Research and publications


“Davlat tili haqidagi Qonun” ijrosida mas‟ullik - milliy madaniyatimiz



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

“Davlat tili haqidagi Qonun” ijrosida mas‟ullik - milliy madaniyatimiz 
rivoji uchun tirgakdir 
Hujjatchilik har qanday davlatchilikning asosi hisoblanadi. Qonunlar, nizomlar, 
farmon va farmoyishlar, bu ro‘yxatning davomi uzun… 
Idora va ish yuritish sohasining ham o‘z hujjatchilik tizimi mavjud. Bularga shaxsiy 
hujjatlardan tortib, idoralarning ichki va tashqi hujjatlarini kiritish mumkin. Shaxsning
har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topishida ta‘limning o‘rni beqiyos. Ya‘ni shaxs 
qaysi sohaga oid ta‘lim oladigan bo‘lsa-da o‘z fikrini ham og‘zaki, ham yozma to‘g‘ri, 
ravon, ta‘sirchan ifodalay olishi talab qilinadi. Davlatimizda jahon standartlariga mos 
mos tarzda tuzilgan uzluksiz ta‘limning ma‘lum bosqichlarini bosib o‘tib, 


97 
mutaxassislikka ega bo‘lgan yosh kadrlarimiz jamiyatning turli sohalarida xizmat qilar 
ekan, biror muassasa bilan bog‘liq rasmiy hujjatlar bilan ishlaganda ―Davlat tili 
haqidagi Qonun‖ moddalariga, asosan, til me‘yorlariga monand faoliyat yuritishlari 
ular uchun majburiydir. Bu majburiyatlarni to‘liq ado etishlari uchun bu 
mutaxassisning maktab, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi va oliy ta‘limda ―Davlat tili 
haqidagi Qonun‖ va til me‘yorlariga amal qilish bo‘yicha olgan bilimlari poydevor 
vazifasini o‘taydi. Davlat tili va uning me‘yorlariga amal qilish davlatimizdagi har bir 
fuqaroning o‘z davlati va millati oldidagi burchi, farzi, qarzi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. 
‖O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir‖ deyiladi bosh Qonunimiz- 
Konstitutsiyamizning 4-moddasida. 
Davlat tili, o‘zbek tili, ona tili tushunchalari o‘zaro ma‘nodosh hisoblanadi, lekin ona 
tili birikmasi qalbimizga yaqinroq. Davlatchilik, qonunchilik nuqtayi nazaridan davlat
tili jumlasini qo‘llaymiz. 
O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tili haqidagi Qonun‖i 1989-yil
21- oktabrda qabul qilingan. Mustaqillik qo‘lga kiritilgunga qadar qabul qilingan bu 
Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi. Shuning 
uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo‘lib,
1995-yilning 21- dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
IV sessiyasi ―Davlat tili haqidagi Qonun‖ ning yangi tahririni qabul qildi. Yangi 
tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi jahon 
hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olingan. Bu Qonunda O‘zbekiston 
Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o‘zining aniq ifodasini topgan.
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu 


98 
respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi, 
O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa 
qilishi uchun aslo mone‘lik qilmaydi. Qonunning 2-, 4- 6- 10-,14-moddalarida boshqa 
millat vakillari tillarining amal qilinishi himoya qilinadi. Bu esa mazkur Qonunning 
naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi. 
Tilimiz bugungi kunda jahon miqyosida o‘zining asrlar davomida sayqallangan 
jozibasini ko‘rsatmoqda. Buning dalili sifatida davlatimiz Prezidentining BMT 
minbarida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqini keltirish mumkin. Hozirda jahondagi 
ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda o‘zbek tilimiz chuqur o‘rganilmoqda. Tilimizni 
o‘rganishga qiziquvchilar soni kundan kunga oshib bormoqda. 
Til millatning joni, hayoti va milliyligi ko‘zgusidir. Jamiyat taraqqiy etar ekan, 
rivojlanish tilimizda ham aks etib, yangi so‘zlar hisobiga lug‘atimiz ham boyib boradi. 
Bugun jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shaman degan har bir ziyoli, har bir mutaxassis
tilimizni e‘zozlab, uning sofligini saqlashga hissa qo‘shishi lozim. 
Mana shu qonuniy himoyalarga asoslangan holda faqatgina idora- hujjat ishlari 
emas, ta‘limning barcha bosqichlarida adabiy til me‘yorlariga, Davlat tili to‘g‘risidagi 
Qonun moddalariga amal qilgan holda ta‘lim jarayonlarini sifatli tashkil qilish, tilimiz 
sofligini yo‘qotmasdan foydalanish ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini 
ko‘rsatadi. Milliy tilimiz birligimiz va borligimiz nishonasi ekanligining isboti bo‘ladi. 
Zero, ta‘limda tilimiz jozibasi va tozaligiga putur yetkazilsa, kelajak avlod ildiziga 
bolta urilganday bo‘lib, milliyligimiz barbod bo‘ladi. Tilimizni o‘rinsiz ishlatiluvchi 
boshqa til so‘zlari: jargon va varvarlardan asrab, til jozibasi va sofligi uchun kurash 
haqiqiy vatanparvarlik belgisi bo‘lib, milliy majburiyatimizdir. 


99 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish