimyoi saodat” forschadan turkiychaga tarjimasi bosildi, tarjimon mulla
Nuriddin mulla Muhyiddin oxun o‘g‘li, chop etgan tojir Maruzshoh
Mirtohirshoh o‘g‘li; 3) 1904-yil 27-dekabrda Buxoroda 255 talaba qozi
kalon huzurida xatmi kutub qilgan va duo olgan, majlisga 2000
talaba
yig‘ilgan, bu majlisga talabalar 19 ming tanga yig‘ib 4 kun Buxoro
ulamosiga ziyofat bergan; 4) rus ma’mur va tojirlaridan turkiy va fors tilini
o‘rganishni istaganlar uchun Toshkentda til kurslari ochiladi; 5) 11-
yanvarda Orenburg yo‘lidan birinchi marta poyezd Toshkentdan chiqdi, 6
kunda bir Moskvaga poyezd pochta va yo‘lovchi keltirishi haqida.
10. Iona.
№
10, 8.02.1905, 2. Farg‘ona viloyatidan askarlarga 27270 rubl iona
yig‘ilgan, Namangan uyezdidan 2334 rubl to‘plangani haqida.
11. Axbori doxiliya.
№
14, 22.02.1905, 2. 1) Eski
Toshkentda mart boshida har
yili bo‘ladigan kurash yig‘inlari bo‘ladi, bosh kurash toshkentlik Ahmad
pahlavon bilan qo‘qonlik Xo‘ja pahlavon o‘rtasida o‘tadi; 2) Toshkent
O‘qituvchilar seminariyasining 25 yili davomida yerli aholidan 51 qirg‘iz, 9
sart, 3 tatar, 1 turkman bitirgani haqida.
12.
TV
. Axbori doxiliya.
№
16, 28.02.1905, 2. 1) Turkistonga bundan buyon
pochta Toshkent-Orenburg yo‘li orqali keltiriladi; 2) Buxoro amiri Buxoro
aholisi uchun tijorat maktabi ta’sis qilmoqchi, rus va musulmon tillarida
o‘qitiladi; 3) Ashxobod pochtasi ma’murligiga Bibi Gulshot xonim
tayinlangan, musulmon ayollaridan birinchi pochta ma’muri chiqdi; 4)
urushga yuboriladigan xayr poyezdiga Andijon uyezdi aholisi 1689 rubl
yig‘gani haqida.
13. Toshkand.
№
20, 15.03.1905, 2. Odat bo‘yicha yoz boshlarida
o‘tkaziladigan kurashdan tushgan pul musulmonlar
ehtiyojlariga sarf etilishi
haqida.
14. Pomuq.
№
20, 15.03.1905, 2. Kavkaz va Turkiston paxtasiga og‘irilik
uchun turli narsalar qorishtirilgani sababli rus fabrikalari Misr va
Amerikadan paxta olishga o‘tgan, buni bartaraf qilish uchun Moskvada bir
komissiya tuzilgani haqida.
15. Toshkand.
№
22, 22.03.1905, 2. Navruz tabrigi bilan Buxoroga
yuboriladigan ma’murlar amir kasalligi tufayli kechroq ketishi haqida.
16. Musulmon vakillari.
№
23, 25.03.1905, 2. Millat majlisi mushovaralarida
qatnashish uchun Toshkent musulmonlaridan ham vakillar Peterburgga
yuborilishi haqida.
17. Axbori doxiliya.
№
23, 25.03.1905, 2. 11-martda
eski Toshkentda mahalliy
qozilik saylovlari bo‘lgani haqida.
Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
155
18. Pomuq-paxta.
№
25, 1.04.1905, 2. Turkiston taraflarda paxta ishi yomon,
paxta yaxshi sotilmaganidan bu sana kam ekildi, bo‘sh yerlarga oshlik
mahsulotlari ekilgan, hukumat paxtachilarga yordam berishi kerakligi
haqida.
19. O‘rta Oziyo.
№
26, 5.04.1905, 2. 1) Turkiston taraflarda bahor kechikishi,
qor ketmaganligi sababli oshlik
mahsulotlari qimmatlagan; 2) Toshkentni
elektr bilan yoritish masalasi shahar dumasida muzokara qilingan; 3)
urushda halok bo‘lgan askar oilalariga Xiva xoni 5 ming rubl iona qilgan; 4)
Turkiston general gubernatori 22-martda Farg‘ona viloyatiga borib
shaharlarni ziyorat qildi; 5) Samarqandning bosh oqsoqoli Mirzaya‘qub
yolg‘on guvohlik bergani uchun 2 yil 8
oyga qamoq jazosiga hukm
qilingani haqida.
20. Pomuq ishi.
№
27, 8.04.1905, 1. Toshkent va Chimkent uyezdlarida
amrikan paxtasi ko‘p ekilgani haqida.
21. Zilzila.
№
27, 8.04.1905, 1. 4-martda Jizzax uyezdida zilzila bo‘lgan,
talofot yo‘qligi haqida.
22. Axbori doxiliya.
№
32, 26.04.1905, 2. Sirdaryo viloyatining ba’zi yerlarida
qish sovuq kelib 4 ming qadar tuya, 4250 ot, 48 ming qo‘y, 6500 echki
o‘lgani haqida.
23. Axbori doxiliya.
№
37, 13.05.1905, 2. Toshkent dehqonchilik olat va
mashinalarini saqlash markazi Andijonda shu’basini ochgan,
musulmonlarni bundan istifoda qilishga chaqiramiz.
24.
Do'stlaringiz bilan baham: