Pravitel’stvenniy Vestnik
. Buxoro g‘o‘zasi.
№
31, 24.08.1901, 3,4.
Buxoro paxtasi Eron paxtasidan yaxshiroq, amerikan paxtasidan pastroq,
yilda 1-1,5 mln pud hosil, Buxoro paxtasini olib ishlayotgan rus fabrikalari
1 mln rubl foyda ko‘rishi haqida.
39. Janobi oliy.
№
31, 24.08.1901, 4. Amir Qrimdan Bakuga borgan, 5 kun
turgan, Zaynulobidin Tag‘iyevning paxta ashyosi fabrikasiga borgani
haqida.
40.
Kaspiy
. Yangi Buxoro.
№
32, 31.08.1901, 3. Yangi Buxoroda ishlar
ko‘ngildagiday emas, amir saroyi bitdi, lekin ta’mirga muhtoj, quruvchilar
yaxshi ishlamagan, shahar temir yo‘li ham bitmagan, 2 yildan beri 20 verst
masofalik yo‘l bitmaydi.
41.
[Ismoil Gasprinskiy]
. Kutubi islomiya.
№
33, 9.09.1901, 1-3. “TV”da
Logofet musulmon kitoblari haqida maqola bergan, Hindistondan kelgan
kitoblar forscha va turkiycha, ular inglizlarning yordamida chop etilgan, rus
musulmonlarini ruslarga qarshi harakat qilishga chorlaydi; Hindistonda
chop etilgan kitoblarning nomini bersangiz yaxshi edi, u yerda fors va
arabcha kitoblar bosiladi, shu vaqtgacha turkiycha bosilganini eshitmadik,
bizga ham qiziq, zararli kitoblar bo‘lsa olib kelishni taqiqlashga choralar
ko’rilgani haqida.
42.
Russkiy Turkestan
. Toshkand.
№
34, 16.09.1901, 2. Turkiston
viloyatining ba’zi yerlarida aholi ekin maydonlaridan voz kechmoqda,
sababi yerdan olinadigan soliqning kattaligi va yana bir turli oluvlar,
kambag‘al odamlar aziyat chekmoqda.
43.
Russkiy Turkestan
. Toshkand.
№
35, 23.09.1901, 3,4. Yerning hosiliga
qarab soliq belgilanmagani qirg‘iz aholisini mushkul ahvolga qo‘ydi,
soliqqa chiday olmay yerini tashlab yoki arzon pulga sotishga majbur, bir
boy tez orada butun uyezd yerlarini sotib olishi mumkinligi haqida.
44. Buxoro amiri va Turkiston voliysi.
№
35, 23.09.1901, 4. Turkiston general
gubernatori Ashxobodda Yaltadan qaytayotgan Buxoro amiri bilan
uchrashgan, 21-avgust kuni general gubernator amirning Karmanadagi
saroyiga borgan, amir ziyofat bergani haqida.
45. Buxoroi sharif yo‘li.
№
36, 30.09.1901, 2. Shahargacha bo‘lgan temir yo‘l
bitgan, rus temir yo‘li shirkati ishlatadi, tushgan pullar amir xazinasiga
ketishi haqida.
46. Toshkand.
№
36, 30.09.1901, 2. 20-sentyabrda bo‘lgan qattiq sovuq
paxtaga ancha zarar yetkazgan, hosilning ancha qismi nobud bo‘lgani
haqida.
47. Suv masalasi.
№
37, 7.10.1901, 2. Buxoro bilan Samarqand orasidagi
Zarafshon suvi muammosi, suv ombori tashkil etish ikki o‘lka uchun o‘ta
foydali bo‘lishi haqida.
Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
131
48. Movarounnahr.
№
37, 7.10.1901, 3. Mudofaa vaziri Kuropatkin Turkiston
viloyati idoralarini taftish qilmoqda, Chorjo‘yda Buxoro va Xiva
ma’murlari tarafidan kutib olingani haqida.
49.
TV
. Janobi oliy.
№
37, 7.10.1901, 3. Turkiston general gubernatori
Ivanovning Karmanada Buxoro amiri bilan uchrashuvi tafsilotlari.
50.
Do'stlaringiz bilan baham: |