Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
151
57. Buxoro va Xiva xonlari.
№
70, 31.08.1904, 2. Imerator valiahdi tug‘ilgan
kuni munosabati bilan Buxoro amiri 100 ming rub iona qilgan edi, Xiva
xoni rus askariga 2000 to‘n hadya qilgani haqida.
58.
TV
. Toshkand.
№
70, 31.08.1904, 2. Toshkent
dumasida shahar upravasi
ishlari muhokama qilingan, bu vaqtda shahar boshlig‘i vazifasini
vaqtinchalik bajarishga odam tayinlash, Saidkarim Saidazimboyev taklif
qilingan, rus glasniylari “tuzemets” deb
qarshilik qilgan, qarshiliklari
nizomga muvofiq bo‘lmagani sabab Saidazimboyev boshchilik vazifasiga
kirishgani haqida.
59.
Samarqand
. Toshkand.
№
70, 31.08.1904, 2. Saidkarim Saidazimboyev
tsirkka borgan, chiqayotganda rus qizining qo‘lidan ushlagan,
boshqa biri
ko‘rib voqeani politsiyaga bildirgan, mahkamaga tortilgani haqida.
60. Iona.
№
72, 8.09.1904, 2. Sirdaryo viloyati Qarmoqchi mahalla pirstavi
teatr tamoshasi tartib etgan va tushgan mablag‘ga musulmonlar ham pul
yig‘ib 1200 rublni urush hastalariga iona qilganlari haqida.
61. Orenburg-Toshkand yo‘li.
№
73, 10.09.1904, 1. Yo‘lning bitmagan 38 verst
masofasi qolgan, kelasi yil boshidan Moskavaga Toshkentdan to‘g‘ri yo‘l
ochilishi haqida.
62. Abori doxiliya.
№
74, 14.09.1904, 1. Toshkentda kechki
rus tili kurslari ish
boshlagani haqida.
63. Adabiyot.
№
74, 14.09.1904, 2. Toshkentda rus maktabi muallimi Ali Asqar
Kalinin O‘rta Osiyo jadid maktablari uchun “Muallimi soniy” qiroat
kitobini nashr qildirgan, maktabdorlarga tavsiya qilamiz, tili chig‘atoycha.
64. Axbori doxiliya.
№
76, , 21.09.1904 1. Buxoro
amiri Yaltadan qaytishda
Oqmasjid stantsiyasida oshxona ochgan bir kishiga oltin medal bergani
haqida.
65.
TV
. Axbori doxiliya.
№
77, 24.09.1904, 2. 1) Toshkent bozoridagi
mahsulotlar narhlari; 2) Chimkent uyezdidagi ba’zi bir qishloqlarida qari
ayollar paranjisiz yuradi, bu erda paranjiga o‘ranib yurish ayb ekani haqida.
66.
Kaspiy
. Axbori doxiliya.
№
77, 24.09.1904, 2. Farg‘onadagi Moskva
shirkati yangi kerosin ishlab chiqara boshlangani haqida.
67. Axbori doxiliya.
№
77, 24.09.1904, 2. Toshkentdagi
tatar rus maktabiga
yordam berish uchun havaskorlar teatr o‘ynab 260 rubl to‘plagani haqida.
68.
TV
. Axbori doxiliya.
№
78, 28.09.1904, 2. 1903-yilgi Farg‘ona viloyatining
sanalik hisobotida rus muhojirlarini joylashtirish masalasiga e’tibor berish
ta’kidlangani haqida.
69. Axbori doxiliya.
№
78, 28.09.1904, 2. Andijon bozorlariga yangi paxta
hosili chiqa boshlagani haqida.